Sun’iy intellect qimmatbaho buyumlar va hizmatlar bozorida
2017 yilning noyabrida Financial Times sun’iy intellect qimmatbaho
buyumlar va hizmatlar bozorida ham katta o’zgarishlar kilishi mumkinligi haqidagi
maqolani chop etdi. Amazon, Google, Alibaba va shularga o’xshash texnologik
gigantlarning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan xolda, soat va
yuvelir mahsulotlar ishlab chiqaruvchi brendlar ham mijozlar safini kengaytirish
uchun sun’iy intellect texnologiyalaridan foydalanishga harakat qila boshladilar.
Masalan, messendjerlar asosida tashkil virtual suhbatdoshlar bunday brendlarga
foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qonunlarni buzmasdan turib yig’ish
uchun yordam bera oladilar. 2017 yil mart oyida Baselworld soatlar ko’rgazmasida
yuvelir brendi de Grisogono haridorlarga Crazymals kolektsiyasidan qimmatbaho
toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashga yordam beradigan chat-botni taklif qildi.
Bu chat-bot haridorlarga o’zi haqida so’zlab beradi, mojozlardan qiziqish
doiralarini so’rab ko’radi va shundan so’ng, ularga qiziqishlariga bog’liq ravishda
yuvelir mahsulotlarni taklif qiladi. Southpigalle kompaniyaning ta’sischilaridan
biri Oliv’e de Koente so’zlariga ko’ra, hozirgi davrdagi murakkab iqtisodiy sharoit
va tobora kuchayib borayotgan raqobat mijozlarni yo’qotmaslik uchun “lyuks”
klassidagi brendlarga innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, virtual
suhbatdoshlarni tadbiq qilishga undadi. Facebook ning 2016 yildagi izlanishlari
natijalariga ko’ra, 50% dan ortiq respondentlarga qo’ng’roq qilgandan ko’ra,
matnli elektron ma’lumotni jo’natgan ma’qul ekan. Financial Times ning
ma’lumotiga ko’ra, sun’iy intellect nafaqat mijozlar bilan muloqotni yaxshilaydi,
balki, brendlar uchun muhim ma’lumotlar manba’i hamdir. Chunki cookie fayllari
vositasida yoki ko’rishlar tarixini tahlil qilgandan ko’ra, bu holatda ma’lumot
mijozlarga
to’gridan-to’g’ri
jo’natiladi.
Foydalanuvchilarning
ijtimoiy
tarmoqlardagi statusi va demografik ma’lumotlar asosida olingan ma’lumotlar
asosida brendlar mijozlarning intilishlarini, xoxishlarini, emotsiyalarini va
tendentsiyalarni
chamalab,
mahsulotni
boshqarish
strategiyasiga
kerakli
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Xuddi shu tarzda ma’lumotlarni qayta ishlash
asosida Montblank kompaniyasi 2017 yilda Summit deb nomlangan “ aqlli” soat
ishlab chiqarid. Bu soatning tashqi ko’rinishi klassik ko’rinishda bo’lgani bilan u
sun’iy intellect asosida ishlaydi va Google assistenti bilan jihozlangan hamda
navigator, tarjimon va so’z orqali boshqariladigan yordamchi funktsiyalarini bajara
oladi. Jenevada 2017 yilda bo’lib o’tgan ko’rgazmada Jaeger-LeCoultre brendi
barcha ishtirokchilarni o’z mahsuloti bilan tanishtirdi. Ishtirkchilarga QR-kodli
braslet berildi va u orqali iPhone ilovasi yordamida soatlarni tanlash taklif etildi.
Ushbu texnologiya to’dirilgan reallik texnologiyasi yordamida kompaniyaga
mijozlar haqida ma’lumot yig’ishga imkon berdi.
Biznesning eng perspektiv yo’nalishlari bo’yicha oxirgi hisobotlarida PwC
analitiklari baho berishlaricha sun’iy intellektning hayotga izchil tadbiq qilinishi
2030 yilga kelib, jahon YIM ning 14% ga yoki 15,7 trillion dollaga ko’payishiga
olib kelar ekan. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi kompaniyalarning sun’iy
intellektga investitsiya qilishlari katta samaraga olib kelishi mumkin. Agarda johon
miqyosidagi holatni tahlil qilsak, hozirgi kunda sun’iy intellect ishlab chiqarish va
qishloq xo’jaligiga robotlar va uchunchisiz uchadigan qurilmalar (dronlar)
yordamida keng miqyosda tadbiq qilinayapti. Sun’iy intellect qisqa muddatlarda
katta hajmdagi ma’lumotlar yig’ish va ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan
sohalarda monitoringni amalga oshirish va information modellar qurish uchun ham
keng miqyosda ishlatilina boshlaydi.
Elektron tijorat (e-commerce) va moliya sohalarida ham sun’iy intellect
bilan jihozlangan chat-botlar faol ravishda ishlatilmoqda. Ular foydalanuvchilarga
u yoki bu mahsulot haqida ma’lumot olishga va xilma-hil operatsilarni amalga
oshirishga yordam beradilar. Masalan, SberbankIron Lady deb nomlangan virtual
kollektor yaratdi, BTB24 esa kichik biznes uchun chat-botlarni ishlatadi, Al’fa-
bank esa treyding operatsiyalari uchun savdo robotlarini ishlab chiqdi. On-layn
savdoda ham sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha bir qancha misollar mavjud:
masalan, Amazon va uning virtual yordamchisi Alexa, VR-ko’ruvchilar,
Do'stlaringiz bilan baham: |