271-bob Qon oldirganda aytiladigan zikrlar
785/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qon
oldirayotgan paytda «Oyatal kursi»ni o‘qisa, o‘sha oldirayotgan qoni manfaatli bo‘ladi»,
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
272-bob Quloq g‘ing‘illaganda aytiladigan zikrlar
786/1. Rasululloh mavlolari Abu Rofe’dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlardan biringizning qulogi gingillasa, meni eslasin va menga salovot
aytib,
«Zakarallohu bixoyrin man zakaraniy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Meni eslagan
kishini Alloh yaxshilik ila eslasin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |