28-bob. Azondan keyingi duolar
93/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Azon bilan
iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Sunniy va
Termiziylar rivoyati
Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan: «Ey Rasululloh, bu
ikkalasining orasida nima deymiz?» deb so’rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini so’ranglar», dedilar».
94/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomdan:
«Muazzinlar fazilatli bo’lishda bizdan o’zib ketishyapti», dedi. Shunda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Sen ham muazzin aytganidek ayt va azon tugagandan keyin
duo qilib so’ra, senga ham unikidek fazilat beriladi», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari
95/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki
narsa rad qilinmaydi. Biri, azon paytidagi duo, ikkinchisi, urush paytida qiyinchilikdagi
duo», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |