Техник конструкциялаш ва моделлаш


MEHNATNING XAVFSIZLIGI UCHUN



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

MEHNATNING XAVFSIZLIGI UCHUN: 
1. 
Faqat sozlangan asbob bilan ishlash lozim. Zubila va bolg‘aning uriladigan qismlarida 
yoriqlar hamda g‘adir-budirlar bo‘lmasligi kerak. 
2. 
Bolg‘a dastasi yorilmagan va u mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
3. 
Jarohatlanishning oldini olish uchun zubilaning yuqorigi uchiga rezina halqa kiydirilishi 
shart. 
4. 
Qirqishni himoyalovchi yekran va himoyalovchi ko‘zoynak bilangina bajarish mumkin. 
5. 
Ishlovchining orqasida turish mumkin emas. 
METALLNI QIRQISH 
Bu operasiya metallni plita ustida qirqishga o‘xshashi bilan birga o‘ziga xos xususiyatlarga 
ham  ega.  Mana  shu  xususiyatlari  birinchi  galda  zagotovkaning  mustahkamlanishi  va  qirqish 
usullaridan  iboratdir.  Tiskida  qirqishni  bajarayotgan  kishi  oyoqlarini  sal  ochib,  mahkam  va  to‘g‘ri 
turishi kerak. 
 Metallni tiskida qirqishda ko‘pincha o‘quvchilar zubilaning kallagiga qaraydilar. Aksincha, 
zubilaning tig‘iga (ya’ni qirqilayotgan joyiga) qarashni o‘rganish kerak. Bolg‘ani aniq, ishonch va bir 
xil  kuch  bilan  urish  lozim.  Bolg‘a  har  daqiqada  45—60  marta  urilishi  zarur.  Dastlabki  (xomaki) 
qirqishda  1,5—2  mm  dan  va  oxirgi  (tozalab)  qirqishda  0,5—1  mm  dan  ortiq  qatlamni 
yo‘nmaslik.kerak.  Ana  shunda  sirtlar  o‘nqir-cho‘nqir  va  qing‘ir-qiyshiq  bo‘lib  qolmaydi.  Agar  qalin 
qatlamni  olib  tashlash  zarur  bo‘lsa,  oz-ozdan  bir  necha  marta  yo‘nish  mumkin.  Qirqishni  kontur 
chizig‘iga 0,5—I mm qolganda to‘xtatib, egovlash uchun qo‘yim qoldirish lozim. Chunki qirqishning 
o‘zi bilan ishlanayotgan sirtning tozaligini va o‘lchamlarining aniqligini ta’minlab bo‘lmaydi. Zubilani 
chap qo‘l bilan ushlanadi. Bunda qo‘l kallakdan 20— 25 mm pastda, o‘zakning o‘rta qismida turishi 
lozim.  Zubilani  juda  pastidan  ushlansa,  u  mahkam  turmaydi  va  qirqilayotgan  joyni  ko‘rish 
qiyinlashadi. (9-rasm). Zubilani qattiq siqib ushlamaslik kerak, chunki bunda qo‘l darrov toliqadi. Uni 
uchta barmoq bilan ushlab, bosh va ko‘rsatgich barmoqlarni  yerkin holda oldinga o‘zib turish lozim. 
Bunday  qilish  ayniqsa  boshlovchilar  uchun  o‘ta  muhimdir.  Chunki  bolg‘ani  noto‘g‘ri  urilsa,  ana  shu 
ikkita barmoq zarbni qaytaradi va qo‘lni jarohatlanishdan ma’lum darajada saklaydi. Zubilani qirqish 
uchun qo‘yilganda uning o‘qi ishlov berilayotgan sirtga nisbatan 20°—40° burchak hosil qilib turishi, 
tig‘i  yesa  tiski  jag‘larining  bo‘ylama  o‘qiga  nisbatan  taxminan  45°  li  burchak  hosil  qilishi  kerak. 
Zubilani  ana  shu  holatda  qo‘yish  ishning  yeng  yuqori  unumdorligini  va  ishlangan  sirtning  toza 
bo‘lishini  ta’minlaydi  (10-rasm).  Metallarni  tiskida  qirqishda  yaroqsizlikka  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun 
kuyidagi talablarga rioya qilish shart:  
1. 
Chilangarlik tiskisining vintli moslamasi tiski jag‘larini bemalol va mustahkam qisishi 
kerak. 
2. 
Tiskining jaglari o‘zaro parallel va ularda yaxshi o‘yiqlar hosil qilingan bo‘lishi lozim. 


139 
 
3. 
Ishlov  berishga  qo‘yim  qolishi  uchun  zagotovkani  o‘rnatilganda  undagi  reja  chizig‘i 
tiski jag‘larining qirrasidan 1—2 mm ichkarida turishi zarur. 
4. 
Zubilani qo‘yilganda undagi kesuvchi qismning ketingi qirrasi tiski jag‘larining chetiga 
nisbatan 3—5° li burchak hosil qilib turishi va ishlanayotgan sirtda yerkin yurishi kerak. 
5. 
Zubilaning  og‘ishini  u  yoki  bu  tomonga  o‘zgartirish  ishning  buzilishiga,  tiskining 
ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. 
6. 
Metall  listlarini  tiskida  qirqishda  zubilani  zagotovkaning  sirtiga  tik  holatda  qo‘yish  va 
asta-sekin tiski jag‘larining bo‘ylamasiga surib borish lozim. 
7. 
Zubila  to‘g‘ri  charxlangan  bo‘lishi,  uning  kallagida  yoriklar  va  guddalar  bo‘lmasligi 
kerak. 
8. 
Bolg‘aning dastasi metall yoki yog‘och pona bilan mustahkamlanishi zarur. 
9. 
Zagotovka ni tiskiga o‘rnatishda uni mustahkamlangunicha qo‘l bilan mahkam ushlab 
turiladi. 
10. 
Tiskida  qirqish  paytida  verstakka  mahkam  o‘rnatiladigan  to‘r  yekrandan  foydalanish 
shart. 
11. 
Tiskida qirqishda qo‘lni toliqtirmaslik uchun zubilani qattiq siqmaslik kerak. 
 
 
Ushbu mashg‘ulotda metallarni tiskida kesish usullarini o‘rganishga doir amaliy ishlar ilgari 
rejalashtirilgan buyumlar va dasturda tavsiya yetilgan buyumlar bilan bajarilishi kerak. 
Metallarni  bukish  yo‘li  bilan  tomonlari  bir-biriga  nisatan  to‘g‘ri,  o‘tkir  va  o‘tmas  burchak 
tashkil yetuvchi yassi sirtlar xosil qilinadi. 
Yegish yo‘li bilan tomonlari ma’lum egrilik radiusiga ega bo‘lgan yoylar orqali tutashuvchi 
parallel tekisliklar, botiq va qavariq sirtlar (vtulka, xomut va hokazo) hosil bo‘ladi. 
Metall tiskiga o‘rnatiladi. Bunda quyidagilarga ye’tibor beriladi: 
a) 
reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi kerak. Uning qiyshiq, tiski jag‘laridan 
yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi; 
b) 
metallning kesib tashlanadigan qismi tiski jag‘larida yuqorida, ishlatiladigan qismi tiski 
jag‘lari orasiga olib o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi; 
v) 
kesiladigan metall tiski jag‘laridan yenlik bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap 
tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi. Metallni jag‘lardan o‘ng 
tomonga chiqarib o‘rnatmaslik kerak. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish