Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Unit  tashkilotining  izlanishlariga  ko’ra,  Big  Data



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Unit  tashkilotining  izlanishlariga  ko’ra,  Big  Data  (Katta  ma’lumotlar

texnologiyasining  ko’pchilik  sohalarga  tadbiq  qilinishi  ijobiy  natijalarga  olib 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

kelgan.  Big  Data  ning  iqtisodiyotda  ishlatilishiga  yaqqol  misollardan  biri  – 



bashoratlash  deyish  mumkin.  Masalan,  Spaceknow  kompaniyasi  neftga  bo’lgan 

narxni  aniqlash  uchun  kosmosdan  olingan  suratlarni  qayta  ishlashni  amalga 

oshiradi.  Bunda  ishlatiladigan  algoritmlar  soyaning  ko’rinishi  o’zgarishiga  qarab, 

ombordagi neft miqdorini aniqlaydilar va shu ma’lumotlar asosida jahondagi eng 

katta neft omborlarining to’ldirilish daragasini aniqlashga imkon topadilar.  

Iqtisodiy  jarayonlarning  joriy  xolatlarini  baholashda  ham  Big  Data  (Katta 



ma’lumotlar)  dan  foydalanish  imkoniyatlari  juda  ham  katta.  Oddiy  statistika  esa 

bunday xolatlarda unchalik anoiq ma’lumot olishga imkon bermaydi va baholash 

jarayoni  ko’pincha  musbat  tomon  o’zgargan  xolda  ko’rinadi.  Mamlakatning 

iqtisodiy  faolligini  doimiy  almashtirilib  turiluvchi  rasmlar  bazasidan  foydalangan 

xolda  aniqlash  dasturidan  foydalanib,  Spaceknow  kompaniyasi  Xitoyning  olti 

ming asosiy korxonasini ajratishga muvaffaq bo’ldi. Bunda mamlakat faoliyatining 

barcha  ko’rsatgichlari  tahlil  qilingan,  shu  jumladan,  qurilish  jarayoni  faolligi, 

avtoturargohlardagi  avtomobillar  soni,  tutun  chiqarish  darajasi  va  boshqalar.  Bu 

ma’lumotlar  yordamida  olingan  natijalar  (2016  yil  mart)  rasmiy  ma’lumotlardan 

deyarli  farq  qilmagan.  Big  Data  (Katta  ma’lumotlar)  texnologiyasi  zamonaviy 

logistikada  ham  sezilarli  iqtisodiy  foyda  berishi  aniqlangan.  Masalan,  oneFactor 

nomli  Rossiya  kompaniyasi  local  va  transmilliy  yuk  tashuvchilarga  samarador 

bo’lmagan  marshrutlarni  aniqlash  va  ularni  optimallashtirishga  imkon  beradigan  

geomaslahat  beruvchi  servis  ishlab  chiqdi.  Mobil  tarmoq  ma’lumotlaridan 

foydalangan  holda  kompaniya  mutaxassislari  har  bir  posilka  uchun  borish 

nuqtasini  katta  aniqlikda  topishga  yordam  beradi.  CEO  Google  mutaxassisi  Erik 

Shmidthning  fikriga  ko’ra,  Big  Data  (Katta  ma’lumotlar)  texnologiyasining  eng 

asosiy  qo’llanilish  yo’nalishi  sug’urta  faoliyati  hisoblanadi.  Sug’urta  hizmatlarini 

taklif qiluvchi kompaniyalar turli insonlar haqidagi ma’lumotlarni yig’adilar va bu 

ma’lumotlar asosida shaxsiy sug’rta rejalarini ishlab chiqadilar.   Big  Data (Katta 



ma’lumotlar)  texnologiyasining  turli  sohalardagi  kompaniyalarda  ishlatilish 

miqyosi quyida aks ettirilgan: 

  Telekommunikatsiya kompaniyalari; 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

  Injiniring tashkilotlari va konstruktorlik byurolari; 



  Ijtimoiy saytlar; 

  Robo-konsulting kompaniyalari; 

  Mobil hizmat ko’rsatish kompaniyalari; 

  Digital analitics kompaniyalari; 

  Birjalar va moliyaviy tashkilotlar; 

  Kriptotexnologik kompaniyalar; 

  Gigital Analitics kompaniyalari; 

  Logistika kompaniyalari; 

  Biznes va hizmat ko’rsatish korxonalari; 

  Ta’lim tashkilotlari; 

  Kraudfunding va kraudsorsing kompaniyalari. 

Yuqorida  qayd  etilganlardan  tashqari,  Big  Data  (Katta  ma’lumotlar

texnologiyasi  bir  qator  iqtisodiy  jarayonlarning  ko’rsatgichlarini  baholash 

jarayonini  tubdan  o’zgartirib  yuborish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  bir  uskunadir 

desak  ham  aslo  yanglishmaymiz.  Shuning  uchun  ham  Big  Data  (Katta 

ma’lumotlar)  texnologiyasi  raqobatning  kuchayishiga  hamda  ishlab  chiqarish 

hajmi ortishiga hozirning o’zidayoq katta ta’sir ko’rsatayapti. Bu texnologiyaning 

moliyaviy  yo’nalishlarda  qo’llanilishi  bo’yicha  quyidagi  ilovaga  murojaat 

qilishingiz mumkin.  

Agarda  masala  mamlakatning  yoki  korxonaning  hayoti  va  mamoti  haqida 

ketsa,  bu  sohadagi  raqamli  transformatsiya  juda  tez  amalga  oshishi  mumkin.  Bu 

masala bo’yicha KROK kompaniyasining eksperti Sergey Zinkevich quyidagi bir 

misolni  keltiradi:  Bir  kompaniya,  arzoniga  uchib,  hech  kimga  yaxshi  ma’lum 

bo’lmagan firmadan jixozlar sotib oladi, ammo buni hujjatlashtirib qo’ymaydi. Ikki 

yarim  yildan so’ng, firma bankrot bo’lgan va kompaniya o’z kerakli jihozlaridan 

tez  orada  ajralishi  aniq  bo’lib  qolgan.  Chunki  jihozlar  bankrot  bo’lgan  firmaga 

tegishli  edi-da.  Shuning  uchun  ham  juma  kunidan  boshlab,  dushanbagacha 

kompaniyaning  bacha  ishlarini  bishqa  tizimga  ko’chirich  va  dushanbadan  yangi 

tizimda ishni boshlash ular uchun hayotiy muhim bir masala bo’lib qolgan. Bunday 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

sharoitda  eng  to’g’ri  yechim  kompaniyaning  barcha  ishlarni  bulutli  (Cloud



texnologiyalar asosida tashkil qilish edi. Bu ishga ulgurilsa, kompaniya yashashni 

davom  ettirar,  aks  xolda  kompaniya  bankrot  bo’lar  edi.  Ya’ni,  hayot  va  mamot 

nasalasi ular oldida ko’ndalang turar edi. KROK kompaniyasi bu muammoni hal 

qila oldi va natijada u o’z biznes-jarayonlarining davomiyligini ta’minladi hamda 

yangi servis modelga o’tdi.  


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish