O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Kuchni  rivojlantirishni  mexanizmlari,  zahiralari  va  namoyon  bo’lish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Kuchni  rivojlantirishni  mexanizmlari,  zahiralari  va  namoyon  bo’lish 
shakllari 
   Kuch sportchilarning eng yetakchi jismoniy sifatlaridan biri hisoblanadi. U 
ko’pchilik  sport  mashqlarini,  ayniqsa  og’ir  atletika,  gimnastika,  akrabatika  va 
boshqalarni bajarishda muhim ahamiyatga ega. 
Muskul kuchi deb-muskulning qisqarishi  natijasida tashqi qarshilikni yengish 
qobiliyati  tushiniladi.  Uni  baholashda  muskulning  absolyut  va  nisbiy  kuchi 
farqlanadi. 
Absolyut kuch-deb muskul kuchining fiziologik qo’ndalang kesimi nisbatiga 
aytiladi.  U  kg/sm
2
  da  o’lchanadi.  Sport  amaliyotida  muskul  kuchi  dinamometr 
yordamida ko’ndalang kesimini hisobga olmasdan o’lchanadi. 
Nisbiy  kuch-deb  muskul  kuchining  anatomik  ko’ndalang  kesimi  nisbatiga 
aytiladi. Sport amaliyotida nisbiy kuchni baholaganda muskul kuchini sportchining 
tana  og’irligiga  nisbati  tushiniladi.  Muskulni  absolyut  kuchi  og’ir  atletikada 
maksimal  va  maksimal  oldi  og’irlikdagi  shtangani  ko’tarish  uchun,  gimnastikada 
qo’llarda tik turish, kolьtsada krest ushlashda muhim ahamiyatga ega. Muskulning 
nisbiy  kuchi  tananing  harakatlanishida,  masalan,  sakrash  mashqlarida  muhim 
ahamiyatga ega. 
Muskul qisqarishining tipiga ko’ra statik va  dinamik kuch farqlanadi. Statik 
kuch  statik  zo’riqishda,  dinamik  kuch  esa  dinamik  ish  bajarganda  shu  jumladan, 
portlovchi kuch shaklida ham ko’rinadi. 
Portlovchi  kuch  odamning  tezlik-kuch  imkoniyatlariga  bog’liq  bo’lib, 
sportchining tanasiga yoki sport snaryadiga katta tezlanish beradi. Bu kuch sportchi 
uchun muhim hisoblangan sifatlar sakrovchanlik (sakrash mashqlarida) yoki keskin 
harakatlanishning  (uloqtirish  va  zarba  berish  harakatlarida)  asosi  hisoblanadi. 
Portlovchi kuchning namoyon bo’lishida kuchning kattaligidan ko’ra, vaqt birligida 
ortish tezligi ahamiyatliroq hisoblanadi. Kuch o’zining maksimal darajasiga qancha 
oz  vaqt  sarflab  ko’tarilsa,  bajariladigan  sakrash,  uloqtirish,  zarba  berish 
harakatlarining  natijasi shuncha yuqori bo’ladi. 
Odamning 
tezlik-kuch 
imkoniyatlari 
ko’proq  organizmning  irsiy 
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. 
Muskul kuchini rivojlantirishning bir qator omillari mavjud: 
a) muskul ichidagi omillar; 
b) nerv boshqaruvi xususiyatlari; 
v) psixofiziologik mexanizmlar. 


Kuchni  rivojlantiruvchi  muskul  ichidagi  omilariga  muskul  tolalarining 
biokimyoviy, morfologik va funktsional xususiyatlari kiradi; 
-fiziologik  qo’ldalang    kesim,  muskul  tolalarining  soniga  bog’liq,  patsimon 
tuzilishdagi  muskullarda katta bo’ladi; 
-muskul tolalarining tarkibi: kuchsiz  qo’zg’aluvchanligi yuqori sekin  tolalarning  
qo’zg’aluchanligi past kuchli tez tolalarga o’zaro nisbati; 
-muskullarning miofibrilli gipetrofiyasi, kuchning chiniqish mashg’ulotlari ta’sirida 
muskullar massasining ortishi, muskul tolalarining eniga o’sishi va miofibrillarning 
zichroq joylashuvi bunda yelkaning aylana uzunligi 80 sm,  sonning aylana uzunligi 
esa 95 sm va undan ko’proqga yetadi. 
 
 Kuchning  rivojlanishida  alohida  muskul  tolalarini,  bir  butun  muskuldagi 
harakat 
birliklarining 
faoliyatini 
va 
muskullararo 
koordinatsiyaning 
mukammalashuvi, nerv boshqaruvi orqali amalga oshadi. 
           U quydagi omillarni o’z ichiga oladi: 
 
a) Skelet muskullariga orqa miya  motoneyronlaridan kelayotgan impulьslar 
sonining ortishi, kuchsiz yakka qisqarishlardan kuchli tetanik qisqarishga o’tishini 
ta’minlaydi. 
 
b)  harakat  birliklarining  faollashuvi  –  harakatda  qatnashayotgan  harakat 
birliklari sonining ortishi, muskul qisqarishining kuchini orttiradi. 
 
v) harakat birliklari faolligining o’zaro moslashuvi - imkon boricha bir vaqtda 
qancha ko’p harakat birliklari qisqarishda ishtirok etsa, muskulning kuchi shuncha 
katta bo’ladi. 
 
g) muskullararo koordinatsiya -  muskulning qisqarish kuchi boshqa muskul 
guruhlarning 
faolyaitiga 
bog’liq.  Muskulni  kuchi  uning  antogonistlari 
bo’shashganda ortadi, bir vaqtni o’zida boshqa muskullar qisqarganda kamayadi va 
tana  yoki alohida bo’g’imlardagi antogonist muskullarning qotishi muskul kuchini 
orttiradi. 
 
Muskul  kuchining  ortishiga  psixofiziologik  mexanizmlar:  uyg’oqlik, 
uyqusirash,  charchash  bilan  bog’liq  bo’lib,  ishga  berilish  va  emotsiya  ta’siri, 
simpatik kuchayishlar va gipofiz, buyrak usti  va jinsiy bezlar tomonidan gormonal 
ta’sirlar hamda bioritmlarning ahamiyati bor. 
 
Muskul kuchining taraqiy etishiga erkaklik jinsiy garmonlarining ahamiyati 
katta. Ular ta’sirida skelet muskullarida qisqaruvchi  oqsillarning sintezi  ortadi. Bu 
gormonlarning  miqdori erkaklarda ayollarga nisbatan 10 marta ko’p. SHu sababli 
bir xil chiniqish yuklamalari ta’sirida erkaklarda ayollarga nisbatan muskul kuchini 
chiniqtirish samaralari yuqori chiqadi. 
 
Androgenlarning  samarasi  aniqlangandan  keyin  ayrim  murabbiylar  va 
sportchilar  kuchni  rivojlantirish  uchun  jinsiy  gormonlarning  anologlari  anabolik 
steroid gormonlardan foydalanishiga o’tdilar. Biroq, bu yo’l juda yomon natijalari 
olib keldi. Erkak sportchilarga anabolik gormonlarning ta’siri natijasida o’zlarining 
jinsiy  bezlari  faoliyati  yo’qolib  (impotentsiya  va  farzand  ko’raolmaslik),  ayol-
sportchilarda ikkinchi jinsiy belgilarni erkaklik tomonga burilishi, biologik tsiklni 
buzilishi  va  to’xtab  qolishi,  bola  tug’ish  funktsiyasini  susayishi  kabi  holatlar 
kuzatiladi.  Sportchi  qizlarga  bunday  preparatlarning  ta’siri  og’ir  oqibatlarga  olib 
keladi. 


 
Har qanday odamda ma’lum darajada muskul kuchining zahiralari bo’lib ular 
ekstremal  sharoitdagina  ishga  tushadi  (hayot  uchun  favqulotda  xavfli  vaziyatlar, 
psixoemotsional zo’riqish va boshq.). 
 
Muskulni elektr toki bilan qo’zg’atish orqali uni maksimal kuchini aniqlash 
mumkin. Bu kuch albatta maksimal ixtiyoriy kuchdan katta bo’ladi. 
 
Muskulni  maksimal  kuchi  bilan  maksimal  ixtiyoriy  kuchi  o’rtasidagi  farqi 
muskul  kuchi  defitsiti  deb  ataladi.  Bu  ko’rsatkich  kuchni  chiniqtirish  davomida, 
muskul tolalarining morfo-funktsional imkoniyatlari va ularni ixtiyoriy boshqarish 
mexanizmlarining qayta qurilishi natijasida kamayadi. 
 
Muntazam  chiniqish  mashg’ulotlari  bilan  shug’ullangan  sportchilarda 
funktsiyalarni amalga oshirishda energiyani tejash qobiliyatining kuchayishi bilan 
birga, umumiy va xususiy zahiralarni nisbatan ortishi kuzatiladi. 
 
Bunda umumiy zahiralar turli mashqlar uchun umumiy jismoniy sifatlarning 
ko’rinishi, ikkinchisi esa alohida sport turiga mos maxsus malaka va kuch, tezkorlik, 
chidamlilik xususiyatlari orqali amalga oshadi. 
 
Muskul  kuchining  umumiy  funktsional  zahiralari  qatoriga  quyidagi  omillar 
kiradi:     
-muskuldagi qo’shimcha harakat birliklarining qo’shilishi; 
-muskuldagi harakat birliklarining qo’zg’alishini o’zaro  moslashishi; 
-antogonist-muskullarning o’z vaqtida tormozlanishi; 
-antogonist-muskullarni qisqarishning koordinatsiyasi; 
-muskul tolalarining energiya resurslarini ortishi; 
-muskul tolalarini yakka qisqarishdan tetanik qisqarishga o’tishi; 
-muskul optimal cho’zilgandan keyin qisqarishining kuchayishi; 
-muskul tolalarini biokimyoviy va tuzilishini adaptatsiyali qayta qurilishish (ishchi 
gipertrofiya, tez va sekin tolalar nisbatini o’zgarishi va boshqa.). 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish