Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
105/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’larini
Baqara, Niso va Oli Imron suralarini o’qish darajasida uzun qilar edilar. Unda «Subhana
robbiyal ‘aziym»ni takrorlardilar».
Imom Muslim rivoyatlari
«Sunani Abu Dovud»da esa, quyidagicha kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar sizlardan biringiz «Subhana robbiyal ‘aziym», deb uch marta aytsa, ruku’si komil
bo’ladi», dedilar».
106/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’lari va
sajdalarida:
«Subhanakallohumma robbana va bihamdik, Allohummag’firliy», deb aytar edilar». Buni
Qur’ondan ta’vil qilardilar. (Ma’nosi:
Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey
Rabbim, gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
107/3. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ qilsalar:
«Allohumma laka raka’tu va bika amantu va laka aslamtu xosha’a laka sam’iy va basoriy
va muxxiy va ‘azmiy va ‘asabiy» (Allohim, Senga ruku’ qildim va Senga iymon keltirdim.
Senga bo’yin egdim va Senga qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, paylarim bo’ysindi),
der edilar». Imom Muslim rivoyatlari
«Sunan»
kitoblarida esa,
«Xosha’a sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va mastaqollat bihi qodamiy lillahi
robbil ‘alamiyn» lafzi bilan kelgan. (Ma’nosi: Qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim,
yuruvchi oyog’im olamlarning rabbi Alloh uchun bo’ysindi.)
108/4. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’
va sajdalarida:
«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» (Farishtalar va Jabroilning rabbi subbuh
va quddus sifatli Allohdir), deb aytar edilar». Imom Muslim rivoyatlari
109/5. Avf ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam bilan birga
namoz o’qiganimda, u zot Baqara surasini o’qidilar. Rahmat oyati kelsa, rahmat
so’radilar, azob oyati o’tsa, to’xtab panoh tiladilar. So’ng qiyomda turganlaricha ruku’
qildilar. Ruku’larida:
«Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat» (Jabarut, malakut, kibriyo
sifatli Allohni poklab yod eturman), deb o’qidilar. So’ng sajdalarida
ham xuddi shundoq
qildilar». Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
110/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ruku’ga borganingizda Rabbingizni ulug’langlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Bu hadisdan Alloh taoloni qaysi lafz bilan bo’lsa ham, ruku’da ulug’lash tushuniladi.
(Bizning Imomi A’zam mazhablarida «Subhana robbiyal ‘aziym»ni aytish yuqoridagi
hadisda
aytilganidek, Allohni ulug’lash hisoblanadi. – Tarjimon.)
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
111/7. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’da yoki
sajdada qiroat qilishdan qaytardilar». Imom Muslim rivoyatlari
112/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Ogoh bo’linglarki,
men ruku’da yoki sajdada Qur’on o’qishdan qaytarildim», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: