Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Metallarni kesish (rezka metallov)— temir (qo‘l) arra doiraviy arrali, tokarlik-kesib tushirish 
stanoklarida — kesuvchi asbob va qaychilar yordamida, shuningdek termik usullarda sortli yoki list 
metalldan qism (zagotovka)lar ajratib olish. Zarb bilan ishlaydigan asboblar yoki mashinalar 
yordamida metall ajratib olish usuli uzib tushirish deyiladi. 
1-2-rasm. Metallarni zubila yordamida kesish ikki usulda bajariladi. Tiski yordamida kesish 
sandon ustida kesish.
  
Bu usullar bilan kesish mashqini bajarishda list, lenta, polosa, chiviq kabi metall 
materiallardan keyinchalik tayyorlanadigan detal va buyumlar uchun zagotovkalar tayyorlanadi.
  
1. Tiski yordamida kesish mashqi. Metallarni tiski yordamida kesish ishlarini bajarishda: 
2. Zagotovka kerakli o‘lchamda rejalab olinadi.  
 
Metall tiskiga o‘rnatiladi.  
Bunda quyidagilarga ye’tibor beriladi: 
a) 
reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi kerak. Uning qiyshiq, tiski jag‘laridan 
yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi; 
b) 
metallning kesib tashlanadigan qismi tiski jag‘larida yuqorida, ishlatiladigan qismi tiski 
jag‘lari orasiga olib o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi; 
v) 
kesiladigan metall tiski jag‘laridan yenlik bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap 
tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi. Metallni jag‘lardan o‘ng 
tomonga chiqarib o‘rnatmaslik kerak. 
3. Qirqishga hozirlik ko‘riladi. Bunda: 
a) 
tiskiga nisbatan to‘g‘ri ish vaziyati tanlanadi (3-rasm) 
b) 
o‘ng qo‘lga bolg‘a, qo‘lga zubila olinadi zubila kallagidan 20-25 mm pastdan 
ushlanadi; 
v) zubilani metallga o‘ng tomondan, unga nisbatan 45° (surish burchagi), tiski jag‘lari 
tekisligiga nisbatan 30—35° burchak (og‘ish burchagi), (4- a, b).  
4Zubila bolg‘alab metall kesiladiBu vaqtda:  
a) zubilaning kallagiga qaramasdan, balki ish qismi tig‘iga qarash kerak. Aks holda to‘g‘ri 
chiziqli qirqim hosil bo‘lmaydi; 
1 - rasm 
2 - rasm 


136 
 
 
b) 
har bir zarbdan keyin zubilani chap tomonga surib boriladi; 
v) 
yupqa metallar bir tomondan bir yo‘la qirqib tushiriladi; 
g) 
qalin metallar ikki tomonlama kesiladi. Qirqib tushiriladigan qatlam katta o‘lchamli 
bo‘lsa, uzish qo‘lda qayirib sindirish yo‘li bilan bajariladi.  
Tiski yordamida kesish ishlarini olib borishda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilish talab yetiladi. Metall tiski jag‘lari orasnga olinib puxta o‘rnatilishi kerak. Aks holda kesish 
vaqtida metall siljib ketib, reja chizig‘ining vaziyati o‘zgaradi, ish sifati buziladi. 
Bolg‘aning puxta dastalanganligini tekshirib olish kerak. Aks holda bolg‘alash vaqtida bolg‘a 
uchib ketishi va qarshidagilarni shikastlashi mumkin. Zubilaning yaroqliligini (kallagining butunligini 
va tig‘ning o‘tkirligini) kuzatish ksrak. Singan, darz ketgan, qaytaqi kallakli va o‘tmaslangan 
zubilalardan foydalanmaslik kerak.  
Ihota to‘ri o‘rnatib olish kerak. Metallning so‘nggi qatlamini qirqib tushirish vaqtida zubilaga 
ortiqcha zarb bermaslik kerak. Bu hol qo‘lning shikastlanishiga olib keladi. Mo‘rt metallarni kesish, 
tarashlash vaqtida yehtiyot ko‘zoynagi taqib olish kerak. Kesish vaqtida katta metall parchasining 
uzilib tushishiga yo‘l qo‘ymaslnk kerak 
2. Sandon (plita) ustida kesish mashqi.  
Kesiladigan metall material yoki zagotovkalarning o‘lchami katta yoki uzun bo‘lsa, ularni 
tiskiga o‘rnatib kesish mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda kesish sandon ustida bajariladi. 
1.  Kesiladigan  metall  rejalanadi.  Yupqa  metallar  bir  tomondan,  qalinlari  ikki  tomondan 
rejalanadi. 
2.  Rejalangan  metall  sandon  ustiga  qo‘yib  kesiladi.  Kesish  vaqtida  zubila  reja  chizig‘i 
bo‘yicha metallga tik qo‘yiladi (tutiladi) (5-rasm, a, b). 
 
 
3.  Yupqa metallar bir tomonlama  yarmigacha  yoki  uchdan ikki qismigacha kesilib qolgan 
qismi qo‘lda qayirib sindirib olinadi. 
4.  Qalin metallar ikki tomonlama kesiladi. Bir tomondan yarmigacha qirqilib, qolgan qismi 
ikkinchi  tomondan  kesiladi.  Buning  uchun  metall  sandonga  to‘ntarib  o‘rnatiladi.  Biroq,  metall 
butunlay kesib uzilmasdan, so‘nggi qatlam qo‘lda yoki tiskiga qistirib olib, qayirib sindiriladi. 
5.  Kesish metallning qalin-yupqaligiga qarab bir bor yoki bir necha bor o‘tishda bajariladi. 
Bir necha o‘tish bilan qirqish vaqtida zubilani oldingi izi bo‘yicha surib boriladi. 
3 – rasm.  Zubila bilan qirqishda to`g`ri 
ish vaziyatini tanlash. 
4 – rasm.  Zubilani metalga nisbatan tutish;  a – 
surish burchagi,  b – egish burchagi. 




137 
 
6.  Uzun  o‘lchamli  reja  bo‘yicha  kesishda  zubilaning  o‘z-o‘zidam  surilishini  ta’minlash 
maqsadida uni kesish yo‘nalishi bo‘yicha orqaga ma’lum burchak ostida (10—15°) tutib bolg‘alanadi. 
Bu hol metallning bir tekis sifatli qirkilishini ta’minlaydi. Zubilani ko‘tarib surishda tig‘ning bir qismi 
qirqim ariqchasida qolishi kerak. 
7.  Yumaloq va kvadrat shaklidagi metallarni kesish: 
a) reja chizig‘ini hamma tomoniga aylantirib chiziladi; 
b) kesish ham aylantirib olib boriladi; 
v) metallni oxirigacha kesib tushirmasdan, balki so‘nggi qatlami sindirib olinadi. 
8. 
List metallardan egri chiziqli zagotovkalar kesib olishda tig‘i maloqlangan («y» simon) 
maxsus zubilalar ishlatiladi (5-rasm, v). 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish