Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/137
Sana28.09.2021
Hajmi5,33 Mb.
#187827
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
Bog'liq
ONA TILI 11-2-qism

  Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

5.1- topshiriq.

 Urg‘u ma’no farqlaydigan 5 juft so‘zlar toping va gaplar tuzing.  



5.2- topshiriq.

  Teleradio  suxandonlarining  o‘zlashma  so‘zlar  urg‘usini  to‘g‘ri 

qo‘ymay talaffuz qilishi omma nutq madaniyatiga qay darajada ta’sir etadi? Fikringizni 

teleko‘rsatuvlardan suxandonlarning nutqlarini videoyozuv qilib ko‘chirib olish va ular 

talaffuzidagi farqlarni izohlash orqali bayon qiling.

6- mavzu.  QO‘SHIB YOZILADIMI, AJRATIB? 

6.1- mashq.

 Matnni tinglab, unga sarlavha qo‘ying.

  Namozshom.  Radioda  konsert  bo‘lyapti.  „Endi  „Cho‘li  iroq“ni  tinglang“. 

Baxtiyor  radioni  o‘chirmoqchi,  sug‘urib  olib  hovliga  irg‘itmoqchi  bo‘ldi.  Lekin 

qandaydir  kuch,  iroda  uni  bu  fikridan  qaytardi.  „Radioda,  kuyda  nima  ayb? 

O‘chirganim  bilan...“    Qo‘shtabaqa  eshik  kesakisiga  suyanib,  poyabzali  iplarini 

yecharkan,  kuyning  sirli-sehrli  to‘riga  ilinib  qolganini  –  berilib  tinglayotganini 

o‘zi ham sezmasdi. Satodan taralayotgan mungli ohang  ich-ichiga kirayotganday, 

yurak pardalarini zirillatayotgandek bo‘ldi. Endi bu jon o‘rtaguvchi navo ichidan 

eshitilayotganday tuyildi.




20

O,  sehrli  kuy!  Necha-necha  asrlardan  buyon  qancha-qancha  odamlarning 

yura gini zirqiratasan? Ne-ne toshbag‘irlarni mumday eritmading? O buyuk xalq! 

Ona  xalqim!  Sening  betimsol  dahongga  ta’zim!  Ming  bor  tasanno!  Shu  kuyla-

ring,  shu  sehrkor  mo‘jizalaring  bo‘lmaganda,  farzandlaring  shu  qadar  muloyim-

u oqko‘ngil, odamoxun va bag‘rikeng bo‘larmidi! Ming-ming bor qulluq senga, 

ona xalqim!

Kuyning  ko‘z  ilg‘amas  to‘ri  Baxtiyorni  mahkamroq  siqib  borardi.  U  nigo-

hini bir nuqtadan olmay, tubsiz-nihoyasiz o‘yga g‘arq bo‘ldi. Kitoblarda o‘qigani, 

kinofilmlarda ko‘rgani, rahmatlik buvasidan eshitganlari – o‘tmish, g‘amli-alam-

li  o‘tmish  ko‘z  oldiga  keldi.  Kuy  o‘sha  uzoq-uzoq  moziy  haqida,  uning  yurak-

yuraklarni  silqituvchi  dardlari  haqida  yig‘lab-yig‘lab,  faryod  solib-faryod  solib 

hikoya qilardi. 

Olis-olislardan  kimningdir  nolakor,  ammo  shiddatli,  isyonkor,  mardona  sa-

dosi chalindi qulog‘iga:

Baski, qo‘ydim men falakning yelkasiga g‘am yukin, 

Kiydi motam to‘nini-yu, bo‘ldi qaddi ham duto…

Eshik qars ochilib, Muhabbat kirdi. Chiroqni yoqdi. 

– Sizga nima bo‘ldi?

Baxtiyor gapirmadi. Faqat „jim“ degandek qo‘lini ko‘tardi-da, radioga ishora 

qildi. Shundagina Muhabbat kuyni eshitdi. U Baxtiyorga qaradi. Qaradi-yu, uning 

ko‘zlarida  yaltirab turgan yosh tomchilarini ko‘rdi. 

… Kuy tindi.  (M. Hazratqulov)

1. O‘zbek musiqasining durdonasi bo‘lmish „Cho‘li iroq“ni tinglaganmisiz?

2. Sehrli kuyning ajoyib ta’siri haqida qanday hayotiy voqealarni bilasiz? 


Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish