www.ziyouz.com kutubxonasi
18
va Qaro yulg‘unli pahlavon Nazarqul va Berdimuhammad ko‘klong ikki yuz otli ko‘klong navkari
bilan va chovdardin Bahodirboy va Sevantummoq ikki yuz otli bila va Xolmuhammad otliq oltmish
otli taka
72
bila va Ibo yuzboshi vz Chori o‘nbegi uch yuz otli Ol eli navkari bila va Qarodoshli Durdi
xadim ikki yuz otli bila Pahlavonniyoz yuzboshi Toshhavzning yuz otlisi bila Ramiq xalifa
G‘oziobodning yuz otlisi bila va Xudoyor yuzboshi Shohobodning yuz otlisi bila Shanaq tajan
kulonning ellik otlisi bila va Rahmanberganboy Anbarning ellik otlisi bila ja’m bo‘ldilar va Xevaqda
mahram dastasi bo‘lub yurugon navkarlar ham mingga yovuq erdi. Amri oliy bila chiqib yamut
tarafiga ravon bo‘ldilar. Beshariqli Soyilxon noyib va Naymanli Xudoybergan oqo uch yuz otli bila
kelib qo‘shuldilar. Shahardin ham bir miqdor piyoda qarotayoq bo‘lub chiqtilar. Sarkardalar guruhi
anbuh
73
bila yo‘lg‘a kirib yurudilar. Ammo yamut avboshlaridin Uguz to‘ra fong va o‘rus Qo‘shchi ota
keldi. Qaroqchi Saloxdii Ko‘makushoqdin Muhammad Uroz cho‘loq va Qo‘juqdin Qo‘shashpech
boshliq ikki ming otli avbosh bila kelib, Xevaq atrofin toroj etib, qaytib Avaz to‘nglak otlig‘ qumg‘a
borib erdilar. Sarkardalar izlaridin yetdilar. Yamutlar bularni ko‘rub o‘ljalarni bir miqdor otli bila
yo‘lg‘a ravon etib, o‘zlari Xevaq lashkariga muqobil
74
bo‘lub saf tortdilar.
Xevaq lashkari ham maymana
75
va maysaralarin
76
tuzlab saflarin rostladilar. Shanaq tajan bir
miqdor otli bilan maymanadin chiqib, yamutning maysarasi bila urush boshladilar va Toshhavzli
Avazmurodboy maysaradin chiqib, yamutning maymanasi bila urush boshladi. Abdukarimbek va
Muhammad Aminbek va Ya’qubboy va Muhammadmurod devonbegi tug‘ ostida qaror tutdilar. Qaro
yulg‘unli Pahlavon Nazarqul bir tarafda turub erdi, Muhammadmurod devonbegi onga dedi: «Sani
bahodir der erdilar, bu so‘z g‘alat erkan, qurug‘ ovoza bila yurugan erkansen». Pahlavon Nazar dedi:
«Sizlarning xizmat etgan kishiga in’omlaringiz bo‘lmasa, nega xizmat etarmiz?» Muhammadmurod
devonbegi egniga bir Sherozi po‘stin kiyib erdi, oni chiqarnb berib dedi: «Muni kiygil».
Pahlavon Nazar po‘stinni olnb xushhol bo‘lub, filhol, yamut tarafiga ot solib borib, bir yamutni
nayza bila urub, og‘darib boshini olib keldi.
Ul vaqtda yamut lashkari bayakbor
77
hujum etib ot soldilar. Xevaq lashkari ham olarg‘a hamla qilib
jangi mag‘luba bo‘ldi. Ul vaqtda Soyilxon noyib va Xudoybergan oqo uch yuz otli bilan Sevan
tummoq ikki yuz otli chovdar bila va Xolmuhammad otolir oltmish otli taka bila Oqyof tarafidin
hujum etib kelib urushg‘a kirdilar. Yamut shikast topti. Xevaq lashkari yamutlardin ko‘p kishini qatlu
asir etdilar. Piyoda olomon ham qochib pinhon bo‘lg‘onlaridin ko‘p kishini topib qatl etdilar. Yamutlar
tamomi olg‘on o‘ljalarin tashlab ahvoli xarob bila mutafarriq bo‘lub
78
ketdilar.
Ul urushda Ol eli Ibo yuzboshi Qo‘ng‘irot Annaniyoz ibn Qulmon darg‘a va Muhzmmad Niyoz
kiyat shahid bo‘ldilar. Sarkardalar Muzaffar va Mansur yuz o‘n to‘rt asir va yuz yetmish besh kalla bila
qaytib mulozamatg‘a yetib avotifi xusravonag‘a mazhar bo‘ldilar. Amri oliy bila asirlarning o‘ttuzi
Ark zindonida mahbus bo‘lub, o‘ttuzi Ota darvozasida va o‘ttuz oltisi Pahlavon darvozasida qirq to‘rt
va Bog‘cha darvozasida ham qirq to‘rt va Qibla darvozasida ham o‘ttuz olti bandi salosilu ag‘lol
79
bila
mag‘lulu mutasalsal etilib
80
qo‘yuldi. Bir necha kundin so‘ng amri oliy bilai Vays mirshab boshliq
jallodlar tamomi yuz o‘n to‘rt asirni kelturub Ark oldidag‘i chuqaloqda bo‘yunlarin uzdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |