vaqt
o‘tib, savdogar
savdo
-
sotiq
ni tugatdi va yurtiga qayt di.
Uyiga
tashrif buyurgan
mehmonlarga safar
taassurot
larini so‘zlab berdi. Ham-
ma uy-uyiga tarqagach, to‘tiqush savdogardan so‘radi:
– Mening istaganimni yetkazdingmi? Hamjinslarim – to‘tilar to‘dasini
ko‘rdingmi? Nima degan, nima ko‘rgan bo‘lsang, ayt, meni
xursand
qil.
– Suyukli qushim, – dedi savdogar, – meni kechir, biroq gapirmaganim yax-
shiroq, deb o‘ylayman. Chunki hali ham bema’ni xabar yetkazib, yo‘l qo‘ygan
xatoyim
uchun ich-etimni yemoqdaman, kel, yaxshisi gapirmay qo‘ya qolay.
To‘ti holi-joniga qo‘ymagach, savdogar istamaygina so‘zlay boshladi:
– Sen aytgan joyga borib, do‘stlaring bo‘lmish to‘tilarni ko‘rdim. Ayt-
gan so‘zlaringni va salomingni yetkazdim. Ammo ular bu xabarga
Do'stlaringiz bilan baham: |