a ni talaffuz qilganda i ga nisbatan keng ochiladi, havoning chiqish kuchi kamayadi.
Lekin og‘iz bo‘shlig‘ining a tovushi nutq protsessida qo‘llash imkoniyati i
tovushining imkoniyatiga nisbatan ancha qulay. Shunga ko‘ra odatdagi nutq
protsessida a tovushi i tovushiga nisbatan ko‘proq kuch bilan qo‘llanadi. Lekin nutq
protsessida tovushlar maksimal shovqin asosida emas, balki tabiiy nutq zarurati
darajasida ifodalanadi. Chunki maksimal shovqin holatida nutq tovushlari asosiy
xususiyatini yo‘qotadi. Bu jihatdan qaraganda ham a tovushining talaffuzi i ga
nisbatan qulayroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |