156
ham uchramoqda. Eng yomoni ular bu bilan o’zlarini aybdor sezishmaydi.
Yoningizda pulingiz yo’q bo’lsa qanchalik uyalasiz, ular esa ma’naviy dunyosi
qashshoqlashib borayotganligidan hyech ham uyalmaydi.
Xullas, ham ma’nan, ham jismonan boy bo’lishga nima yetsin”
[21. 114-117
b.].
Yuqoridagi keltirilgan manba va ma’lumotlarga asoslanib hamda barkamol
avlod tarbiyasi oldiga qo’yayotgan davlatimiz talablarini e’tiborga olib,
MTM dagi
bolalar tarbiyasini yuksaltirishga bo’ladigan tavsiyalarni qo’yidagicha ifodalashni
lozim topdik:
ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan taraqqiyoti yutuqlari bilan boyitib,
ularning bolalar yoshlariga moslab, ular ongiga singdirib borish;
o’zligimizni chuqur anglash, milliy mafkura tamoyillarini
yoshlarimiz qalbi
va ongiga singdirish;
Xullas, bolalarimizni turli xil taxdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib
qolmasligini ta’minlash va ularning ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga e’tiborni yanada
kuchliroq qaratish lozim. Shu ma’noda keltirilib o’tilgan didaktik materiallar bola
tarbiyasida ta’sirchan vositalardir. Ularning har bir bo’yicha bitta tarbiyaviy
mashg’ulot o’tkazsa bo’ladi. Bu bilan bolalarmizni
ezgulik va bunyodkorlikka
bezangan insonlar qilib tarbiyalashimiz mumkin.
157
XULOSA
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy – axloqiy tarbiya
berish, xususan, ma’naviy – immunologik tarbiya berish yordamida yoshlarni
ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatli bo’lib shakllanishiga asosiy poydevor
bo’la oladi. Bu orqali bolalardagi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga
erishiladi va uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida ham amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonda bolalar ma’naviy sifatlarni shakllantirish,
ulardagi har xil illatlarga
nafrat uyg’otishda mustaham asos bo’la oladi.
MTM pedagogik jamoa faoliyati ham bog’chadagi bolalarni ma’naviy yetuk
qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, MTMdagi “Ma’naviyat saboqlari”
mashg’ulotlarini samarali tashkil etishda ularning kasbiy mahorati muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bu “Ma’naviyatli odam kim”, “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz” va
“Vatanimiz ramzlari” mavzulari bo’yicha olib borilgan mashg’ulotlarda yaqqol
sezildi. Shularni e’tiborga olganda “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarning
namunaviy mavzulari va MTMda ma’naviy ishlar bo’yicha amalga oshiriladigan
tadbirlar rejasi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini yanada oshiradi.
MTMda ta’lim va tarbiya
jarayonini tashkil etish, uyushtirish va ularga tegishli
tayyorlangan materiallar hamda ularga mos tarbiyachi va murabbiylarning metodik
tayyorgarligi bog’chada ma’naviy tarbiya berishning pedagogik shart –
sharoitlarining optimal variantini tanlab olishga imkon berdi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, agarda tarbiyachi va murabbiylar
ushbu tadqiqotda erishgan yutuqlar bo’yicha faoliyat yuritishsa,
bolalardagi
shakllangan ahloqiy tasavvur (qarash, fikr yuritish, mulohaza, odoblilik, ezgulik,
ahloqiy adolatlar, ahloqiy munobatlar) ahloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Shu sababli MTMda ma’naviy - axloqiy tarbiya yaxlit pedagogik
jarayondir.Unda bolalarning ijtimoiy ahloqiy va ijtimoiy huquqiy me’yorlariga
ongli munosabati shakllantiriladi.
Demak, MTMda bolalarni yaqin atrofni o’rganishga,
tengdoshlari bilan
barqaror aloqalarni o’rnatishga, o’z – o’zini anglashga o’rgatish, ularning barkamol
shaxs bo’lib yetishishida muhimdir. Bunda ahloqiy tarbiyani to’g’ri amalga oshirish
Hazrati Ali ta’kidlaganidek tarbiyaning qo’yidagi tamoyiliga javob bera oladigan
shaxsning tayyorlashga ma’naviy asos yaratgan bo’lamiz: “Kishidagi uchdan bir
iymon – bu hayotdir; yana bir uchdan bir iymon aql, qolgan uchdan bir iymon esa –
saxovat va oliyjanoblik bo’ladi”.