Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma,
uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal
qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning
mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq
miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni
samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini
masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv
resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning
qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing
bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan
ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan
ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi,
agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga
bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari
yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va
tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. Accenture
kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq
qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib
kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini
raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi.
Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik
texnologiyasi AgTech (Agronomic Technology) nima ekanligini quyidagi tarzda
aniqroq qilib tushuntira
olamiz:
Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki
agrotexnologiya (AgTech) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish
zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo,
agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida paydo
bo’lgan. PwC kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish
jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining
kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. AgTech-loyihalarda
ROI (Return of Investment) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun
bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan
investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar
kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard
dollarga o’sdi (Forbes ning ma’lumotlari). Bu xolatning sababini usoqlardan
qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni
borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab
turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi
soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi.
Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq
xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli
oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi
bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ-
xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “Aqlli
Do'stlaringiz bilan baham: |