O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Jismoniy mehnat qobiliyatchanligini aniqlashning tamoyillari va usullari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Jismoniy mehnat qobiliyatchanligini aniqlashning tamoyillari va usullari 
             Odamlarni  jismoniy  mehnat  qobiliyatchanligini  aniqlash  uchun  maksimal 
va  submaksimal  quvvatli  jismoniy  yuklamali  testlardan  foydalaniladi.  Bunday 
testlar  to’g’risida  tegishli  adabiyotlarda  yetarlicha  ma’lumotlar  berilgan.  Bu 
bo’limda mehnat qobiliyatchanligini  aniqlashning umumiy tamoyillari va ularning 
fiziiologik  tavsifnomalari yoritiladi.  Maksimal 
quvvatli 
jismoniy 
yuklamali 
testlarda  odam  quvvati  ortib  boruvchi  jismoniy  ishni  bajara  olmay    qolguncha 
bajaradi. Bunday testlarga Vita Maxima va Novvakni testlarini ko’rsatish mumkin. 
Ularning kamchiligi ularning xavfliligi hisobga olinib, vrach ishtirokida o’tkazilishi 
kerak;  ikkinchidan,  ishdan  ixtiyoriy  voz  kechishning  o’lchovi  sub’ektiv  bo’lib, 
odamning  ish bajarishga xoxishi va boshqa  sabablarga bog’liq bo’ladi. 
 
Submaksimal 
quvvatli 
jismoniy 
yuklamali 
 
testlarda 
fiziologik 
ko’rsatkichlarni  ish  vaqtida  va  undan  keyin  yozib  olinadi.  Bu  guruh  testlarni 
o’tkazish  texnik  jixatdan  qulay  bo’lishi  bilan  birga,  ularning  ko’rsatkichlari 
bajarilgan  ishgagina  bog’liq  bo’masdan,  balki  qayta  tiklanish  jarayonlarining 
xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. Ularga S.Letunov, Garvard Step-testi, RWC
170

Master  testi  va  boshqalarni  ko’rsatish  mumkin.  Bu  testlarni  asosiy    xususiyati 
shundaki  bajarilayotgan ishning quvvati va bajarishning davomliligi orasida teskari 
proportsionallik mavjud va ular orqali jismoniy mehnat qobiliyatchanligini aniqlash 
uchun maxsus nomagrammalar tuzilgan.  


 
Mehnat  va  jismoniy  mashqlar  fiziologiyasida  hamda  sport    tibbiyotida 
jismoniy  mehnat  qobiliyatchanlikni    aniqlashda  yurak  urishlar  sonini  aniqlashdan 
keng    foydalaniladi.  Yurak  urishlar  soni  eng  oson  o’lchanadigan  ko’rsatkich 
hisoblanadi.  Ahamiyatlisi  shundaki,  yurak  urishlar  soni  bilan  tashqi  mexanik  ish 
o’rtasida  bir  tomondan  va  yuklama  vaqtida  istemol  qilingan  kislorod  miqdori 
o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’liqlik mavjud. 
 
Yurak urishlar soniga  ko’ra  jismoniy  mehnat  qobiliyatchanlikni  aniqlashga 
qaratilgan ishlarni tahlil qilish natijasida ikkita yo’nalishda tadqiqotlar olib borilishi  
mumkinligi aniqlandi. Birinchisi sodda usul hisoblanib, aniq quvvatli ish bajarganda 
(masalan, 1000 kgm/min)  yurak urishlar sonini hisoblash orqali jismoniy mehnat 
qobiliyatchanligi aniqlanadi. Odamning jismoniy mehnat qobiliyatchanligi bunday 
yo’l bilan aniqlash g’oyasi shundan iboratki, yurak urishlar sonining sezilarli ortishi, 
odamni jismoniy tayyorgarligi bilan teskari proportsionalikga ega, yoki boshqacha 
aytganda,  yuklama  ta’sirida  yurak  urishlar  soni  qancha  yuqori  bo’lsa,  odamning 
mehnat qobiliyatchanligi shuncha past bo’ladi va aksincha. 
 
Ikkinchisi,  yurak  urishlar  sonining  ma’lum  bir  darajaga  ko’tarilishi  uchun 
muskul  ishining  quvvati  darajasini  aniqlashga  qaratilgan.  Bunday  yondashish  eng 
qulay hisoblanadi, ammo texnikasiga ko’ra murakkab va muhim fiziologik asoslash 
talab qiladi. Jismoniy mehnat qobiliyatchanligini bu usul orqali aniqlashni fiziologik 
asoslashni  murakkabligi  bir  qator  momentlar  bilan  tushintiriladi:  yurak-qon  tomir 
tizimidagi kasallanish oldi o’zgarishlarini mavjudligi bilan; qon aylanishining turli 
tiplari,  unga  ko’ra  muskullarni  bir  xil  miqdorda  qon  bilan  ta’minlanishi,  yurak 
urishlar  sonini  turli  ko’rsatkichlarida  amalga  oshadi;  jismoniy  ish  vaqtida  yurak 
urishlar soni ortishining fiziologik bahosi bir xil emasligi va boshqalar. 
          Sportchilar ichida yuqoridagi farqlar sezilarli darajada kamayib ketadi. Bunga 
sabab,  ularning  yoshini  bir-biriga  yaqinligi,  sog’ligining  yaxshiligi,  tinch  holatda 
yurak  urishlar  sonini  nisbatan  pastligi,  yurak-qon  tomir  tizimini  funktsional 
zahiralari  kengayganligi  va  jismoniy  ish  vaqtida  ulardan  foydalanish  imkoniyati 
mavjudligi bilan tushintiriladi. SHu sababli, extimol, xozirgi vaqtda sportda PWC
170
 
testidan  (PWC  -    bular  inglizcha  atamaning  birinchi  harflari  –  Physical  Working 
Capacity)  foydalaniladi,  u  yurak  urishlar  sonining  ma’lum  darajaga  yetishiga 
mo’jjalangan (bir minutda 170ta yurak qisqarishlari). 
          Kuzatiluvchi veloergometrda yoki step-testda 3 min. interval bilan ikki marta 
5  minutlik    o’rta  quvvatli  yuklamani  bajaradi,  shundan  keyin  yurak  urishlar  soni 
o’lchanadi. 
          PWC
170   
ko’rsatkichi  bo’yicha  hisoblash  quydagi  formula  orqali  amalga 
oshiriladi:                                                               
         170 – ƒ
1
 
                         PWC170= W1+(W2-W1)  ---------- 
                                                                      ƒ

– ƒ
1
 
          Bunda W1 va W2 – birinchi va ikkinchi yuklamalarni quvvati; ƒ

va
 
ƒ

birinchi 
va ikkinchi yuklamalar oxiridagi yurak urishlar soni. 
           Xozirgi  vaqtda  minutiga  170  taga  teng  yurak  qisqarishlari  soni  ko’pchilik 
tomondan qabul qilingan bo’lib, fiziologik nuqtai nazardan kardiorespirator tizimini 
optimal  ishchi zonada  ishlay  boshlaganligini tavsiflaydi, metodik  nuqtai nazardan 


esa yurak urishlar soni va jismoniy ishning quvvati o’rtasidagi bog’liqlikda to’g’ri 
chiziqlilik  yo’qalayotganligini  ko’rsatadi.  Bu  testdan  foydalanishning  fiziologik 
tasdig’i shundan iboratki, yurak urishlar soni minutiga 170 dan ortganda yurakning 
minutlik hajmini ortishi sodir bo’lsa, sistolik hajmi nisbatan pasayishi kuzatiladi. 
           PWC
170 
testi Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan odamning jismoniy 
mehnat  qobiliyatchanligini  baholash  uchun  taklif  qilingan.  Sportda  undan    keng 
foydalanishning kelajagi juda ko’p bo’lib, uning printsiplari sportchilarni umumiy 
va maxsus mehnat qobiliyatchanligini aniqlash uchun yaroqli  hisoblanadi. 
          Amerika qo’shma shtatlarida yaratilgan Garvard step-testi ham keng tarqalgan 
usullardan  hisoblanadi.  Bu  test  sog’lom  yosh  odamlarning  mehnat 
qobiliyatchanligini  baholashga  mo’jjalangan  bo’lib,  kuzatiluvchi  shaxslardan 
sezilarli darajada zo’riqishini talab qiladi. Garvard testi erkaklar uchun  balandligi 
50  sm  va    ayollar  uchun  40  sm  balandlikka  ko’tarilib  tushish,  bir  minutda  30 
martadan ( 1sek. ikki qadam) 5 minut davomida  bajariladi. 
          Ish tugagandan keyin qayta tiklanish vaqtining  ikkinchi minutida 30 sekund 
davomida  puls  sanalib,  Garvard  step-testining  indeksi  (GSTI)  quyidagi  formula 
orqali hisoblanadi: 
 
                            GSTI = ishning davomliligi (s ) x100 / 5,5 pulьs soni                              
 
            
   GSTI  yana ham aniqroq hisoblash uchun pulsni uch marta  qayta tiklanish 
davrining  2chi,  3chi  va  4chi  minutlarining  birinchi  30  sekundida  sanaladi;  bunda  
GSTI quydagi formulada hisoblanadi: 
 
                                                    
GSTI = t x100/ ( ƒ
1
- ƒ
2
- ƒ
3
) x2 
 
               t  - pog’anaga ko’tarilish vaqti(s);  ƒ
1
- ƒ
2
- ƒ
3
  - qayta tiklanish davridagi 2 
chi, 3 chi va 4 chi minutlarining 30 sekundidagi puls soni. 
           Mehnat qobiliyatchanligini baholash 2-jadvalga ko’ra amalga oshiriladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish