va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida
802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning
(r.a.) xutbalari haqidagi mashhur hadisda rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad
sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu
alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Alloh
tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar.
803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba
vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q
yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting.
Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |