www.ziyouz.com kutubxonasi
17
o‘rnig‘a Muhammad Murodqul otanikim, xon hazratlarining ovoni tufuliyat
58
larida Qulotaliq nisbati
bila soyir
59
xudamodin
60
mumtoz
61
bo‘lub erdi, nasb etdilar
62
.
Ushbu yil Rusiya davlati Turkiston malakatin taxti tasxirig‘a
63
oldi, bu Turkiston burung‘i mashhur
Turkistondin boshqadurkim, hududi, shimolan, Sibiriyovu Qirg‘iz, januban, Xorazmu Buxoro va
Badaxshonu Ho‘qand va yang‘i Qoshg‘ardur. Ba’zi Orol ko‘li, g‘arban, sartosari Orol ko‘lidur. Chun
bu yil o‘tub, hijratning ming ikki yuz sakson ikkilanchi yili kirdi, ushbu yil xon hazratlari shikor azmin
jazm qilib o‘runlarida Amir to‘rani joynishin etib, Bobojonbek ibn Olloberdi to‘ra boshliq tamomi
to‘ralar va beklar va tamomi umaro va arkoni davlat bilan otlanib mezon avoyili erdi, yo‘lg‘a kirib,
Darg‘on ota tarafiga ravon bo‘ldilar. Ul atrofg‘a borib sayru shikor tamoshosig‘a necha kunlar
mashg‘ullik etib, bir oy muddatida qaytib kelib, taxta davlatda qaror tutdilar. Ushbu yil Sulton
Mahmudbiy baqo olamig‘a xirom etib, ondin Otajonbek otlig‘ bir o‘g‘ul yodgor qoldi.
Hijratning ming ikki yuz sakson uchlanchisida Hasanmurod qushbegi jahoni foniyg‘a vido’ qilib,
ondin uch o‘g‘ul qoldi: Muhammad Yusufbek va Bekjonbek va Muhammad Ya’qubbek der erdilar.
Xon hazratlari Muhammad Yusufbekni otasining o‘rnig‘a qushbegi nasb etdilar. Mundin bir yil burun
Rusiya davlati Ho‘qand bilan urushub Toshkandu Xo‘jandni olmish erdi va O‘ratepavu Zominu
Dizzak shaharlari va Oqtog‘ atrofivu Sayxundin suv ichaturg‘on yerlar to Orol ko‘ligacha Rusiya
davlatiga taalluq
64
topib erdi.
Bu yil Buxoro amiri Muzaffariddin bir necha sarkarda va to‘pu to‘pxona bila yigirma besh ming
kishini Rusiya ustiga irsol
65
etdi. Olar borib Rusiya bila urushub shikasti fohish
66
bila mag‘lub
bo‘ldilar. Rusiya askari Buxoroning yigirma farsaxlik qaribiga keldn. Amir Muzaffar Rusiya bila nav’i
madoro qilib o‘lturdi. Chun Muhammad Yusufbek qushbegilik mansabi bila sarafroz bo‘ldi, ul asnoda
xabar keldikim, qipchoq qal’asining janub tarafidin daryo yiqib Qonglini olib, to chovdar
67
haddig‘acha bordi.
Ammo mundin burunroq xon hazratlari Muhammad Raham mehtarni mehtarlik mansabidan ma’zul
etib, o‘rniga Qarukli bobo mingboshini mehtar etib erdilar. Chun bu xabar keldi, xon hazratlari Bobo
mehtar va Muhammadmurod devonbegining savob didlari bilan Muhammad Yusuf qushbegini
yubordilar, tokim borib ul suvni bog‘lag‘ay. Muhammad Yusuf qushbegi farmoni mujibi
68
bila
qipchoqg‘a borib suvni bog‘ladi. Ammo yamut
69
avboshlarikim
70
, burundin ham yo‘l urub va uy talab
yurur erdilar, ul ovonda ittifoq bilan qipchoqni
71
chopmoq uchun hujum etib keldilar. Qushbegi
olomong‘a ruxsat berib, olar qaytib ketib erdilar. Qipchoqli Hidoyat eshon o‘z solmasini qozmoq
uchun bir miqdor so‘filarini jam’ qilib erdi, yamut avboshlari olardin bir necha kishini asir olib kettilar.
Qushbegi bu voqeani yozib xon hazratlariga yubordi. Xon hazratlari noma mazmunidin ogoh bo‘lub
buyurdilar: «Qushbegi qochuni bog‘lag‘on bo‘lsa qaytib kelsun». Ul kun yamut avboshlari hujum etib
kelib, Xevaq atrofin choptilar. Chun bu xabarni xon hazratlari eshitdilar, buyurdilar. Muhammadmurod
devonbegi boshliq Abdulkarimbek va Muhammad Aminbek valadoni Ya’qubbek mag‘fur va
Ya’qubboy va tamomi umaro va Qo‘ng‘irotsultoni Murodbek duyuk bo‘lub kelib o‘lturg‘on ota vakil
58
Ovoni tufuliyat—yoshlik vaqtlari.
59
Soyir—boshqa, o‘zga.
60
Xudamo—xodimlar, xizmatkorlar.
61
Mumtoz—saralangan, saralab (saylab) olingan, ajratilgan.
62
Nasb etmoq- tiklash, biror mansabga ta’yin etmoq.
63
Tasxir—zabt etish, qo‘lga olish, ilintirish, rom qilish.
64
Taalluq—aloqadorlik, bog‘lanish, munosabat, tegishlilik.
65
Irsol—yuborish, yetkazish.
66
Shikasti fohish—yomon shikastlanish, qaqshatqich zarbaga uchrash.
67
Chovdar—turkman urug‘i nomi.
68
Muojib—bir ish va holning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi, bois, tufayli
69
Yamut — turkman urug‘laridan biri.
70
Avbosh—badkirdor, bezori, talonchi.
71
Qipchoq—urg‘ug‘ nomi.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |