Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
Zakrov  randa  yordamida  oyna  solinadigan  buyum  qismlariga  zakrov  ochiladi.  Uning  tig‘i 
kundaga  to‘g‘ri  yoki  burchak  hosil  qilib  o‘rnatiladi.  Shunga  mos  ravishda  uning  tig‘lari  to‘g‘ri  yoki 
qiyshiq burchakli bo‘ladi. 
 
To‘g‘ri tig‘lisiga nisbatan qiyshiq tig‘li zakrov randa bilan randalash oson va sirt silliq chiqadi. 
Ba’zan  zakrov  ochishda  yog‘och  tolalarining  o‘sish  yo‘nalishiga  teskari  randalashga  to‘g‘ri  keladi. 
Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randa ishlatish qiyin bo‘ladi va sirt silliq chiqmaydi. 
 
Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim  yuzi 1 sm
2
 bo‘lgan zakrov ochiladi.  Zakrov randaning 
yon  va  ustki  (yo‘naltirovchi  va  cheklovchi)  to‘sqichlari  bo‘lib,  ular  tig‘ning  taxtaga  yon  va  ustki 
tomonidan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kesimi 1 sm
2
 bo‘lgan zakrov zakrov ochilishini 
ta’minlash  uchun  randalash  payraxa  chiqmay  qolguncha  davom  ettiriladi.  Aks  holda  qismlarni 
yig‘ishda  ulardagizakrovlar  bir-biriga  mos  kelmasdan  (bir  tekislikda  yotmasdan)  buyum  sifatining 
buzilishiga, oynalarningbir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi. 
 
Chok  randa.  Taxta  materiallardan  pol,  g‘ov,  darvoza,  rovvot  kabilar  tayyorlarshda,  ularning 
qurishi  natijasida  tirqish  ochilib  qolmasligini  ta’minlash  uchun  choklab  biriktiriladi.  Bu  maqsadda 
chok randadan foydalaniladi. 
 
Chok randa zakrovrandaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining eni 30 mm gacha 
bo‘ladi.  Bu  randaning  yo‘naltiruvchi  va  cheklovchi  to‘sqichlari  yo‘q.  Uni  taxta  bo‘ylab  to‘g‘ri 
yurgizish  qiyin.  Shuning  uchun  chok  randa  konish  randadan  so‘ng  chok  ochish  va  sirtlarni  tozalash 
maqsadida  ishlatiladi.  Ayrimhollarda  taxtaning  chetiga  chok  o‘lchamiga  moslab  parallel  holda 
yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab qo‘yibrandalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish 
imkonini  beradi.  Ba’zan  chok  randa  kundasining  o‘ng  va  chap  tomonlariga  ochiladigan  chokning 
o‘lchamiga  moslab  yo‘naltiruvchi-cheklagich  chaspak  mixlab  olinadi.  U  xilda  moslangan  randa 
yordamida taxta chetlarinigina randalash mumkin, o‘rtadan “suv” ochish mumkin bo‘lmaydi. 
 
Taxtalarni  choklab  biriktirishda  chokning  chuqurligi  hamma  vaqt  taxta  qalinligining  yarmiga 
teng  qilib  olinadi.  Shuning  uchun  kundaning  o‘ng  tomoniga  mixlanadigan  ustki  cheklagich  shu 
o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. 
 
Chok randaning tig‘i kundadan enlik bo‘ladi. Tig‘ning kundadan ensiz bo‘lsa, u bilan chuqur 
randalab bo‘lmaydi. 
 
Konish  randa  reyka,  brusok,  kesaki  kabilarda  konish  (faner,  eshik  dilalari  tushadigan  “suv”) 
ochishda ishlatiladi. 
 
Konish  randa  kundasiga  vintlar  o‘rnatilib,  unga  yo‘naltiruvchi  taxtacha  kiydiriladi.  Randani 
ishga  sozlashda  taxtacha  bilan  kundani  bir-biriga  parallel  o‘rnatib,  ular  orasidagi  o‘lcham  gayka  va 
kontragaykalarni surish yo‘li bilan sozlanadi. Olingan konishning enlik va ensiz bo‘lishiga qarab (har 
xil qalinlikdagi faner va dilalarga moslab) randaga enlik yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi. 
 
Konish  randani  o‘lchamga  sozlashda  konishni  taxtaning  qoladigan  qismidan  ochilib 
qolmasligiga e’tibor beriladi. Shuning uchun hisoblash yo‘naltiruvchi taxtachadan tig‘gacha yuritilib, 
bunda tig‘ning eni ham hisobga olinadi. 
 
Ba’zan ensiz tig‘lar yordamida keng konish ochishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda bir qator 
“suv” ochilgandan so‘ng uni kengaytirib, randalash uchun yo‘naltiruvchitaxtacha bilan tig‘ni bir-biriga 
yaqinlashtirib boriladi. Ular bir-biridan uzoqlashtirilsa, to‘g‘ri va tekis randalash qiyin bo‘ladi. 
 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish