www.ziyouz.com kutubxonasi
116
askarlari bilan erkin, ozod bo'ladi. So'ng rabi'ulavval oyi, chunki bu kuzni avvaliga to'g'ri
kelgan, shu sababli, avvalgi bahor, deb nomlangan. So'ng robi'uloxir oyi, chunki bu
kuzga to'g'ri keldi, shu sababli buni ikkinchi bahor nomi bilan nomlashdi. So'ng
jumodulavval, so'ng jumoduloxir. Bu ikki oyni shunday deb nomlandi, chunki bular qish
kunlariga, sovuq qattiq bo'lib, suv muzlagan paytga to'g'ri keldi. So'ng rajab oyi, rajab
deb nomlanishiga sabab, arablar bu oyni ulug'ladilar, yana buni kar oyi bilan ham
nomlaydilar, chunki bular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar. So'ng sha'bon oyi, bu
oyning sha'bon deb nomlanishiga sabab, arab qabilalari bu oyda dalalarga tarqab ketadi.
Aytiladiki, sha'bon deb nomlanishiga sabab bu oyda ramazon uchun ko'p yaxshiliklar
tarqaldi. So'ng ramazon keladi. Ramazon deb nomlanishiga sabab, bu oy issiq paytiga
to'g'ri kelgan, "ramazon" so'zining ma'nosi qattiq issiq degani. Yana aytiladiki, chunki bu
oyda gunohlar kuyib ketadi. So'ng shavvol keladi. Arab qabilalari bu oyda o'z joylaridan
ko'chib ketadi, shuning uchun Shavvol deb nomlandi. So'ng zulqa'da keladi. Bu oyni
zulqa'da deb nomlashlariga sabab, ular bu oyida urushdan tiyiladilar, so'ng zulhijja oyi
keladi, bu oyda ular haj qiladilar. Bu oylar qamariy oylar nomi bilan mashhur bo'lib,
arabiy oylarning nomlari. Qamariy oylar hisobi oyning aylanishi bilan bog'liq. Shamsiy
oylar rumiy hisob bilan, quyosh aylanishi bilan o'rganadi. Nomlari suryoniy tilida. Bu
oylar mehrjon kunlaridan boshlanadi. Oylarning avvali tashrini avval, so'ng tashrini
soniy, so'ng qonunul avval, so'ng qonunussoniy, so'ng shabot, so'ng ozor, so'ng nayson,
so'ng ayyor, so'ng haziron, so'ng tamuz, so'ng ob, so'ng aylul, bu oylarning forscha
nomlari ham bor, u navro'z kunlaridan boshlanadi. Avvl farurdin, so'ng ardu behisht,
so'ng xurdod, so'ng yabru, so'ng muraddo, so'ng shahru buvad, so'ng mehr, so'ng abon.
So'ng yil kunlaridan hisoblanmaydigan besh kun bor, buni ayyomul musriqa –
o'g'irlangan kunlar deb ataydilar. So'ng ard, so'ng diy, so'ng buhn, so'ng isfandiyori
madiyur. Forsiy oyning 10 kuni o'tganda, ya'ni har oyning o'ninchi kuni rumiy oylaridan
bir oy boshlanadi. Har yili navro'z juma kunlaridan bir kun kechikadi. Agar navro'z bu yil
payshanba kuni bo'lsa, kelgusi yil juma kuni bo'ladi, uchinchi yilda shanba kuni keladi.
Arabiy (qamariy) oylar har yili 10 kun kamayadi, ko'pincha 11 kun kamayadi. Bulardan
olti kuni oylarni qisqarishi bilan bo'ladi, to'rt kuni esa, ayyomul masruqa-o'g'irlangan
kunlar. Bir kecha va kunduz 24 soat bundan ko'paymaydi ham kamaymaydi ham. Kecha
qisqargan vaqtda kunduzi uzayadi, kunduzi qisqarganda kecha uzayadi, kunduzning eng
uzun vaqti haziron oyning yarmida bo'ladi. O'shanda kunduzi 15 soat va kecha 9 soat
bo'ladi va bu kechaning eng qisqa vaqti. So'ng kunduzi qisqarib, kechasi uzaya
boshlaydi, to mehrjon kunlari kelguncha. Mehrjonda kun va tun tenglashib, har ikkalasi
ham o'n ikki soatdan bo'ladi, hatto qonuni avval oyining o'n yettinchi kunida kecha 15
soatga etadi va bu kechaning eng uzoq vaqtidir. Shunda kunduzi 9 soatga etadi, bu
kunduzning eng qisqa payti, so'ng kecha qisqara boshlaydi, hatto navro'zdan 19 kun
yoki undan kamroq oldin kecha va kunduz baravar bo'ladi, so'ng haziron oyining
yarmigacha kun ziyoda bo'laveradi. Bu Alloh taoloning:
"Quyosh (biron soniya to'xtamay) o'z qarorgohi sari joriy bo'lur" (Yosin, 38) va:
"U kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur" (Hadid, 6), degan so'zlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |