Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
o taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat
tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
o blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan
bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan
innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish
hamda
amaliyotda
blokcheyn
texnologiyalarni
qo'llashning
yangi
yo'nalishlari va usullarini yaratish;
o iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga
yo’naltirilgan
blokcheyn-texnologiyalari
sohasidagi
mutaxassislarni
tayyorlash va malakasini oshirish;
o taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy
kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab-
quvvatlash;
o blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi
oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot
markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining
a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
o
Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu
boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish;
3. Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy
iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat
hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu
soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish.
davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information-
kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda
yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr
texnologiyasiga
asoslangan
umumdavlat
raqamli
platformalari
ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish.
blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga
oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy
sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish.
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini
tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini
osonlashtirishdir:
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar
ko’z oldimizga keladi:
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina
murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi
vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor
kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob
ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda
blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi
ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday
ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi.
Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda
buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar
esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy
xolatga keladi:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular
darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan
tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter
tarmog’i vositasida amalga oshiriladi:
Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to
peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat
jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul
operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli
ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn
texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract)
tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq
yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab
beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-
sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli
olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar
majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning
amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan
markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning
bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish
vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin
blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar
majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen
ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:
Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha
real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa
quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan:
Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud
bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin
(everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani
va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri
ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari
amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |