30-bob. Safga tizilgandan keyin o’qiladigan duo
98/1. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Bir kishi namozga keldi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam namozni boshlagan edilar. U kishi safga turganidan keyin:
«Allohumma atiniy afzola ma tu’tiy ‘ibadakas solihiyn» (Ey Rabbim, menga solih
bandalaringga beradigan narsalaringning eng afzalini ber), dedi. Rasululloh alayhissalom
namozni tugatganlaridan so’ng: «Hozirgi gapirgan kim?» dedilar. Haligi kishi: «Men, ey
Rasululloh», deb javob berdi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Oting o’ldirilib, o’zing
Alloh yo’lida shahid bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy va Nasoiy rivoyatlari
Buxoriy ham tarix kitoblarida Muhammad ibn Muslimning tarjimai holida shu rivoyatni
keltirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |