Техник конструкциялаш ва моделлаш


Himoya-dekorativ parda qatlam turlari



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

3.Himoya-dekorativ parda qatlam turlari 
  Parda  qatlamlarning  xossalari  rang-barang  bо‘lib,  ular  ishlatilayotgan  materialning  turi  va 
xossasiga,  pardozlash  texnologiyasiga  va  himoya  qatlami  yuzasining  sifat  kо‘rsatkichlariga  bog‘liq. 
Pardoz qatlam tashqi kо‘rinishi va himoya qilish xususiyatlariga kо‘ra har xil vazifalarni bajaruvchi bir 
yoki bir necha qatlamdan iborat bо‘lishi mumkin. 
  Pardozlash  uchun  ishlatiladigan  materiallar  turlari  va  ularni  ishlatilish  usuliga  kо‘ra  himoya 
qatlamlari lok-bо‘yoq, plyonka va aralash qatlamlarga bо‘linadi. 


64 
 
  Himoya lok-bо‘yoq qatlamlari suyuq lok-bо‘yoqlarni yuzaga surtib, plyonka himoya qatlamlari 
esa  chiroyli  teksturaga  ega  bо‘lgan  himoya  dekorativ  plyonka  materiallarni  yog‘och  va  yog‘och 
materiallar  yuzasiga  yelimlab  yopishtirib  hosil  qilinadi.  Aralash  qatlamlarda  esa  ham  plyonka 
kurinishidagi material, ham suyuq lok-bо‘yoq ishlatiladi. 
  Parda  qatlamlar  jilolanish  darajasiga  qarab  yaltiroq,  qisman  yaltiroq,  xira  bо‘ladi.  Yaltiroq 
parda  qatlamlar  hosil  qilishda  barcha  turdagil  oklar,  emallar  va  ayrim  rulon  kо‘rinishidagi  sintetik 
plyonkalardan  foydalaniladi.  Tarkibida  parda  hosil  qiluvchi  moddasi  kam,  pigment  va  tо‘ldiruvchi 
moddalari  kо‘p  bо‘lgan  emallar  va  plyonkalar  qisman  yaltiroq  parda  qatlamlarni  hosil  qiladi. 
Kо‘pchilik  bо‘yoqlar,  ayniqsa  emulsion  bо‘yoqlar  hamda  ataylab  xiralashtirilgan  lok  va  plyonkalar 
xira parda qatlam hosil qiladi. 
  Parda  qatlamlar  dekorativlik  xossalariga  kо‘ra  shaffof,  shaffofmas  bо‘ladi.  Shaffof  qatlamda 
yog‘och teksturasi bezak pardasi ostidan kо‘rinib turadi, shaffofmasida esa kо‘rinmaydi, parda ostida 
qolib ketadi. 
  Shaffofmas  parda  qatlamlar  ninabargli  va  uncha  qimmat  bо‘lmagan  daraxtlardan,  yog‘och-
qirindili  va  yog‘och-tolali  plitalardan  ishlangan  buyumlarda  hosil  qilinadi.  Chunki  bunday 
materiallarning tuzilishi va teksturasi uncha kо‘rkam emas. Lekin shaffofmas parda qatlamli buyumlar 
mexanik va atmosfera ta’sirlariga chidamli hamda ximiyaviy jihatdan turg‘un bо‘ladi. 
  Yog‘och  buyumlar  yuzasiga  lok-bо‘yoqlar  bir  marta  surtilganda  buyum  yuzasi  tо‘liq 
bekilmaydi. Bundan tashqari, ayniqsa, ninabargli daraxt turlari lok-bо‘yoqning suyuqlik qismini о‘ziga 
bir  tekisda  shimimaydi.  Daraxt  yillik  halqalarining  dastlabki,  bо‘shroq  qismi  kechki  zich  joylashgan 
qismiga  qaraganda  kо‘p  shimadi.  Natijada  surtilgan  birinchi  qatlam  quriganidan  keyin  bо‘yalgan 
yuzada ola-bula dog‘lar paydo bо‘ladi. 
  Qurigan birinchi bо‘yoq qatlami ustidan ikkinchi qatlam surtilganda yog‘ochga bо‘yoq boshqa 
shimilmaydi, chunki buyum yuzasi birinchi qatlam bilan tо‘yingan bо‘ladi. Lekin ikkinchi qatlam ham 
doim buyum yuzasini bir tekisda tо‘liq berkita olmaydi. Yuza rangi va yaltiroqligi jihatidan farq qiladi. 
Shuning  uchun  lok-bо‘yoq  materiallar  bilan  yuzani  uch,  tо‘rt,  ayrim  hollarda  undan  ham  kо‘p  marta 
bо‘yashga tо‘g‘ri keladi. 
  Pardozlash  uchun  ketadigan  material  sarfini  va  uning  tannarxini  kamaytirish  maqsadida 
birinchi qatlam uchun arzon va shu maqsadlar uchun mо‘ljallangan suyuq gruntovka aralashmalaridan 
foydalaniladi.  Bu  qatlam  yog‘och  materialning  tabiiy  kо‘rinishi  va  rangini  berkitib  turadi.  Lekin 
gruntlashdan keyin yog‘och yuzasidagi g‘adir-budurliklar, yorilgan joylar, yog‘och kо‘zlari va boshqa 
nuqsonli joylar saqlanib qolaveradi. 
  Shu  nuqsonli  joylarga  shpatlyovka  surtiladi.  Shpatlyovka  qatlami  qurigandan  keyin  yuzalar 
yoppasiga  yana  hpatlyovkalanadi.  Bunda  suyuqroq  shpatlyovka  ishlatiladi.  Shpatlyovka  qatlami 
quriganidan keyin kо‘pik tosh yoki jilvir qog‘oz bilan ishqalab silliqlanadi. 
  Shaffofmas lok-bо‘yoq qatlamning tuzilish sxemasi 1-rasm, da kо‘rsatilgan. 
  PVX  plyonka  va  qog‘oz  smolali  plyonkalarni  yopishtirib  yog‘och  materiallarda  xira  parda 
qatlam  hosil  qilish  mumkin.  Bunda  plyonka  materiallar  yog‘och    yuzasiga  yuzaning  sifatiga  qarab 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki yuza oldin shpatlyovkalanib keyin yelimlab yopishtiriladi. Yog‘och yuzasidagi 
xira  qoplamaning  tuzilish  sxemasi  1-rasm,  (yuza  shpatlyovkalangan)  va  1-rasm,  c  (yuza 
shpatlyovkalanmagan) da kо‘rsatilgan. Shaffofmas aralash qatlam 1-rasm, da aks ettirilgan. 
  Chiroyli  teksturali  daraxt  turlaridan  ishlangan  va  isitiladigan  binolarda  foydalaniladigan 
buyumlar shaffof (tiniq) parda qatlamlar hosil qilib pardozlanadi. Bunday qatlamlar yuzaga bir yoki bir 
necha marta shaffof lok surtib hosil qilinadi. Lekin bunda pardoz berilgan buyum narxi qimmatlashib 
ketadi.  Amalda  esa,  lok  sarfini  kamaytirish,  pardozlash  ishlarini  arzonlashtirish  uchun  bо‘yaladigan 
yuzalar  oldindan  gruntlanadi.  Gruntlashda  grunt  yog‘och  rangi  va  teksturasini  bekitmasligi  kerak. 


65 
 
Grunt о‘rnida arzon loklardan foydalaniladi, ular yog‘och yuzasiga, odatda, bir marta surtiladi. Shaffof 
lok-bо‘yoq parda qatlamning tuzilish sxemasi 1- rasm, fda kо‘rsatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish