8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana26.09.2021
Hajmi0,79 Mb.
#185733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-dars. Тармоқ технологияси.



8-MAVZU: TARMOQ TEXNOLOGIYALARI VA INTERNET XIZMATLARI  

 

Asosiy savollar: 

 

1.  Tarmoq  texnologiyasi  va  kompyuter  tarmoqlari  tushunchalari  hamda  ularning 

vazifasi. 

2.  Kompyuter tarmoqlari turlari va ularning imkoniyatlari. 

3.  Internet texnologiyalari  

4.  Internet xizmatlarini taqdim etish 

5.  Internetda adreslash  

6.  Elektron pochta  

 

 

         1-savolning bayoni: 



Apparat  qurilmalari  va  tarmoq  dastur  ta’minoti  orqali  o‘zaro  bir-birlari  bilan 

hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.      

Kompyuterlarning  bir  –  biriga  har  xil  ma’lumotlar  uzatish  va  qabul  qilish 

maqsadida uzatish kanallari orqali bog’lanishi kompyuter tarmog’i deyiladi. 

Kompyuter tarmog’i - boshqa bir kompyuterga ulangan yoki markaziy (server) 

kompyuterga ulangan bir guruh kompyuterlardir. 

Hozirgi  vaqtda  kompyuter  tarmoqlarining  ahamiyati  juda  ham  katta  bo’lib, 

ulardan foydalanilganda: 

  axborotlar tez va sifatli uzatiladi. 



  vaqt tejaladi. 

 

qog’ozda yozuv-chizuvlar kamayadi. 



  har xil ommaviy axborotlar o‘z vaqtida etkaziladi. 

 

kompyuter qo’shimcha qurilmalaridan unumli foydalaniladi. 



 

Korxona yoki tashkilotda ma’lumotlar tezda yig’ilib qayta ishlashga sharoit 



yaratiladi va boshqa ishlarni bajarish mumkin bo’ladi. 

Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 

1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: 

            - past  100 KbitG’ s gacha; 

  

- o’rta 0,5-10 MbitG’s gacha; 



- yuqori 10 MbitG’s dan ortiq. 

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga   

    muvofiq: 

- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); 

-  CAN  (Campus-Area  Network)  -  kampus  tarmoq,  bir-biri  bilan  telefon  yoki 

modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter 

lokal tarmoq; 

-  MAN  (Metropolitan-Area  Network)  katta  tezlik  bilan  aloqa  uzatish  (100 

MbitG’s)  imkoniyatiga,  katta  radiusga  (bir  necha  o’n  km)  axborot  uzatuvchi 

kengaytirilgan tarmoq; 




- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va 

dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; 

- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 

3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha Boshqacha aytganda, (tugun -  hisoblash tarmoqlari 

va  ularning  alohida  elementlari  ulangan  joyi)  tugunga  shaxsiy,  mini  va  katta 

kompyuterlar,  alohida  tarmoq  ham  kiradi.  Masalan,  umumiy  foydalanish 

tarmoqlaridagi  alohida  kompyuterlar  (boshqachasiga  ularni  stantsiyalar  deb  ham 

yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar 

kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi. 

4) tugunlar munosabatiga ko’ra: 

-  bir  xil  rangli  (peer-to-peer),  uncha  katta  bo’lmagan,  bir  xil  mavqega  ega 

kompyuterlar  (bu  erda  hamma  kompyuterlar  ham  «mijoz»,  ya’ni  tarmoqning  oddiy 

foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni 

ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i; 

-tarqatilgan 

(Distributed) 

tarmoqlar. 

Bunda 


serverlar 

tarmoq 


foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; 

-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda 

tarmoqning  bosh  elementi  serverdir.  Qolgan  tugunlar  serverning  resurslaridan 

foydalanishi  mumkin  (masalan,  Novell  NetWare,  Microsoft  LAN  Manager  va 

boshqalar). 

5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS): 

-  gomogenli  -  hamma  tugunlarda  bir  xil  yoki  yaqin  operatsion  sistemalardan 

foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i); 

-  geterogenli  -  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta  tarmoq  operatsion  sistemalari 

ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS). 

Kompyuter  tarmog’iga  ulanish  kompyuterning  imkoniyat  darajasini  sezilarli 

kengaytiradi. 

      

Tarmoqlarda  ishlash  jarayonida  umumiy  resurslardan  foydalanishga  (printer, 



faks, modem) to’g’ri keladi, lekin siz uchun noqulayliklar tug’dirmaydi, balki aksincha 

siz bu resurslarni o’zingiz qo’l ostingizdagi kompyuterda mavjud deb qabul qilasiz. 

 

Agar  kompyuteringiz  tarmoqqa  ulangan  bo’lsa,  u  holda  ish  stolida  «Tarmoq 



doirasi»  nomli  yorliq  va  belgi  bo’ladi.  Tarmoq  doirasi  yorlig’iga  ikki  marta  bosilsa,  

ekranda  ishchi  guruhiga  ulangan  kompyuterlar    haqida,  hamda  shu  tarmoq  uchun 

xizmat  qiladigan  serverlar  haqida    axborot  paydo  bo’ladi.  Ishchi  guruhi  tarmoq 

administratori tomonidan tashkil qilinadi, uning vazifasi tarmoqdagi kompyuterlarinng 

normal ishlashi uchun kerakli resurslar bilan ta’minlashdan iborat.  

Tarmoqda  bir  necha  xil  serverlar  bo’lishi  mumkin.  Kompyuter  tarmog’i  o’z 

mijozlariga qanday  xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi 

juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz: 




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish