IKKINCHI BO'LIM
AGRONOM IYA A SO SLA R I
TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI
Tuproq va uning unumdorligi. Tuproq organik hayotning eng muhim
bo‘lagi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasidir. Tuproq
turli jarayonlar va tabiiy omillar ta ’siri natijasida o ‘zgargan va o ‘zgarib
kelayotgan unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yerning ustki qatlamidir.
Unumdorlik tuproqning bir-biri bilan o'zaro bog‘liq boigan kimyoviy,
fizikaviy, biologik xususiyatlari va ular r o ‘y beradigan ja ray o n lar
kompleksiga bogliqdir. Tuproqning unumdorligi yoki ishlab chiqarish
xossasi deganda tuproq sharoitining yig'indisi, ya’ni ekiladigan ekinning
yaxshi rivojlanishini a ’lo darajada ta ’minlashi tuchuniladi. U ikki xil:
tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy unumdorlik o'simliklar, jonivorlar, issiqlik
va boshqa omillaming ta ’sirida paydo bo'ladi. Sun’iy unumdorlik esa
inson faoliyati natijasida, ya’ni yerni haydash, sug'orish, o'g'itlash tufayli
hosil bo'ladi. Unumdorlik tuproqning ishlab chiqarish qobiliyatining
asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi.
Tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchani taklif etgan rus olimi
V.V.Dokushayev (1846-1903) bu sohadagi ilmiy fan asoschisi hisoblanadi.
Tuproqshunoslik fanining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqqan olim
tuproqning kelib chiqishi nuqtai nazaridan unga tabiiy-tarixiy jism sifatida
qarashni tavsiya etgan.
Tuproqning paydo bo‘Iishi. Tuproq m urakkab tabiiy tarixiy yaratma
bo'lib, uning paydo bo'lishi, taraqqiy etishi jonli (organizmlar) va jonsiz
(minerallar) tabiat elementlarining o'zaro bir-biriga ta ’siri natijasidir.
Tuproq mineral, organik va organo-mineral moddalardan iborat. Mineral
moddalar yer sharining ustki qobig'ini ishg'ol etgan tog' jinslaridan hosil
bo'ladi. Yer sharini ishg'ol qilgan minerallar turli kislota tuzlari, oksidlar
va tabiiy sof elementlardan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
H aroratning o'zgarishi ham da havo va organizmlar ta ’sirida tog‘
jinslari minerallarining parchalanish hodisasiga nurash deyiladi. Tuproq
ona jinsining paydo bo‘lishidagi dastlabki jarayon hisoblangan nurash,
uni yuzaga keltiradigan ayrim tabiiy omillar ta ’siriga ko‘ra, flzikaviy,
kimyoviy va biologik nurash turlariga bo'linadi.
Tuproqning paydo b o ‘lishi, rivojlanishi va unumdorligini belgilovchi
asosiy omillar quyidagilardan iborat: tuproq ona jinsi, o'sim liklar va
hayvonot olami, iqlim, joyining relyefi, tuproqning yoshi va inson faoliyati.
Bu omillar tuproq paydo bo'lishiga turlicha ta ’sir ko'rsatadi. Demak,
tuproq unum dorligi nisbiy tushunchadirki, u h ar xil shart-sharoitlar
ta ’sirida o'zgarib turadi.
Tuproqning morfologiyasi. Tuproq tashqi belgilarining majmuasi uning
morfologiyasini belgilaydi. Tuproq kesmasi, genetik gorizonti, rangi,
tuzilmasi, mexanik tarkibi, qovushmasi va quyilmalari tuproqning muhim
morfologik belgilaridir.
Tuproqning genetik gorizonti. Tuprog'i tekshiriladigan joyda chuqur
qazilsa, bu chu qurning vertikal devoridagi k o 'zg a tashlanib turgan
morfologik belgilar tuproqning bir necha qatlam dan tuzilgan ekanligini
ko'rsatadi. Bir-biridan farq qiladigan bunday qatlamlar genetik gorizontlar
deyiladi.
Tuproq qatlamining tuzilishi - tuproq qatlamining o'zaro joylashuvidir.
Tuproqning har bir qatlam i o'ziga xos tuzilishga ega bo'lib, u tuproq hosil
bo'lishi jarayonining qay darajada kechganligidan darak beradi. Tuproq
qatlami to 'rt genetik gorizontlarga bo'linadi va ular odatda lotincha A,
В, C, D kabi h arfla r bilan belgilanadi: A - chirindili-akkum ulyativ
gorizont yoki haydalm a qatlam da, В - elyuvial gorizont, yuviluvchi
qatlam, С - illyuvial gorizont, shimiluvchi qatlam, D - tuproqning ona
jinsi, to'shalm a qatlam .
Tuproqning rangi odatda undagi kimyoviy chirindi va tuproq namligiga
bog'liqdir. Tuproqlar rangiga qarab qora, och va to 'q tusli, sur, qo'ng'ir,
qizil va hokaza tuproqlarga ajratiladi.
Tuproq tuzilmasi deganda, uning mexanik ta ’sir ostida turli shakl va
alohida kattalikdagi zarrachalarga ajralish xususiyatiga aytiladi. Tuproq
tuzilmasi uning tarkibidagi sementlashtiruvchi kolloid gil (loy)li va chirindi
jinslariga, tuproqning singdirish xususiyatiga va tuproq eritmasiga bog'liq.
T uproq tuzilmasi nam langanda yemirilmaydigan chin-sof tuzilmaga,
namlanganda yemiriladigan soxta tuzilmaga bo'linadi. Bundan tashqari
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuproq zarrachalari diametri 0,25 mm dan ortganda makrotuzilma va 0,25
mm dan kichik bo‘lganda mikrotuzilmalarga ham ajratiladi.
Tuproqning yuqorida sanab o'tilgan morfologik belgilari monolitlar
yoki qutichadagi tuproq namunalariga qarab o ‘rganiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi. Tuproq ju d a ko‘plab har xil kattalikdagi
z a rra c h a la rd a n ib o ratd ir. Shu z a rra c h a la rn in g b ir-b irig a n isb ati
tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqning bu k o ‘rsatkichi eng
muhim agronom ik xususiyatga ega. C hunki tuproq zarrachalarining
salmog‘iga qarab tuproqning suv, havo, oziq va issiqlik kabi rejimlar
belgilanadi, ulam i bilmasdan tuproqqa to ‘g‘ri ishlov berish, almashlab
ekishda har bir ekinni to‘g‘ri joylashtirish aslo mumkin emas.
H ar qaysi tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun, uning qattiq
qismida uchraydigan mineral zarrachalarning klassifikatsiyasini bilish
kerak. Tuproqning mexanik tarkibini zarrachalarining katta-kishikligiga
qarab N. A. Kachinskiy quyidagi 5 guruhga ajratgan
Do'stlaringiz bilan baham: |