Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

maqsadi asliylarig‘a yetgaylar, ruboim: 



 

Bu nomanikim, Bayoniy etdi og‘oz  

Tahririn etarda topti ko‘b so‘zi gudoz. 

Islohi xatoda bo‘lsa kim bandanavoz,  

Etgay onga lutf xoliqi beniyoz. 

 

Ma’lum bo‘lsunkim, Munis mirob alayh ur-rahmata val — g‘ufron Eltuzarxoni 



mag‘firatnishonning nadimi dargohu muqar-rabi borgohlaridin-erdi, bir kun onga amr etdilarkim: 

«Obo-vu ajdodlarimizning voqeotu holatlarin sahifayi tarixda zabt etgil». Munis mirob imtisolan 

liamrihil oli

23

 bir kitob boshlab, onda turluk hunar bila iboratlar yasab, majozu istio-ra sulukin masluk 



tutub, andog‘ fasohatu balog‘atning dodin berdikim, mushohadasi mujibi hayrat erdi. Otin «Firdavs ul-

iqbol» qo‘yub, onda Odam alayhissalomdnn so‘z boshlab to Sherg‘o-zixonning zamonig‘acha yozdi. 

Ul ovonda Edtuzarxoni jannatma-kon g‘ariqi bahri fano bo‘lub, o‘runlarig‘a birodarlari Muhammad 

Rahimxoni firdavsoshyoni avval xon bo‘ldilaru Munns mirobg‘a dedilar: «Hamul og‘amizning 

buyurg‘on kitoblarin itmomg‘a yetkurgil». Munis mirob Sherg‘ozixondin boshlab to xona mazkurning 

saltanatlarining yettilanchi yiligacha yozdi. Ul holda, xoni mazbur onga «Ravzat us-safo»ning 

tarjimasin buyurdilar. Munis mirob Olloqulixonning zamonig‘acha bu xizmatg‘a ishtig‘ol ko‘rguzub, 

sanayi ming ikki yuz qirq to‘rtda baqo olamig‘a xirom etdi. Olloqulixon bu voqeadin o‘n bir yil 

o‘tgandin so‘ng ul kitobning itmomin Ogahiyga buyurdilar. Ogahiy Muhammad Rahimxoni 

firdavsoshyonning voqeotlarin to vafotlarig‘acha yozib, «Firdavs ul-iqbol»ni itmomg‘a yetkurdi. 

Munis mirob bu kitobini bir muqaddimavu besh bob va bir xotimag‘a bino etgak erkan. Muqaddimasi 

Eltuzarxoni mag‘firatnishonning madhlariga mushtamal erkan. Ogahiy xotimasin tashlabdur, bas, faqir 

muqaddimasin tashlab ondin bir miqdorni o‘z mavridida bayon etmakni munosib ko‘rdim. Munis 

mirob xotimada ul asrdag‘i avliyoyi ulamoyi izomu ulamoyi kiromu umaroyi zavil ihtishomu 

sohibdavlat beklar va zakiytab’ shoirlaru donishmand fozillaru falotunfitrat hunarmandlarning yana ul 

ovonda zuhurg‘a yetgan ba’zi umuri g‘aribaning zikrin etmakchi erkan, Olloqulixon aytmaydurlarkim, 

oning xotimasin ham muallifning maqsudicha bayon etgil. Bu kunda faqirg‘a ul qudrat yo‘qdur, 

tokyam, xotimani ul zoti shariflarning holatlari zikri bila tamgom eta olg‘ayman, ne uchunkim, ul 

voqeot kitobat qaydig‘a kirmay qolibdur. Bu’di ahd sababidin oni bilur kishi ham yo‘qdur, darig‘kim, 

umr qisqadur. Agar onga «Ravzat us-satfo» tar.jimasin buyurmasalar, kitobin maqsudicha tamom etar 

erdi. Ammo, Ogahiy ham Munis mirobning birodarzodasi va dastparvardasi erdi va oning uslubida 

majozu istiora bilan so‘z bayon etar erdikim, kalomining diqqati sababidin omma xalqi maolin fahm 

eta olmas erdilar. Ul ham bu yo‘sinda du bora so‘z boshlab, Olloqulixondin to Muhammad Rahimxoni 

jannatmakoni soniyngang zamonlarig‘acha har xonning voqeotin bir mujalladda bayonetib, har birin 

bir ism bila mavsum etdi va ul hazratning ayyomi saltanatlaridin ham kam besh—etti yilning voqeotin 

tahrir silkiga chekti. Mundin sahl zamon o‘tgandin so‘ng sanayi ming ikki yuz to‘qsonda tovuq yili va 

javzoning oxiri erdi, Kaufman otlig‘ guburnatur rus lashkari bila kelib Xorazmni sulh bila soldi. Faqir 

ul hodisot zikrin o‘z mavridida kitobat qayddag‘a kirguzgusidur, inshoollohi taolo. Bu voqeotdin bir 

yil miqdori o‘tgandin so‘ng, Ogahiy ham rahili olami baqo bo‘ldi. Alholkim, sanayi ming uch yuz 

yigirma to‘qquzdadur, taqriban, qiriq ikki yilning voqeasi tahrir qaydig‘a kirmay qoldi, emdi faqirning 

zimmasiga havoladur. Chun faqir, amri oliy muqtazssicha, bu nusxalarning maolin ommafahm etib, 

borin bir mujalladga jam’ qilmoqg‘a ma’mur bo‘ldim. Hammasin o‘n olti bobg‘a mushtamal etib, 

«Shajarayi Xorazmshohiy» ismi bila mavsum etdim. Alloh taolo muning og‘ozin anjomig‘a 

yetkurmakimni nasib etgay, omin! Yorab ul-olamin, fasharal’tu lihozal amra valloh ul-hodiy ilo sabil 

ul-rashod. 

                                                      

23

 Liamrihil oli— oliy amr yuzasidan, sababidan 




Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish