O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

shiq,  ishq  singari  birliklar  vujudga  keladi.  Demak,  bu  lisoniy  birliklarni 
                                                                 
1
Поцелуевский  А.П.  Происхождение  личных  и  указательных  местоимений.  -Ашхабад,1947;  Азимов  П.  Префиксация  в 
туркменском языке. -Ашхабад,1947. 
 
2
Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. -Тошкент, Ўқитувчи, 1977. 
 


91 
 
moddiylashtirishda  ishtirok  etgan  tovushlar  bir  xil,  lekin  ularning  joylashish  tartibi 
har  xil.  Tovushlarning  ana  shunday  turlicha  joylashish  belgisi  yuqoridagi  lisoniy 
birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. 
Ayrim  hollarda  lisoniy  birliklarning  moddiy  tomonini  shakllantirgan  shunday 
tovushlar  tartibi  muayyan  sabablarga  ko‘ra  almashinishi,  lekin  bu  almashinish 
ma’noga  ta’sir  etmasligi  mumkin.  Demak,  bunday  vaqtda  tovushlar  tartibi  lisoniy 
birlikning  farqlovchi  belgisizlik  vazifasini  yo‘qotadi.  Natijada  bir  lisoniy  birlikning 
turli  variantlari  vujudga  keladi.  Masalan,  to‘g‘ra-to‘rg‘a,  kiprik-kirpik,  sirpanchiq-
sipranchiq kabi. 
Ayrim  hollarda  o‘zak  morfemaning  ikki  xil  shakliy  variantiga  affiks 
morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti 
vujudga  keladi.  Masalan,  yig‘i  va  sig‘i  morfemalarining  birinchisiga  otdan  fe’l 
yasovchi  morfemaning  -la  varianti,  ikkinchisiga  esa  -ta  varianti  qo‘shiladi.  Natijada 
bir  mohiyatning  ikki  shakliy  varianti  vujudga  keladi:  yig‘la-siqta.  Keyinchalik  bu 
variantlar  ma’no  darajalanishi  farqlovchi  belgisi  asosida  bir  umumiy  arxisema 
asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan. 
Xuddi  shuningdek,  sur  allomorfiga  -ga  va  -da  (-la  morfemasining  variantlari) 
allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va 
ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti 
paydo bo‘ladi. 
4.  So‘z  tarkibida  soddalashish  hodisasining  ro‘y  berishi  o‘zak  morfemaning 
variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no 
ifodalovchi  morfemalarning  funksional  almashinishi  ham  o‘zak  morfemaning  turli 
shakliy  variantlari  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Xususan,  nisbat  paradigmasiga 
birlashgan  shakllarining  biri  o‘rnida  ikkinchisining  funksional  almashinuvi  davrlar 
o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning 
neytrallashuviga  va  neytrallashgan  nisbat  shakllarining  o‘zak  morfema  tarkibiga 
singib,  yaxlit  bir  morfemaga  aylanib  ketishiga  olib  keladi.  Masalan,  uyalmoq  va 
uyatmoq  leksemalarining  asos  qismi  uyal  va  uyat  bugungi  kun  nuqtai  nazaridan  bir 
leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili 
nuqtai  nazaridan  boshqa  mayda  qismlarga  bo‘linmaydi.  Ya’ni  uya  va  l,  uya  va  
qismlariga  ajralmaydi.  Demak,  bir  o‘zak  morfemaning  uyal  va  uyat  variantlari 
soddalashish  hodisasi  tufayli  tarixan  ikki  morfemadan  tashkil  topgan.  Birinchi 
morfema  (uya)ning  mustaqil  leksik  morfema  sifatida  iste’moldan  chiqishi  affiks 
morfemaning  leksik  morfema  tarkibiga  singib  ketishiga  –  soddalashuviga
1
  zamin 
yaratgan. 
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  leksik  morfemaga  qo‘shilgan  affiks  morfemalar 
tarixan  ikki  xil  nisbat  (o‘zlik  va  orttirma)  nisbat  shakllari  bo‘lib,  ular  o‘rtasida 
neytrallashuv ro‘y bergan. Shuning uchun bir xil qurshovda ma’noga ta’sir etmagan 
holda  o‘zaro  erkin  almashinish  distributsiya  munosabatida  bo‘lgan.  O‘zaro  erkin 
almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan birliklar esa bir invariantning turli 
variantlari bo‘ladi.
2
 
                                                                 
1
 Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. Тошкент: Ўќитувчи, 1977.
 
2
 Глисон Г. Введение в дескриптивную лингвистику. -М.,1959. -С.15.
 


92 
 
Garchi  hozirgi  o‘zbek  tili  nuqtai  nazaridan  uyal  va  uyat  bitta  morfemaning 
ikkita  varianti  sanalib,  boshqa  mayda  ma’noli  qismlarga  bo‘linish  xususiyatini 
yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin bu leksik morfema variantlarining oxirgi tovushi -l va (-
t) nisbat ma’nosini ham saqlab qolgan. Shuning uchun bu variantlar uyalish holatini 
ifodalashi  bilan  birgalikda  sub’ektning  shunday  holatga  tushishi  ma’nosini  ham 
ifodalaydi.  Bundan  ko‘rinadiki,  tarixan  ikki  morfemaning  ma’nosi  saqlanib  qolgan 
holda, soddalashish faqat ularning shakliga daxldor bo‘lgan. 
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya 
yetakchilik  qilsa  ham,  ayrim  hollarda  fuziya  holatlari  ham  ko‘zga  tashlanadi. 
So‘zlarning  o‘zak  morfemasida  fuziyaning  ro‘y  berishi  leksik  morfemaning 
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. 
Turkiy  tillarning  aglyutinativ  tabiati  barchaga  ma’lum.  Aglyutinatsiyaning 
fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohida-
alohida shakllar yoRdamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik 
shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik 
va  grammatik  morfemalarning  bir-biriga  qo‘shilish  chokining  ajralib  turishi, 
shuningdek,  grammatik  shakllarning  qo‘shilishi  o‘zak  morfema-ning  fonetik 
tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. 
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya 
yetakchilik  qilsa  ham,  ayrim  hollarda  fuziya  holatlari  ham  ko‘zga  tashlanadi. 
So‘zlarning  o‘zak  morfemasida  fuziyaning  ro‘y  berishi  leksik  morfemaning 
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish