Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
               1-rasm. Turar joy binosining suv ta`minoti sxemasi. 
 
Suv  taʼminoti -  aholini,  jamoat  binolari  va  sanoat  korxonalarini,  transport,  qishloq  xoʻjaligi.  va 
boshqalarni suv bilan taʼminlashga oid tadbirlar majmui. Suv taʼminoti bir necha ming  yillardan beri maʼlum. 
Qad.  Misrda  yer  osti  suvlarini juda  chuqur quduklar qazib,  oddiy  mexanizm  bilan  chiqarishgan.  Bunda  sopol, 
yogʻoch,  metall  (mis  va  qoʻrgʻoshin)  quvurlaridan  foydalanishgan.  Qad.  Rimda  yirik  markazlashtirilgan  Suv 
taʼminoti  tizimi  boʻlgan.  Oʻrta  Osiyoda  St.  mil.  av.  6—5-asrlardan  maʼlum.  Qadimgi  Samarqand  shaxri  Suv 
taʼminotida  shaharga  kiraverishda  katta  toʻgʻon  qurilgan,  uning  ustidan  shaharga  katta  ariqoʻtkazilgan.  Ariq 
izlari hozir ham mavjud (qarang 
Afrosiyob
). 
Suv  taʼminotida  qoʻllaniladigan  muhandislik  inshootlari  kompleksi  St.  tizimi  yoki  vodoprovod  deb 
ataladi.  Aholi  yashaydigan  punktlardagi  barcha  Suv  taʼminoti  tizimlari  markazlashtiriladi.  Suv  taʼminotining 
kommunal (jamoat binolari va aholini suv bilan taʼminlaydigan) hamda ishlab chiqarish. (sanoat yoki q.h.ni suv 


69 
 
bilan taʼminlaydigan) xillari bor. Suv taʼminotida tabiiy suv manbalari — ochiq havzalar (daryo, koʻl, dengiz, 
suv  ombori  va  boshqalar)  hamda  yer  osti  suvlari  (buloqlar,  artezian  suvlari  va  boshqalar)dan  foydalaniladi. 
Aholi  egʻtiyoji  uchun  eng  yaroqli  suv  —  yer  osti  suvlaridir.  Lekin  yer  osti suvlari  aholining  ehtiyojini  toʻliq 
qondira  olmaydi.  Shuning  uchun  yirik  shaharlar  va  sanoat  korxonalari  chuchuk  suvli  ochiq  havzalar  suvidan 
taʼminlanadi. 
Yer  osti  suvlarini  chiqarish  uchun  quvurli  quduklar  va  gorizontal  suv  yigʻgichlardan  foydalaniladi. 
Buloq  suvlari  kaptaj  inshootlari  (gʻishtin  idishla’r,  kameralar  va  boshqalar)ga  yigʻiladi.  Koʻpincha,  yer  osti 
havzalaridagi  suv  nasos  yordamida  yuqoridagi  idishga  toʻplanadi,  u  yerdan  nasos  stansiyasi  yordamida 
isteʼmolchilarga  yuboriladi.  Nasos  styalari,  odatda,  markazdan  qochma  nasoslar,  rostlash,  saqlash  va 
nazoratoʻlchash  apparatlari  bilan,  koʻplari  teleboshqarish  qurilmalari  bilan  taʼminlanadi,  baʼzilari  toʻliq 
avtomatlashtiriladi. 
Tozalash inshootlarida tozalangan suv vodoprovod tarmogʻi orqali isteʼmolchilarga tarqatiladi. Sanoat 
korxonalarida  (maʼlum  sharoitda)  Suv  taʼminotining  aylanma  va  ketma-ket  foydalanish  tizimlari  qoʻllaniladi. 
Aylanma  tizimda  ishlab  chiqarish.da  ishlatilgan  suvni  sovitib,  tindirib,  tozalab,  undan  yana  foydalaniladi. 
Ketma-ket  foydalanish  tizimi  bir  korxonada  ishlatilgan  suvdan  boshka  bir  korxonada  foydalanishni  koʻzda 
tutadi, natijada suv ancha tejaladi. 
Aholi  yashaydigan  punktlar,  asosan,  mahalliy  suv  havzalari  suvi  bilan  taʼminlanadi.  Mac,  Toshkent 
shaxri  Chirchiq,  Boʻzsuv  va  boshqa  tabiiy  suv  xavzalaridan  suv  ichadi.  Toshkentning  St.  markazlashtirilgan, 
yaʼni barcha St. tizimlari birbiriga ulangan. Aholiga beriladigan suv sifati katʼiy sanitariya koʻrigidan oʻtkazib 
turiladi. Bu ish shahar va tuman sanepidstansiyalari zimmasiga yuklangan. Qishloq xoʻjaligining suvga boʻlgan 
ehtiyojlari,  daryolar,  kanallar,  suv  omborlari,  kollektorlar,  novlar,  suv  tarqatish  inshootlari,  nasos  st-yalari  va 
boshqa sugʻorish majmualari orqali qondiriladi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish