Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo‘lgan to‘lov tizimlari ancha avval paydo bo‘lgan. Blokcheynga asoslangan
yangi tizimlar eksilarining davomi bo‘lishi kerak. Biz esa kelajakda xosil
bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bilish imkoniyatiga ega
bo‘lishimiz lozim.
Shunday qilib, IBM kompaniyasining nuqtai-nazaridan, xozirgi davrda
blokcheyn texnologiyasi o‘z rivojlanishining boshlang’ich bosqichida turibdi va u
xozircha bank-moliya sektorining talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Asosiy
muammolar
sifatida
blokcheynda
xozircha
«masshtablashtirish»
va
tranzaksiyalarning
konfidensiallagi ta’minlanmagan. Shunga qaramasdan,
IBMkompaniyasining
mutaxassislari
joriy
xolatni
tahlil
qilgan
xolda
blokcheyndan foydalanish faqatgina bank sektori bilan chegaralanib qolmasligini
va uning B2B, G2C, G2B kabi biznes olamining barcha sohalariga tadbiq qilinishi
mumkinligini tan oldilar. Bulardan tashqari, ko‘p ishtirokchilarga ega bo‘lgan bank
loyihalarida tizimlarning o‘zaro muloqotida kelishuvlarni moslashtirish ham
nazarda tutilishi kerak. Ammo, xozirgi davrdagi bank tizimlarining bir turda
emasligi xuddi shu talablarning bajarilishiga mone’lik qiladi. Shu xolat bilan
bog’lik xolda Den Millmanning quyidagi fikrini keltirish mumkin: «Har qanday
o‘zgarishlarning sir-asrori eskilik bilan kurashish emas, balki barcha kuch-
quvvatni yangilik yaratish uchun safarbar qilishdir».
E
ndi esa ketma-ket ravishda turli davrlarda xosil bo‘lgan va o’ziga xos
ekosistema yaratgan blokcheyn texnologiyalarining bir qancha variantlarini ko‘rib
chiqamiz. Buni avvalo bitkoin blokcheyni va uning yaratilish tarixi bilan
tanishishdan boshlaymiz. Bitkoin 1999 yilda Vey Day tomonidan o‘ylab topilgan
va u b-moneyning konseptsiyasiga o‘xshash ishlaydigan raqamli pul turi bo‘lib,
unda tizim ishlashi uchun serverlar kafolatlangan to’lov (vznos) kiritishi kerak
bo‘lgan. Undan tashqari, 2005 yilda Nik Sabo (xuquqshunos, olim va kriptograf,
raqamli valyutalar va raqamli kontraktlar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib
borgan) tomonidan tavsif etilgan
bitgold texnologiyasi (
bu texnologiyada hisob-
kitoblar orqali isbot qilish goyasidan foydalaniladi) texnologiyasi ham
bitkoinning
paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ushbu o’quv qo’llanmaning keyingi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo‘limlaridagi ma’lumotlarni tushunish uchun ikki asosiy atamaning ma’nosini
tushuntirib o’tamiz:
1. Asimmetrik kriptografiya yoki ochiq (yopiq) kalit vositasida shifrlash usuli.
Bu usul simmetrik kriptografiyadan farq qilib, unda ikkita shifrlash kaliti
ham ishlatiladi.
2. Taqsimlangan tizim – bir-biri bilan bog’langan va tarmoq orqali o‘zaro
muloqot qila oladigan hisoblash ob’ektlarining avtonom to‘plami
(kompyuterlar, protsessorlar, ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari,
ma’lumot bazalari va boshqalar)dir. Misol sifatida bir qancha protsessorlar
bilan jihozlangan va biror bir mashinaga murojaat qiladigan fizik tarmoqni
keltirishimiz mumkin.
Endi esa tasavvurimizni yanada boyitish va kelajak istiqbollarni chamalay olish
uchun bitkoin paydo bo‘lganicha bo‘lgan davrdagi xolatni ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: