281-bob Hadya oluvchining hadya topshirganga mukofot tarzida duo qilishi
mahbubligi haqida
810/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘y
hadya qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkor ayolga uni «Taqsimla»,
dedilar. Oisha (r.a.) odatlariga ko‘ra, xizmatkor qaytganida, «Kelganlar nima dedilar?»
deb so‘rardilar. Shunda xizmatkor: «Barokallohu fiykum (Allohning barakasi bo‘lsin),
deyishdi», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Va fiyhim barakalloh (Ularga ham Allohning barakasi
bo‘lsin). Ular aytganlaridek, biz ham shunday javob qaytaramiz. Va bizga bundan ajr
qolur», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |