K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


I-bob: Kimyoviy elementlar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

I-bob: Kimyoviy elementlar 
Atom, element va qadimdan ma’lum kimyoviy elementlar 
Element. 
Ushbu  atamaning  lotincha  talqini  -  «elementum»  qadimgi  dunyo  olimlarining,  xususan, 
Sitseron,  Ovidiy,  Goratsiylarning  asarlaridan  boshlab  uchraydi.  «Element»  so‘zi  «avvalgi», 
«asos», «dastlabki» va «ibtido» ma’nolarini anglatadi. Rimlik mualliflar aynan shu ma’nolarda 
qo‘llash  uchun  shuningdek  «principium»  atamasini  ham  qo‘llashgan  bo‘lib,  bu  atama 
qo‘shimcha ravishda yana «tarkibiy qism» ma’nosini ham bergan. Nyutonning 1726-yilda lotin 
tilida  nashr  etilgan  mashhur  «Tabiat  falsafasining  matematik  asoslari»  kitobi  asl  nusxada 
«Philosophiae naturalis principia mathematica» deb nomlangani ham bejiz emas. O‘shanda 
Nyuton  «asos»  so‘zini  aynan  «principia»  orqali  ifodalagan.  Shuningdek,  qadimgi  yunon 
faylasufi  Lukretsiy  ham  o‘zining  «Moddalar  tabiati»  nomli  she’rida  «asos»,  «ibtido» 
ma’nolarida «principium» atamasidan foydalangan. Bu ma’noda, aynan Lukretsiy kimyoviy 
elementning zamonaviy ilm-fandagi ta’rifiga yaqin kelgan deyish mumkin.  
Qadimgi yunonlarda esa quyidagicha ibora mavjud bo‘lgan: «so‘zlar harflardan iborat bo‘lgani 
singari,  jismlar  ham  elementlardan  iborat».  Shunga  ko‘ra,  zamonaviy  atamashunoslar 
«element»  so‘zini  shunchaki  lotin  alifbosidagi  l,  m,  n,  t  harflar  ketma-ketligidan  yasalgan 
bo‘lsa  kerak  deb  taxmin  qiladilar  (masalan,  o‘zbek  tilidagi  «alifbo»  so‘zi  ham  eski  o‘zbek 
yozuvi, ya’ni, arab alifbosidagi dastlabki ikkita harf – «alif» va «be» harflari talaffuzini qo‘shib 
aytilishidan yasalgan).  
 
Atom. 
Olamda  hamma-hamma  narsa  juda-juda  mayda,  kichik  zarralardan  –  atomlardan  tashkil 
topgan. Atomlar ko‘zga ko‘rinmas darajada kichik bo‘lib, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishi, 
yoki,  aksincha,  ajralishi  mumkin.  Atomlarning  turli  miqdor  va  usullar  bilan  o‘zaro 
bog‘lanishidan,  siz  va  bizni  o‘rab  turgan  barcha-barcha  jismlar  vujudga  keladi.  Koinotdagi, 
umuman borliqdagi hamma narsa – bizning tanamiz ham, yozuv stoli ham, daraxtlar, yulduzlar, 
suv, havo... xullas, mutlaqo hamma narsa atomlardan tashkil topgan. Xuddiki, 12 xil xromatik 
gamma  notalaridan  nihoyatda  turli-tuman,  cheksiz  miqdordagi  musiqa  asarlarini  yaratish 
mumkin  bo‘lganidek,  yoki,  atiga  uch  xil  asosiy  ranglardan  rassom  qolgan  boshqa  ranglarni 
hosil  qila  olganidek,  atomlardan  ham  shu  kabi,  butun  borliqni  to‘ldirib  turgan  turli-tuman 
jismlar shakllanadi. Olamda hamma narsa atomlardan tashkil topganligi haqidagi ilk g‘oyalarni 
taxminan,  eramizdan  avvalgi  460-371  yillarda  yashab  o‘tgan  qadimi  yunon  olimi  Demokrit 
ilgari  surgan  deyiladi.  Demokritning  barcha  narsalar  atomlardan  tashkil  topganligi  haqidagi 
g‘oyalarining paydo bo‘lishiga, uning ustozi, faylasuf olim Levkipp (er.avv. 500-440 yillar) 
katta ta’sir ko‘rsatgan. Falsafada atom tushunchasini aynan Levkipp joriy qilgan edi. Termin 
yunon tilidagi «atomos» - ya’ni, «bo‘linmas» so‘zidan yasalgan. Yunon tilida «tome» so‘zining 
ma’nosi o‘zbekcha «kesish», «bo‘lish», «maydalash», «parchalash» so‘zlariga to‘g‘ri keladi. 
Yunonlar biror fe’l oldiga «a-» old qo‘shimcha qo‘yib ishlatishsa, unda mazkur fe’ldagi xatti-
harakatga nisbatan inkor ma’nosi yuzaga keladi. Bu o‘zbek tilida so‘z oxiriga qo‘shiladigan «-
mas» qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, yunon tilida «a-tome», o‘zbek tilida «bo‘lin-mas» 
(ya’ni, bo‘lish, parchalashni inkor qilinyapti) tarzida tarjima qilinadi.  


13 
 
 
Yunon tilidagi ushbu atom,  ya’ni, bo‘linmas so‘zi boshqa ilmiy so‘zlar va terminlar 
o‘zagida ham ko‘p uchraydi. Masalan, diatomit nomli tog‘ jinsi, biologlarning mikrotom nomli 
tig‘li  laboratoriya  asbobi,  tibbiyotdagi  tomografiya  tashxis  usullari,  anatomiya  fani  nomi, 
shuningdek,  jarrohlik  amaliyotiga  taalluqli  turli  jarayonlar  –  traxeotomiya,  osteotomiya, 
tonzillotomiya kabilar shular jumlasidandir.  
 
Shunisi qiziqki, atom – bo‘linmasligi va u kimyoviy elementning xossalarini saqlovchi 
eng kichik bo‘lagi ekaniga qaramasdan, aslida atom ham muayyan tarkibiy qismlardan tashkil 
topadi. XIX-asrning birinchi yarmidayoq mashhur olmon kimyogari Yustus Libix (1803-1873) 
atomlarning  bo‘linish  mumkinligi  haqida  taxminlar  bildirgan  edi.  Bu  haqida  Libixning 
quyidagicha ma’noda yozib qoldirgan qaydlari mavjud: «Olimlar tomonidan ta’riflab berilgan 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish