Sultanova Gulshan Shukurillo qizi



Download 439,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana25.09.2021
Hajmi439,87 Kb.
#185204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
oquvchilarga tasviriy sanatni oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

 

   

 

 

 

 

 

 

 


 



                                             KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  Yurtboshimiz  I.A.Karimov  asos  solgan  o‗zbek  modelini 

hayotga  tatbiq  etishning  asosiy  maqsadlaridan  biri  –  mustaqil  fikrlovchi,  erkin 

shaxs tafakkurini  shakllantirishga qaratilgan. 

―Talim to‗g‗risida‖ gi Qonun va 

―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  da  talim  sohasida  amalga  oshiriladigan 

islohotlarning  maqsadi,  vazifasi  va  yo‗nalishlari belgilab  berilgan.  Bu  vazifalarni 

bajarish  o‗qituvchi  shaxsidan  alohida  bilim  va  kasb  mahoratini  talab  qiladi,  yani 

o‗quvchilarning  erkin  ijodiy  tafakkurini  shakllantirish  murakkab  va  ayni  paytda 

serqirrali  jarayon  bo‗lib,  o‗qituvchining  kasb  faoliyatini  texnologiyalashtirishni 

taqozo etadi. 

 

 

Respublikamizda  yosh  avlodga  ta‘lim-tarbiya  berish,  kasbga  o‗rgatish,  ularning 



aqliy va ma‘naviy kamol topishlarini tashkil etishda jiddiy o‗zgarishlar bo‗lmokda. 

Jumladan, ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari o‗zgardi. «Ta‘lim to‗g‗risida» gi 

qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 

ta‘limning  mazmuni  yangilandi.  Bu  tashkiliy-pedagogik  jarayonda  ta‘lim 

qonuniyatlari  va  tamoyillariga  mos  holda  yangi  tamoyillarga  amal  qilish,  ta‘lim 

metodlarining  paydo  bo‗lishi,  ta‘lim  vositalarining  takomillashuvi,  ayniqsa 

ta‘limni  tashkil  etishda  o‗qituvchi  mahoratining  noan‘anaviy  shakllari  keng 

ko‗lamda joriy etilmokda. Tasviriy san‘atni o‗qitishdan maqsad o‗quvchiga bilim 

berish, ko‗nikma va malakalarini  shakllantirish bilan birgalikda uning ruhiyatida, 

ma‘naviyatida  go‗zallika  bo‗lgan  mehr-muhabbatni  uyg‗otish,  Kamolliddin 

Behzoddek buyuk allomaning ishini davomchilarini yaratishdir.  

―Ma‘naviyat  –  insonni  ruhan  poklanish,  qalban  ulg‗ayishga  chorlaydigan, 

odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat,  iymon-e‘tiqodini  butun  qiladigan, 

vijdonini uyg‗otadigan beqiyos kuch, inson barcha qarashlarining mezonidir‖. 

 

―Ma‘naviyat insonning qon-qoniga, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila 



tarbiyasi,  ajdodlar  o‗giti,  Vatan  tuyg‗usi,  bu  hayotning  ba‘zida  achchiq,  ba‘zida 

quvonchli  saboqlari  bilan  qatrama-qatra  bo‗lib  singib  boradi.  Ayniqsa,  tabiatga, 

odamlarga  yaqinlik,  doimo  yaxshilikni  o‗ylab  yashash,  halol  mehnat  qilish, 



 

dunyoning  tengsiz  ne‘mat  va  go‗zalliklaridan  bahramand  bo‗lish  ma‘naviyatga 



oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi‖.                                                    

     O‗zgarishlarning  bir  qismi  mavjud  didaktik  yondashuvlarning  tarkibidan  o‗sib 

chiqqan  bo‗lsa,  yana  bir  qismi  dunyodagi  ta‘lim  tizimi  rivojlangan  mamlakatlar 

olimlarining  pedagogik  tajribalariga  suyangan  holda  paydo  bo‗ladi.  Shu  o‗rinda 

ilg‗or  pedagogik  texnologiyalarning  mamlakatimiz  ta‘lim  sohasiga  kirib  kelishi 

alohida e‘tibor qaratadigan yo‗nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur. 

    

Hozirgi  bosqichda  pedagogik  texnologiyaning  tarkibi  sifatida  tarbiya 



texnologiyasiga  oid  bir  qadar  izlanishlar  olib  borilmoqda  (N.N.  Azizxo‗jayeva, 

X.Ibragimov,  D.M.Mirzajonova,    B.T  Lixachev,  V.A.Slastenin,  I.P.Podlasiy, 

N.I.Prixodko,  YE.N.Shiyanov,  N.YE.Hurkova,  va  b.(Rossiya);  R.M.Ganye, 

P.L.Peterson,  K.Pribrama  va  b.(Fransiya);  D.J.Miller,  T.Sakamoto  va  boshkalar. 

Tarbiya  texnologiyasiga  oid  fundamental  tadqiqotlar  va  konseptual  yechimlar 

dunyo  olimlari  tomonidan  tadqiq  etilib,  bu  borada  muayyan  mulohazalar  bayon 

etilgan bo‗lsada, alohida tadqiqot muammosi sifatida izlanishlar olib borilmagan.  

       O‗zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  muvaffaqiyati  ta‘lim 

tizimini  hozirgi  davr  talabi  darajasiga  ko‗tarish,  yetuk  shaxsni  shakllantirish  va 

malakali kadrlar tayyorlash bilan chambarchas bog‗liq. 

        Prezident  I.A.Karimov  «Aslida  ta‘lim-tarbiya  sohasidagi  islohotning 

chegarasi  va  poyoni  yo‗q.  Toki  hayot  davom  etar  ekan,  talim  ham,  tarbiya  ham 

zamon  o‗rtaga  qo‗yayotgan  yangi-yangi  talablarga  ko‗ra  muttasil  ravishda 

o‗zgarib, yangilanib boraveradi» - deb ta‘kidlab o‗tgan. 

Kadrlar  tayyorlashning  milliy  modelida:  fan-yuqori  malakali  mutaxassislar 

tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi,  ilg‗or  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalarini  ishlab  chiquvchi  ekanligi  alohida  ko‗rsatilgan.  Talim 

samaradorligi,  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalar  tatbiqi  uzluksiz  ta‘lim  tizimining 

barcha bo‗g‗inlari, jumladan umumiy o‗rta ta‘lim bilan bevosita bog‗liqdir. 

    


Ta‘limni tashkil etishda yangi texnologiyalarni qo‗llashning usullari haqida 

rus  pedagoglari  V.P.Bespalko,  M.Klarin,  M.T.Gromova  kabilar  tomonidan 

muayyan fikrlar bildirilgan.  



 

   O‗zbekistonda  ushbu  muammoga  oid  izlanishlar,  tadqiqotlar    olib  borilayotgan 



bo‗lsada uning yahlit metodikasi, tizimi xaligacha ishlab chiqilgan emas. Shuning 

uchun  ham  bu  holatni  tuzatish  uchun  jiddiy  e‘tibor  ajratish  zarurligi  dolzarb 

pedagogik muammo sifatida e‘tirof etilmoqda. 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  hamda  «Ta‘lim  to‗g‗risida»gi  qonun  asosida 

O‗zbekistonda  amal  qilinayotgan  ko‗p  bosqichli  ta‘lim  tizimida  jumladan  uning 

kasb-hunar  maktablarida  yangi  standartlar  va    dasturlar    asosida    ta‘lim  eskirgan 

metodikalar  bo‗yicha  olib  borilishiga  yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi.  Ta‘lim  tizimi 

tuzilishidagi  keng  qamrovli  islohotlarni  Respublika  pedagoglari  ilg‗or  pedagogik 

texnologiyalarni 

o‗zlashtirish 

va 

o‗quv 


jarayonida 

qo‗llash 

bilan 

mustaxkamlashlari  zarur.  Yuqorida  ta‘kidlanganidek,  buning  uchun  pedagoglarni 



o‗quv  jarayoniga,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarga  o‗rgatish  talab  etiladi. 

Bu  esa  tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarlar  asosida  tashkil  etish  asosida  bo‗lajak  mutaxassislarni 

O‗zbekistonning  tajribalari,  an‘analari,  madaniyatini  hisobga    olgan  holda  har 

tomonlama  shakllantirishni  talab  etadi.  Shu  ma‘noda  ta‘lim  tizimida  o‗quv 

jaryoniga 

zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalarning 

umumiy 


asoslari 

respublikamiz  pedagog  olimlari  tomonidan  muayyan  darajada  tadqiq  etilgan.  N. 

Azizxo‗jayeva,  I.  Zokirov,  B.  Raximov,  O‗.  Tolipov,    O.  Haydarova  kabilarning 

tadqiqot ishlari shular jumlasidandir. 

  

Jumladan,  N.  Azizxo‗jayeva  ta‘limni  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar 



asosida  tashkil  etish  jarayonida  o‗qituvchi  shaxsining  pedagogik  mahorati  ta‘lim 

samaradorligining bosh omili ekanligini tadqiq etgan.  

     

I.  Zokirov  o‗z  tadqiqot  ishida  kasb-hunar  maktablari  o‗quv  muassasalarida 



tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonini  texnologiyalashtirishning  nazariy-

amaliy  asoslarini  yaratish,  mashg‗ulotlarning  puxta  o‗ylangan,  ilmiy  asoslangan 

loyiqalarini ishlab chiqish masalalarini tadqiq etgan. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonni 

har  tomonlama  mukammal  loyihalashtirish,  aniq  maqsadlar  qo‗yish  va  ularga 

kafolatlangan  holda  erishish,  rejalashtirilgan  natijalarni  amalga  oshirish  imkonini 




 

beruvchi  uzviy  bog‗langan  komponentlar  yig‗indisi  ekanligini  ilmiy  jihatdan 



asoslab bergan.  

    


Yuqoridagi  tadqiqotlarda  aynan  o‗quvchilarining  yosh  xususiyatiga  xos 

bo‗lgan ta‘limni maqsadli zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish masalasi 

alohida  tadqiqot  muammosi  sifatida  o‗rganilmagan.  Chunki  boshlang‗ich  sinflar 

ko‗p  bosqichli  yaxlit  tizimga  ega  bo‗lib,  uning  har  bir  bosqichi  ta‘lim 

oluvchilarning  yosh  hamda  o‗ziga  xos  xususiyati,  ta‘lim-tarbiya  jarayonidagi 

intellektual  qobiliyatiga  hamda  ta‘limni  izchil,  tizimli  va  uzviy  amalga 

oshirilishiga bog‗liqdir. 

   


Tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarlar  asosida  tashkil  etishda  o‗quvchi  bo‗lajak  mutaxassis  sifatida 

tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonining bosh obyekti va subyekt  ekanligini 

ko‗plab  olimlar  e‘tirof  etgan  bo‗lsada  alohida  tadqiqot  sifatida  o‗rganilmagan. 

Uning ehtiyoji, qobiliyati, qiziqish va imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi va ta‘lim 

so‗ngida erishiladigan natijasi o‗z takomiliga ega emas. 

   

 Shundan  kelib  chiqib,  tadqiqot  mavzusi  «O‗quv  jarayonini  zamonaviy 



pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining didaktik 

imkoniyatlari»  deb belgilandi. 




Download 439,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish