kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul
muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo
17
kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham
e’tiborimiz markazida bo’lishi darkor», deb ta’kidlab o’tgan edi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit
hisobvaraqlardan
naqd
pul
to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari
to’g’risida»gi 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida
bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank
tizimiga bo’lgan ishonchini yanada oshishiga olib keldi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi
4057-sonli
Farmoniga
muvofiq,
fuqarolarning
tijorat
banklari
depozit
hisobvaraqlaridagi
omonatlari
ularning
miqdoridan
qat’iy nazar to’liq
qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga
bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy
shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi 1-sonli majlis bayoni
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo’sh pul mablag’larini banklardagi
omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag’larni ularning birinchi
talabiga ko’ra berilishida qonun buzilishiga yo’l qo’ymaslik, omonatchilarning
haq-huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi va banklarning mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada
kuchaytirilganligi ham aholi bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb
qilishni yanada jadallashtirdi.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi «Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul mablag’larini jalb etishni
yanada rag’batlantirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari muhim
omil bo’lmoqda.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko’rsatilayotgan
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar
tizimini keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni
rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar
natijasida, 2010 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat
ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani,
kartochkalar umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi
kartochkalar soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 14,1
mingtani tashkil qildi. Plastik kartochkalar hisobvaraqlariga 3846 mlrd. so’mlik
mablag’lar o’tkazildi.
O’z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga
oshirilgan o’tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish
ko’zda tutilgan.
Shunga ko’ra amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan,
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli bo’lgan yo’riqnomalariga
tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud
bo’lgan barcha cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-
kitoblarni birxillashtirish borasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada
mustahkamlanib, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini
18
qisqartirishga zamin yaratdi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi
to’liq ta’minlanib borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida
plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-
kitoblarini amalga oshirishni rag’batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar
berilmoqda. Shulardan biri bu plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatadigan
protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o’rnatish borasida
bojxona to’lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy
bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul
taklifi o’sishining asosiy manbasi bo’lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi
hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko’rib
bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o’tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko’rsatkichlari
doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishiga
muvofiqligi ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: