O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Chidamlilikni  rivojlanishi  mexanizmlari,  zahiralari,  namoyon  bo’lish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Chidamlilikni  rivojlanishi  mexanizmlari,  zahiralari,  namoyon  bo’lish 
shakllari 
           Chidamlilik debmaxsus ishni belgilangan vaqt davomida  samaradorligini 
pasaytirmasdan  yoki  iloji  boricha  uzoq  bajara  olish  qobiliyatiga  aytiladi.  Uni 
aniqlashda 
odamning 
mehnat 
qobiliyatchanligining 
pasayishini 
yoki 
rivojlanayotgan charchashning oldini olish qobiliyatidan ham foydalaniladi. 


 
CHidamlilik  umumiy  va  maxsus  bo’ladi.  Umumiy    chidamlilik  o’rtacha 
og’irligidagi tsiklik ishni ko’p muskul guruhlari ishtirokida uzoq vaqt bajara olishi 
bilan  tavsiflanadi. Maxsus chidamlilik konkret harakat faoliyatida namoyon bo’ladi. 
 
Umumiy  chidamlilikning  fiziologik  asosini  odamning    yuqori  aerob 
imkoniyatlari  tashkil  qiladi,  bajarilayotgan  ish  asosan  oksidlanish  reaktsiyasi 
energiyasi hisobiga amalga oshadi. 
 
Odamning aerob imkoniyatlari quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
- aerob quvvat - uni kislorodning maksimal iste’molini absolyut va nisbiy kattaligi 
belgilaydi. 
- aerob hajm- ishni to’la bajarish uchun iste’mol qilinadigan kislorodning umumiy 
miqdori. 
 
Maxsus  chidamlilik  sportchi  organizmiga    aniq  jismoniy  yuklama  ta’siriga 
qo’yiladigan talablar asosida aniqlanadi. 
 
Umumiy    chidamlilik  ishlayotgan  muskullarga kislorodni  yetkazib berishga 
bog’liq bo’lib, kislorod transport tizimi: qon, yurak-qon tomir va nafas tizimlarining  
faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. 
 
Umumiy chidamlilikning rivojlanishi eng avvalo nafas tizimini har taraflama 
qayta qurish orqali amalga oshadi. 
          Nafasning  samaradorligini ortishi turli yo’llar orqali bo’ladi: 
- o’pka sig’imlari va hajmlari 10-20% ga ortishi (o’pkaning tiriklik sig’imi 6-8 l va 
undan ortiq); 
-  nafas  harakatlari  chuqurligining  ortishi  (o’pkaning  tiriklik  sig’imini  50-55% 
gacha); 
- o’pkalarning diffuziyalovchi qobiliyati ortishi, alьveolalar yuzasining va o’pkadagi 
qon sig’imining ortishi, kengaygan kapillyarlar tarmog’i orqali oqishi hisobiga; 
-  nafas  muskullarining  quvvati  va  chidamliligining  ortishi  o’pkalarning  nafas 
havosining  o’pkalar    funktsional  qoldiq  xavosining  hajmiga  nisbatan  o’sishi  olib 
keladi. 
 
Yuqoridagi  o’zgarishlar  hisobiga  kichik  o’pka  ventilyatsiyasida  ham  qonga 
kislorodni ko’p o’tishini ta’minlanadi. 
 
Umumiy  chidamlilikning  rivojlanishida  yurak-qon  tomir  tizimida  yuzaga 
keladigan  morfo-funktsional  o’zgarishlar  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Ularga 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
-  yurak  sig’imining  ortishi  (“katta  yurak“  sportchi-stayerlarga  xos)  va  yurak 
muskullarining qalinlanishi - sportcha gipertrofiya; 
- yurakning sistolik hajmi ortishi; 
-  tinch  holatda  yurak  urishlar  sonining  kamayishi  (bir  minutda  40-50  tagacha) 
parasimpatik  ta’sirni  kuchayishi  natijasida  yuzaga  kelib  yurak  muskuli  va  uning 
mehnat qobiliyatchanligi qayta tiklanishini osonlashtiradi; 
-  tinch  holatda  sistolik  arterial  bosimning  kamayishi  (105  mm  sim.ust.dan  past)- 
sportcha gipotoniya. 
 
Qon  tizimida  ham  umumiy  chidamlilikning  ortishida  bir  qator  o’zgarishlar 
ro’y beradi: 
-  harakatlanayotgan  qon  sig’imining  ortishi  (o’rtacha  20%)  asosan  plazma 
sig’imining  ko’payishi  hisobiga,  bundagi  adaptatsion  samara:  a)  qon  


yopishqoqligining kamayishi qon oqishini osonlashtiradi va b) vena qonini yurakka 
ko’p  oqib  kelishi  uning    devorlarini  cho’zib  kuchliroq  qisqarishiga  va  sistolik 
hajmning ortishiga olib keladi. 
-  eritrotsitlar  va  gemoglobinning  umumiy  miqdorini  ortishi  sodir  bo’ladi  (shuni 
alohida  ta’kidlash  kerakki  plazmani  sig’imini  ortishi  ularning  qondagi  nisbiy 
kontsentratsiyasini kamaytiradi); 
-  ish  vaqtida  qonda  sut  kislotasi  miqdorining  kamayishi,  birinchidan  jismoniy 
chidamliligi  yuqori  odamlarning  muskullarida  sekin  tolalar  ko’p  bo’lib,  ular  
energiya manbai sifatida sut kislotasini ishlatadi, ikkinchidan qon bufer tizimining  
hajmi ortadi, xususan qonning ishqor zahirasi ko’payadi; anaerob almashinuvning 
sut kislotali pog’anasi ortadi.   
Yuqorida  keltirilgan  funktsiyalarning  adaptatsion  qayta  qurilishlariga 
qaramasdan,  uzoqqa  yugurishga  chiniqqan  sportchi  organizm  ichki  muhitining 
doimiyligida bir qator buzilishlar yuzaga keladi (o’ta isib ketish va o’ta sovib ketish, 
qonda glyukoza miqdorining kamayishi va boshq.). 
Uzoq  ta’sir  etadigan  jismoniy  yuklamalar  ta’sirida  yuzaga  keladigan 
o’zgarishlarga sportchi organizmi “chidash” qobiliyati orqali moslashadi.  
CHidamlilik  talab  qilinadigan  ishlarga  ixtisoslashgan  sportchilarning  skelet 
muskullarida    sekin  tolalarning  hajmi  ortib  80-90%  ni  tashkil  qiladi.  Ishchi 
gipertrofiya  sarkoplazmatik  tipda  yoki  sarkoplazma  sig’imining  ortishi  hisobiga 
bo’ladi. Unda glikogen, lipidlar, mioglobin zahiralari ortadi, kapillyar tomirlar soni 
ko’payadi,  mitoxondriyalar  soni  va  kattaligi  ortadi.  Muskul  tolalari  uzoq  davom  
etadigan  ish  vaqtida  navbatma-navbat  ishlashi  natijasida  dam  olayotganlari 
o’zlarining yo’qotgan imkoniyatlarini qayta tiklab oladilar. 
Markaziy  nerv  tizimida  chidamlilikka  chiniqish  davomida  doimiy  ishchi 
dominantalar shakllanib, ular xalaqit beruvchi omillarga yuqori darajada chidamli 
bo’lib, bir xil ish sharoitida haddan tashqari tormozlanish rivojlanishini kechiktiradi. 
Uzoq davom  etadigan  tsiklik  yuklamalarga  kuchli,  muvozanatlashgan,  tinch tipga 
mansub  individlar - flegmatiklarda alohida qobiliyat mavjud bo’ladi. 
CHidamlilikning maxsus shakllari jismoniy yuklamalarning xususiyatiga va 
organizmning turli funktsiyalarini qayta qurilishiga ko’ra tavsiflanadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish