Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar –
dronlardan foydalanish;
Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali
sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq
xo’jalik ishlariga jalb qilish;
Resbublika qishloq xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion
texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish;
Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar
va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga
o’tish;
Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi
ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish;
Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat
boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan
foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish;
Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari
va uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini
yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga
yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka
erishishga yordam beradi;
Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun
ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish
lozim;
Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish,
saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga
oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini
yo’lga qo’yish;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish,
consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar
yaratish;
Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq
xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish
yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish;
Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan
yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida
rivojlantirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson
transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-
mexanizmlar yaratish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan
ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq
xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish;
Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq
xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy
boyliklarining samaradorligini ta’minlash;
Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi”
texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish;
Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik
infratuzilmasining samaradorligini oshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish
uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq
etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo
masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect
texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash
uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini
boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
(AR) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini
tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti
(internet of things – IoT) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq
bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan
“Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu
platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq,
sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday
raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan
shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori
tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun
mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan,
chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda
kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor
ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar
to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq
xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham
kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma
va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon
standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori
talablarni o’zida aks ettirishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi,
qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga
imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday
tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida
tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli
amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi.
Yangi
qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish
saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish
texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon
ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi,
omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning
qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar.
Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi
zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi
hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga
sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning
sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-o’qituvchilarning
malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar
bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni
amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |