Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Metallni kesish.  
Umumiy ma’lumotlar 
Kesish deb kesuvchi asboblar (zubilo, kreytsmeysel) va zarb beruvchi chilangarlik bolg‘asi bilan 
zagotovka  sirtidagi  ortiqcha  qatlamni  kesib  tashlash  yoki  zagotovkani  qismlarga  bo‘lish  jarayoniga 
aytiladi.  Ishlab  chiqarishda  dasttoh  bilan  bajarib  bo‘lmaydigan  va  yuqori  aniqlik  talab  kilinmaydigan 
ishlarda  kesish  bajariladi.  Yirik  detallar  maxsus  taxtalarda,  katta  o‘lchamli  detallar  esa  o‘z  o‘rnida 


140 
 
kesiladi.  Ishlov  beriladigan  detalning  qo‘llanishiga  ko‘ra,  kesish  toza  yoki  dag‘al  bo‘lishi  mumkin. 
Birinchi holda zubiloning bir sidra harakatida metalldan 0,5 dan 1 mm gacha, ikkinchi holda esa 1,5 dan 2 
mm  gacha  qalinlikdagi  qatlam  kesib  olib  tashlanadi.  Aniq  ishlovga  0,4—1  mm  gacha  kesish  natijasida 
erishish mumkin. 
Chilangarlik  ishlaridagi  egovlash,  parmalash,  shabrovkalash,  pritirka  kabi  kesish  usullarida 
detalning ortiqcha qismi qirindi, payraxa shaklida kesib olib tashlanadi. Bundan tashqari, listlar va metall 
chiviqlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlash ham kesish ishlariga kiradi. 
Har  qanday  kesuvchi  asbobniig  (zubilo,  keskich)  kesuvchi  (tig‘)  qismi  pona  shaklida  bo‘ladi. 
Masalan, metchik, plashka, metall keskich va egovlarning kesuvchi qismi bir va bir necha ponasimon 
elementlardan tashkil topgan (1-rasm). Zubiloning kesuvchi qismi ham pona shaklidan iborat (2-rasm). 
Uning geometrik shakli 3-rasmda tasvirlangan, 
Kesuvchi  asbobning  o‘tkirligi,  uni  kesiladigan  sirtga  qanday  burchak  ostida  o‘rnatilishi  va 
kuchning  qanday  yo‘naltirilishiga  bog‘liq  holda  kesish  jarayoni  ko‘p  yoki  kam  jismoniy  kuch  talab 
qiladi.  Kesuvchi  asbob  qanchalik  o‘tkir bo‘lsa,  qirqish  burchagi  shunchalik  kichik  bo‘ladi.  Binobarin, 
detal sirtini tarashlash uchun kamroq kuch sarflanadi. 
Kesish  nazariyasi  va  amaliyotida  kesuvchi  asbob  tig‘ini  o‘tkirlash  uning  qanday  materialdan 
tayyorlanganligiga bog‘liqligi aniqlangan. 
Chilangarlikda  ishlov  beriladigan  sirt  deganda  zagotovkadan  payraxa  yoki  qirindi  qirib 
tashlanadigan  detalni,  ishlov  berilgan  sirt  deganda  esa  sirtidan  qirindi  qirib  tashlangan  detalni 
tushunmoq lozim. Kesish tekisligi deganda kesuvchi asbob tig‘i bilan zagotovkada hosil bo‘lgan yuza 
(sirt) tushuniladi. 
 
 
 
1-rasm. Chilangarlik asboblari kesuvchi qismlarining burchaklari: 
a—zubilo; б—kreytsmeysel; в-shaber; г—egov; д— qularra polotnosi; e— parma; ё—yoygich; 
ж— metchik. 
 
Kesishda  asbobdan  qirindi  chiqadigan  sirtni  oldingi  sirt,  unga  qarama-qarshi  joylashgan 
tomonini orqa sirt deb aytiladi. Oldingi va orqa sirtlar o‘rtasida hosil bo‘lgan burchakni o‘tkirlik bur-
chagi deyiladi. Bu burchak R harfi bilan belgilanadi.  Asbobning oldingi sirti va tekisligi bilan ishlov 
berilgan  sirtdan  o‘tkazilgan  perpendikulyar  orasidagi  burchakni  oldingi  burchak  deb  ataladi.  Oldingi 
burchak  γ  harfi  bilan  belgilanadi.  Asbobda  oldingi  burchak  qancha  katta  bo‘lsa,  uning  o‘tkirlik 
burchagi shuncha kam bo‘ladi. 
 
 
2-rasm, Pona zubilo (a) 
               3-rasm. Kesish elementlari va zubilo 


141 
 
va uning o‘tkirlik burchagi (b). 
     kesuvchi qismining geometriyasi. 
 
Kesuvchi  asbobning  orqa  burchagi  (α)  3°—8°  bo‘lishi  kerak.  Agar  kesuvchi  asbobni  katta 
burchak  hosil  qilib,  bolg‘ada  zarb  berilsa,  asbobning  tig‘i  zagotovkaga  botib  ketishi,  haddan  tashqari 
kichik burchak ostidagi zarbada esa zubilo zagotovkadan (sirpanib) chiqib ketishi mumkin. Oldingi va 
ishlov beriladigan sirt oralig‘idagi burchakni kesish burchagi (a) deb ataladi. U o‘tkirlik burchagi bilan 
orqa burchak yig‘indisiga teng. 
Ponasimon  kesuvchi  asbobning  ishlov  beriladigan  metallga  ta’siri  ponaning  o‘qi  va 
yo‘naltiriladigan  Р  kuchga  bog‘liqdir.  Agar  ponaning  o‘qi  va  Р  kuch  zagotovkaga  nisbatan 
perpendikulyar  zarba  bilan  yo‘naltirilsa,  u  holda  zagotovka  kesiladi;  agar  ponaning  o‘qi  va  Р  kuch 
zagotovkaga  nisbatan  90°  dan  kam  bo‘lgan  burchak  ostidagi  zarba  bilan  yo‘naltirilsa,  u  holda 
zagotovkadan qirindi ajraladi, ya’ni ponaning oldingi sirti metall qatlamini qirindi holida ko‘chiradi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish