Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Telekommunikatsiyalar sektorida ham sun’iy intellect tizimlari faol ravishda
qo’llaniladi va abonentlarga virtual yordamchi hamda turli servislar taklif qilinadi.
Yuqorida aytib o’tilgan texnologiyalardan biz doimiy ravishda foydalanamiz:
Yandex ning
Alisasi,
Apple ning
Siri si, komp’yuterlarimizdagi yangilik
agregatorlari va shunga o’xshashlar robotlashtirilgan yechimlarga yaqqol
misollardir. Sun’iy intellektli innovatsion yechimlar havfsizlik sohasida ham faol
ravishda qo’llanilaypti – insonlarni rasmlariga qarab tanib olish va identifikatsiya
qilish bunga bir misoldir. Lekin sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanganda bir
qancha tavakkalchiliklarga (riskka) ham duch kelamiz. Masalan, sun’iy intellektni
qo’llashning boshlang’ich davrida bilimlar bazasi ancha kam miqdorda bo’lgani
uchun, xato bo’lgan natijalar ham olinishi ehtimolligi mavjud. Yana bir
tavakkalchilik sun’iy intellect tizimi qaror qabul qilishga qiynalgan paytda inson
unga yordamga kelish extimolligi, sun’iy intellect tizimiga bo’lgan harajatlarning
juda katta miqdordaligi, sun’iy intellektni o’qitish jarayonini nazorat qilish bilan
bog’lik tavakkalchilik, sun’iy intellektning qo’llanilishi bo’yicha normativ-huquqiy
bazaning yo’qligi va boshqalar.
Shuni ham aytish kerakki, oxirgi to’rt yilda sun’iy intellectni rivojlantirish
uchun bo’lgan investitsiyalar miqdori dunyo miqyosida to’rt barobarga ko’paydi.
Rossiya
federatsiyasining
strategik
loyihalari
(CAF)
bo’yicha rahbari
V.Ostrovskayaiyning firkiga ko’ra, robotizatsiya texnologiyalari juda ham tez
rivojlanayotganiga qaramay, ular hali sun’iy intellect darajasiga yetmaganlar.
Ammo, “yuqori texnologiyalarni rivojlantirishda sun’iy intellect juda katta
investitsion potentsalga egadir” - deydi u. Robotlashtirilgan yechimlarning
rivojlanish potentsiali yaqin ikki yillarga 600-700% ni tashkil qilishi mumkin,
RPA(
Robotic process automation) bozorining umumiy hajmi esa 2019 yil
oxiriga kelib, 2,3 milliard dollarga yetishi mumkin. Ba’zi bir hisob-kitoblarga
ko’ra, yaqin o’n yillarda ishchi mutaxassiliklarnngi har bir o’ntadan bittasi
robotlar bilan almashinadi. Shuning uchun, sun’iy intellektli tizimlarning
hayotga faol tadbiq qilinishiga unchalik ko’p vaqt qolmadi, deb aytish ham
mumkin. Sun’iy intellectga jalb qilingan barcha investitsiyalarning deyarli yarmi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
dasturiy ta’minot va iste’mol elektronikasi ishlab chiqaruvchi bozorning yirik
ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda gap nafaqat
Google,
Do'stlaringiz bilan baham: