Bog'liq temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda
20. Po‘latning kuchlanishlar relaksatsiyasi nima va u qachon namoyon bo‘ladi? Relaksatsiyaning ma’nosi shundan iboratki, armaturada-
gi deformatsiyaning ε
sp
ma’lum qiymatida kuchlanish σ
sp
ma’lum vaqtdan keyin ∆σ
sp
qiymatgacha pasayadi (10-rasm).
Relaksatsiya – po‘latning plastik xossalari natijasidir. Qattiq
po‘latda u proporsionallik chegarasidan yuqori kuchlanishlar-
da, yumshoq po‘latlarda esa oquvchanlik chegarasidan yuqori
kuchlanishlarda namoyon bo‘ladi. Oldindan zo‘riqtirilgan
17
temir-beton konstruksiyalarda armaturadagi kuchlanishlar
yo‘qolishini hisoblaganda foydalaniladi.