Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
Ensiz dastarraning uzunligi 325-530 mm, dastasiz uchining kengligi 20-30 mm, qalinligi 1,5 
mm. Bu arra egri chiziqli va parron arralashda (kesib tushirishda) ishlatiladi. 


31 
 
 
Chokarra  sayoz  arralash  va  buyumlarning  yig‘ishda  bo‘laklarini  bir-biriga  moslashda 
ishlatiladi.  Arraning  yuqori qismi  qalinroq bo‘ladi.  Arraning uzunligi 300-350 mm, qalinligi  0,6  mm 
gacha, kengligi esa 70-100 mm. . 
 
Kalta arra detalni parron arralamay turib, ariqcha hosil qilishda ishlatiladi. Uzunligi 100-120 
mm, qalinligi 0,4-0,7 mm. 
 
Burch arra  qisqaroq va bir-biriga parallel  ikkita brus, ular o‘rtasiga ko‘ndalang qo‘yiladigan 
uzunroq brusdan iborat dastgoh. Qisqa bruslarning bir uchiga arra polotnosi o‘rnatilib, ikkinchi uchlari 
tortqi  (sim  yoki  ingichka  arqoncha-chilvir)  bilan  tarang  tortib  qo‘yiladi.  Bundan  tashqari,  tortqili 
arrada dasta (tutqich) va burab taranglagich ham bo‘ladi.  
 
Arralar shakli va vazifasidan qat’i nazar, yirik tishli va mayin tishli bo‘ladi. Yirik tishli arralar 
nam va yumshoq yog‘ochlarni arralashda, xomaki yog‘och materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Mayin 
tishli  arralar  quruq  va  qattiq  yog‘ochlarni  arralashda,  tayyor  detallarga  ishlov  berishda  (tirnoq 
chiqarish, quloq ochishda) ishlatiladi. 
 
Arralarni ishga sozlash ishlari quyidagilardan iborat: 
 
1. Arra tishlarining chaparrasini chiqarish.  2. Arra tishlarini egovlash. 
3. 
Burcharralarda 
polotnoni kashakka nisbatan sozlab o‘rnatish. 
 
Har  qanday  arraning  tishlarini  egovlashdan  oldin  chaparasi  chiqariladi.  Bu  maqsadda  turli 
konstruksiyadagi chaparrostlardan foydalaniladi. 
 
Arra  tishlarining  chaparrasini  chiqarishda,  qanday  arra  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  uning  toq 
sondagi  tishlari  bir  tomonga,  juft  sondagi  tishlari  ikkinchi  tomonga  keriladi.  Arra  tishlarining 
chaparrasi  polotnoning  qalinligiga  qarab  undan  1-2  mm  kengroq  chiqariladi.  Qalin  polotnolik 
yiriktishli  arralarning  chaparrasi  kengroq,  yupqa  polotnolik  mayin  tishli  arralarning  chaparrasi 
kichikroq  chiqariladi.  Tirnoq  va  quloqlar  arralanadigan  yupqa  polotnolik  arralarga  ba’zan  chaparra 
chiqarilmaydi. 
 
Arra tishlarining chaparrasi chiqarilgandan so‘ng egovlanadi. 
 
Tiluvchi  arralarning  tishlari  uchburchak  shaklidagi  mayin  egov  bilan  toq  va  juft  tishlarning 
hammasi  bir  tomondan  egovlanadi.  Bunda  egov  polotnoga  90
0
  burchak  hosil  qilib  tutilib,  gorizontal 
yo‘nalishda tortiladi. 
 
Qirquvchi  arralarning  tishlari,  tishlarining  yirik  va  mayinligiga  qarab,  uchburchak  yoki  romb 
shaklidagi  egovlar  bilan  egovlanadi.  Qirquvchi  arralarning  tishlarini  egovlashda  egov  polotnoga 
nisbatan  ma’lum  burchak  hosil  qilib  tutilib,  toq  sondagi  tishlar  bir  tomondan,  juft  sondagi  tishlar 
ikkinchi tomondan egovlanadi. 
 
Burilma-yoy  arralarning  tishlari  tiluvchi  arratishlari  singari  egovlanadi.  Dastarralarni  ishga 
sozlash chaparra chiqarish va egovlash bilan tugallanadi. 
 
Burcharralarda  chaparra  chiqarish,  ularni  egovlash  bilan  bir  qatorda  kashagi  sozlanadi  va 
polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o‘rnatiladi. Polotno kashakka nisbatan kamida 
20
0
 ga burib o‘rnatiladi. Arralanadigan taxtaning eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi. 
Polotnoni kashakka nisbatan quloqlar yordamida buriladi. Buning uchun burama tayoqchani qaytarib, 
tortqi-ip bo‘shatiladi va ikkala quloqni baravar burish yo‘li bilan polotno kashakka nisbatan sozlanadi. 
So‘ngra tortqi-ip burama tayoqcha bilan eshilib polotno taranglanadi. 
 
Polotnoni  kashakka  nisbatan  burishda  uning  eshilib  qolmasligiga,  bitta  quloq  yordamida 
burmaslikka e’tibor beriladi. Polotno eshilib taranglansa, to‘g‘ri va erkin arralash qiyin bo‘ladi. 
 
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida arralar bilan 
bir qatorda, fanerlarni lobzik yordamida arralash ishlari ham o‘rgatiladi. 


32 
 
 
“Lobzik  “П”  harfi  shaklidagi  dastgoh-ramkadan  iborat  bo‘lib,  uning  uchiga  lobzik  plotnosini 
qotirish uchun qisqichlar o‘rnatilgan. Yuqorigi qisqich surilma vintga o‘rnatiladi, u har xil uzunlikdagi 
polotnolarni o‘rnatish va taranglash imkonini beradi. 
 
 
Lobzik 
bilan 
arralashda 
arralanadigan 
fanerni 
maxsus 
moslamaga 
o‘rnatib  olinadi.  Bu 
moslama 
uchburchak 
shaklida 
kertilgan 
taxtachadan 
iborat 
bo‘lib,  uni  duradgorlik 
dastgohining 
yoki 
yozuv 
stolining 
chetlariga  strubsinalar 
bilan o‘rnatiladi. 
 
Lobzikning 
tishlari 
tiluvchi 
arra 
tishlariga 
o‘xshash 
bo‘lib,  uni  dastgohka 
tishlarini 
dastaga 
qaratib o‘rnatiladi. 
 
Lobzik bilan arralashda dastgoh aylanib ketib arraning izdan chiqishi, polotnoning uzilishi ro‘y 
bermasligi uchun uni hamma vaqt bilakka tirab turib arralanadi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish