138
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir qishloqda ikki do’st yashagan ekan.
Ular shunchalik qadrdon, bir – birlariga mehribon ekanlarki, hatto bir mayiz
topsalar ham eng ikkiga bo’lib yeyisharkan.
Ular bir kuni toqqa kaklik ovlagani borishibdi. Qoyama – qoya, cho’qqima –
cho’qqi yurib kattakon g’oya yonidan chiqib qolishibdi.
Bir kaklik esa uchib borib
g’orga kirib ketibdi. Ikki do’st ham uning ketidan kirishibdi. Qarashsa kaklik bir
chetda turgan toshlar ostiga yo’rg’alab ketibdi. Yigitlar asta – sekin toshlarni olib
tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o’n – o’n beshta yirik toshni olishgan
ekan, bir katakon xum ko’rinibdi.
Xumni olib qarashsa, ichi to’la oltin ekan!
Ikki do’st quvonganidan do’ppilarini osmonga otishibdi. Endi yaqin oradagi
qishloqlarga bizdan boy, baxtli odam yo’q, deb shodlanganlaridan bir – birlarini
quchoqlashibdi.
Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo’rg’a o’rnidan
siljitishibdi. Sababi ov ishqida cho’qqima – cho’qqi, qoyama – qoya yuraverib
charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do’stlardan biri:
- Og’ayni bu holatda xumni ko’tarib qishloqqacha olib ketishimiz amri mahol.
Yaxshisi biror yemak topib, qorinni to’yg’azaylik. Keyin baquvvat bo’lib xumni
ko’taramiz, - debdi.
Ikkinchi do’stga ham bu taklif ma’qul kelibdi.
Ular maslahatlashib birlari
g’orda qolib, oltinga soqchilik qiladigan, ikkinchilari qishloqqa borib biror yegulik
olib keladigan bo’lishibdi.
Do’stlardan biri qishloqqa yegulik olgani ketarkan, bir xum “Sariq
shayton”ning vasvasasiga uchibdi. Do’stlikka sadoqat,
insoniylikdan nafs balosi
kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o’ylabdi u. – do’stim bo’lmaganida bir xum oltinning
hammasi bir o’zimniki bo’lardi. Yaxshisi olib keladigan ovqatga zahar solib
kelaman. Do’stim yeydi – yu, til tortmay o’ladi. Oltin esa meniki bo’ladi!”.
G’orda oltinni qo’riqlab o’tirgan anovi sherikning ham feli buzilibdi. “Sariq
shayton” uni ham yo’ldan uribdi. “Do’stim ovqatni olib g’or og’ziga kelganida, -
deb rejalashtiribdi u, - men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O’lsa,
oltinning hammasi o’zimga qoladi!”.
Oltin poyloqchisi o’z qabih rejasini amalga oshirish niyatida g’or
tepasiga
chiqib, bekinib turibdi. Do’sti g’or og’ziga kelganida kattakon xarsangni uning
tepasiga dumalatibdi. Tosh ostida qolgan do’sti shu zahotiyoq jon taslim qilibdi.
“Ana, - debdi u xursand bo’lib, - hamma oltin bir o’zimga qoldi. Avval to’yib olay,
keyin oltinni ko’tarib uyimga jo’nayman!”.
Zahar solingan ovqatni yegan hamtovoq ham o’libdi. Bir xum oltin esa yana
kimsasiz g’orda qolib ketibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: