Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Chiroyli bo'lib yurish haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

38-bob 
Chiroyli bo'lib yurish haqida 
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Agar kishi muruvvatli, ilmli bo'lsa, 
kibrlanmasdan eng toza liboslarni kiyishi kerak. Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat 
qilinadi: "Libosining saraligi kishining olijanobligidandir".  
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kishi ish kiyimidan tashqari yana ikkita 
libos qilib olishi lozim emas".  
Masalda: "Kiyimi eskirmagan kishiga yangisi yo'q", deyilgan.  
Anasdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): 
"Bandaning xidi hech qachon xushbo'y bo'lmaydi, g'ami kamaymaguncha, libosi toza 
bo'lmaydi, tashvishi kamaymaguncha", dedilar".  
Umar (roziyallohu anhu) aytadilar: "Men kiyimi oppoq qoriga qarashni xush 
ko'rmayman", deganlar. Va yana: "Agar Alloh sizlarga kenglik bersa, nafslaringga sizlar 
ham kenglik qilinglar", deydilar.  
Omir ibn Sa'ddan rivoyat qilinadi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh pokdir, 
poklikni yaxshi ko'radi, chiroylidir, chiroylilikni yaxshi ko'radi, saxiydir, saxiylikni yaxshi 
ko'radi, ulug'dir, ulug'likni yaxshi ko'radi, xushbo'ydir, xushbo'ylikni yaxshi ko'radi", 
dedilar".  
Zayd ibn Aslam Ato ibn Yasordan rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
o'tirgan edilar. Soch-soqoli to'zg'igan bir kishi kirib keldi. Shunda Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) unga, chiq, soch-soqolingni to'g'irla, deb ishora qildilar. U shunday 
qildi, so'ng qaytib kirdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bu hol 
shaytonga o'xshab sochi va soqoli to'zg'ib yurishidan yaxshi emasmi?" dedilar. Zayd ibn 
Aslam Jobir ibn Abdullohdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi: "Biz Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) bilan birga Anmor g'azotiga chiqdik, men bir daraxtning 
tagiga tushib joylashdim. To'satdan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o'tib qoldilar. 
Shunda men: "Ey Rasululloh, soyaga kelmaysizmi?" dedim. Tushdilar. Men to'rvamni 
olib, non, kulcha va bodring chiqardim va Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
oldlariga qo'ydim. Tuyalarni boqib ketgan sherigimiz bor edi. U ham keldi, ustida 
eskirgan ikkita libosi bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga qaradilar, 
so'ng menga yuzlanib: "Uning bu ikki libosidan boshqa libosi yo'qmi?" dedilar. Men: 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
"To'rvasida boshqa ikkita kiyimi bor", dedim. Rasululloh: "Ularni kiysa bo'lmaydimi?" 
dedilar. Shunda men uni chaqirib aytdim. U kiyimlarini kiydi, so'ng burilib ketdi. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh uning bo'yniga ursin, unga nima bo'ldi? Bu 
yaxshi emasmi?" dedilar. U Nabiyning gaplarini eshitdi va: "Ey Rasululloh, Alloh yo'lida 
deb ayting?" dedi. Rasululloh: "Alloh yo'lida", dedilar. So'ng Alloh yo'lida o'ldirildi".  

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish