NAT-servis. Global tarmoqdan lokal tarmog’i manzillari bilan qurilmalarga
ma’lumot olish imkonini beruvchi mexanizm. Buning uchun chegara marshrutizatoriga
dastur o’rnatiladi.
6-savolning bayoni:
Elektron pochta
Elektrо́n pо́chta (
angl.
email, e-mail, electronic mail) — Internet tarmog’idagi
elektron xatlarni jo’natish va qabul qilish xizmati va texnologiyasi.
Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga
emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, elektron signallarning
ma’lum tartibdagi ko’rinishiga keltiradi.
Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy
joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha
soniyalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin.
Bundan tashqari ma’lum talablar mavjud, ya’ni bunda xat jo’natayotgan
foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog’iga ulangan
kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak
Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo’lgan
ma’lumot hisoblanib va oldindan boshqa dasturda tayyorlanadi, keyin elektron pochta
orqali jo’natiladi
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim
etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir
Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko’rinishida shakllantiriladi va u o’zida
kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi.
Elektron pochta manzili(___ @ _______.__ )
Xozirgi vaqtda xar bir boshlovchi foydalanuvchi o’ziga bepul elektron pochta
ochishi va undan foydalanishi mumkun. Buning uchun u internet portallarining biridan
ro’yxatdan o’tishi lozim. Butun dunyo bo’yicha elektron pochtada ma’lumot
almashinish protakoli SMTP (
angl.
Simple mail transfer protocol — pochtaning oddiy
ma’lumot uzatish protakoli) xisoblanadi. Pochtada to’g’ri yo’naltirishda
DNS asosiy
o’rin tutadi.
Elektron pochta serveri (SMTP, POP) - xabarlarni jo’natish va qabul qilishni
ta’minlaydi.
Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratadi, o’qiydi va javob qaytaradi.
Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
•
Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)
•
Xabarlarga qo’shimcha ma’lumotlarni ilova qilish
Filtrlar - asosan pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan
manzili asosida saralash va tartiblash funktsiyasini bajaradi.
Qora ro’yxat - esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan
boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |