Bulutda ish joyini tashkil qilish
Bulut (Cloud) ga nafaqat tizimlar, balki foydalanuvchilarning ish joylari ham
joylashib oladilar. VDI (Virtual Desktop Infrastructure) lar biznesning raqamli
transformatsiyasini amalga oshirish paytida IT-ning landshaftini ham o’zgartirib
yuboradilar. VDI texnologiyasi juda ham yangi emas, u bozorda keng miqyosda
ishlatildi. Virtual ish joylarining talab qilingan soniga bog’liq ravishda VDI tadbiq
qilishning uch xildagi stsenariysi mavjud. Ularning ichida eng oddiyyi 20-50 ta
hodimning ish joyini virtualizatsiya qilishga imkon beradigan kichikrik
loyihalardir. Bunda biznes jarayonlarda xech nima o’zgarmaydi, chunki bu
stsenariyda oddiy ish stantsiyalaridagi kabi bir xildagi boshqaruv uskunalaridan
foydalaniladi. Ammo 200 atrofidagi foydalanuvchilar uchun bunday tizimni
yaratish ancha murakkab, chuki bunda ishnochlilikka, monitoringga, rezerv
nusxalashga va funktsionalga bo’lgan talablar paydo bo’ladi. Lekin
foydalanuvchilarning ish joylari 2000 tadan ortiq bolsa, yana bir qancha
muammolar paydo bo’ladi, chunki bunda VDI talabchan biznes ko’rinishidagi
servisga aylanib qoladi hamda tadbiq etilayotgan tizimning katastrofalarga
nisbatan chidamli bo’lishi talab qilinadi. Infosistem Djet kompaniyasida amalga
oshirilgan yirik loyihalarning birida tizimning katastrofaga chidamliligiga aktiv va
passiv rejimda ishlaydigan SOD lar orqali erishilgan. Asosiy SOD da ishlash
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
imkoni bo’lmaganda Citrix NetScale Global balansirovkachi foydalanuvchilari
rezerv SOD ga ulab turgan. Boshqa bir loyihada esa SOD lar parallel ishlganlar,
eng kritik ish joylarining katastrofalarga chidamliligi esa taqsimlangan klaster
yordamida amalga oshirilgan. Foydalanuvchilar ham o’z navbatida yangi
texnologiyaning afzalliklarini tushuna boshladilar. VDI ishlatilishi tufayli bulutli
platformalarni yaratish va yangilashni bir namunadan foydalangan xolda amalga
oshirish, ish joylarini tashkil qilishni soddalashtirish va bir qancha fizik ish
stantsiyalarini nozik mijozlar uchun ajratish mumkin bo’ldi. Bu ayniqsa, bir
qancha moliyaviy tashkilotlarni o’ziga integratsiya qilgan va meros sifatida turli-
tuman texnikalarga hizmet ko’rsatishi kerak bo’lgan banklar uchun mo’ljallangan
loyihada muhim ahamiyat kasb etdi. VDI lardan foydalanish bir qancha
muammolarni hal qilish imkonini yaratdi va kompaniyaga yangidan qo’shilgan
tashkilotlarning xodimlari qiyinchiliklarsiz standart ish joylariga o’tdilar. VDI
larning yaqin kelahakda o’zgarishiga ilib keladigan tendentsiyalar jumlasiga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Ularning birinchisi, virtual stantsiyalar ichdagi
grafikaning tezlashishi, unga 3D-tizimlarning, grafik tahrirlagichlarning,
mul’timediya uskunalarining, HD imkoniyatlarning markaziy protsessorga ishni
kamaytirish maqsadida qoshilishi. Bular katta hisoblash resurslarini talab qiluvchi
dasturlar ishga tushirilganda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga yordam
beradi. Ikkinchi tendentsiya – mobil qurilmalar soning ko’payishi va ularni
ishlatish uchun bulut (cloud) dan foydalanilishi. VDI texnologiyasi yordamida
mobil qurilmalar eskirib qolgan ilovalar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega
bo’ladilar va o’zlari ham dunyoning istalgan nuqtasidan korporativ ilovalarga kira
oladigan nozik mijoz bolib qoladilar. Uchinchi tendentsiya – hisoblash resurslari
va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridagi hususiyatlarni bir vaqtning o’zida amalga
oshira oladigan giperkonvergent tizimlarga bo’lgan qiziqishning ortishi. Chunki bu
hususiyat
gorizontal
chiziqli
mashtablashtirishni
kafolatlab
beradi.
Giperkonvergent tizimlar biznesning o’sish bosqichida hisoblash quvvatlarini tezda
ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida shaxsiy va gibrid bulutlar yaratish
uchun juda qulaydir.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Shaxsiy, korporativ va ommaviy bulut ( cloud) larning o’ziga yarasha
koamchililari va afzalliklari mavjud bo’lib, ularning har brining o’z ishlatilish
joylari bor albatta. Jahon miqyosida esa ommaviy bulutlar ko’proq rivojlanayapti.
Konvergent tuzilmalarda hosil qilinadigan gibrid bulutlarning rivojlanishi
an’anaviy ilovalarda ko’proq ishlatilayapti. Dell EMC kompaniyasi
mutaxassislarining fikriga ko’ra esa hozirgi davrda korporativ yechimlarning eng
ommabop yo’nalishi tayyor cloud infratuzilmasini sotib olish va uni o’rnatib
ishlatish bo’lib qoldi. CAGR kompaniyasining bashoratiga ko’ra, yaqin besh yilda
konbergent va giperkonvergent infratuzilmalarga bo’lgan sarf-harajatlar 10% ga
oshishi mumkin ekan. Bulut (Cloud Native) da ishlatish uchun mo’ljallangan
ilovalarning keng miqyosda ishlatilishi turli xildagi tizimlar uchun raqamli
transformatsiya talablaridan biridir. Zamonaviy infratuzilmalarga bo’lgan
talablardan
boshqalari
–
flesh-tizimlardan
foydalanish,
gorizontal
mashstablashtirish imkoniyati, ishonchlilik, havfsizlik, chidamlilik va dasturiy
aniqlaniladigan
yechimlardan
foydalanishdir.
Bulutli
gibrid
arxitektura
provayderning ommaviy bulutini hamda mijozning shaxsiy bulutini ishlatishni
ko’zda tutadi. Bunda konvergent infratuzilma data markazni tashkil qilishni eng
qisqa yo’lidir. Agarda mijozga hozircha kamroq hisoblash quvvatlai kerak bo’lsa,
u oldin bir modulda ishlab turadi va keyinchalik talablari oshgan holda o’z
infratuzilmasini kengaytira boradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yangi dunyo – mobil dunyodir va bu
raqamli transformatsiya dunyosida hodimlar doimo bir joydagi ofisda
o’tirmaydilar, ammo ular har doim aloqada bo’lishlari lozim. Bu mobil dunyo va
mobil qurilmalar biznes uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga
havfsizlik bo’yicha ham bir qancha muammolar yaratadi. Havfsizlik siyosatini
boshqarish uchun mo’ljallangan tizimlarni MDM (Mobile Device Management)
deb nomlanadi. Bu muammoni hal qilish uchun Samsung kompaniyasi o’zining
barcha planshetlari va smartfonlarini 2017 yildan boshlab Knox deb nomlangan
korporativ ma’lumotlarni himoya qilishning apparat platformasi bilan ta’minladi.
Mahsus registr operatsion tizimda ruxsat berilmagan o’zgarishlar bo’ldimi yoki
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yo’qligini aniqlaydi va agar bunday o’zgarishlar bo’lgan bo’lsa, u darxol bunday
o’zgarishlarni yo’qqa chiqaradi. Kompaniyaning Knox Workspace deb
nomlangan alohida mahsuloti esa o’ziga hos ishchi konteyner bo’lib, korporativ
ilovalarni shaxsiylaridan ajratib turadi. Bu konteyner xodimning shaxsiy mobil
telefoniga o’rnatiladi va faollashtirilib, korporativ MDM vositasida boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |