www.ziyouz.com kutubxonasi
35
oyatdan murod bunday-bunday desa, halol bo'lmaydi va bu ishdan qaytarilgandir.
Ammo ba'zi imomlardan bir oyatning sha'ni haqida biron narsa eshitgan bo'lsa, uni
hikoya tarzida aytsa, zarari yo'q. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) agar biron bir
oyatning tafsirida qiynalib qolsalar, Rasulullohning ashoblaridan Ka'b ibn Ahbor va Vahb
ibn Munabbah kabi ahli kitobdan bo'lgan va kitoblarni o'qigan musulmonlardan
so'rardilar.
Ikrima Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi. U: "Qur'onning hamma
tafsirini o'rgandim faqat to'rttasi – avvoh, raqim, hannon va g'islin qoldi", dedilar.
Boshqa rivoyatda Ibn Abbos bu harflarni ham tafsir qilganlar aytiladi, ya'ni, raqim –
harflarga nuqtalardan iborat belgilar qo'yish, hannon – rahmat, g'islin esa, do'zaxda
kofirlarning badanlaridan oqib tushgan narsa, deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |