O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 
 
 
 


101 
4.2. Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rtoblanishi 
 
Respublikaning  sug‘oriladigan  dehqonchilik  rivojlangan  cho‘l 
mintaqalarida 
yerlarning 
meliorativ 
holatini 
ifodalovchi 
asosiy 
ko‘rsatkichlardan  biri  tuproqning  sho‘rlanishi  va  sho‘rtoblanishi 
hisoblanadi.  Ko‘p  yillar  davomida  ilmiy-tadqiqot  ishlarining  tarkibi  va 
yo‘nalishi, 
gidromeliorativ, 
agromeliorativ 
tadbirlarning 
asosiy 
ko‘rsatkichlarini  ilmiy,  texnik-iqtisodiy  asoslash,  loyihalash  va  qurish, 
asosan,  tuproqning  o‘simlik  ildizi  tarqalgan  qatlamida  suvda  eriydigan 
zararli  tuzlar  miqdorini  kamaytirish,  yer  osti  suvlar  sathini  maqbul 
chuqurlikda  boshqarishga  yo‘naltirilgan.  Hozirgi  davrda  sho‘rlangan  yoki 
sho‘rlanishga  moyil  yerlar  meliorativ  holatini  (sho‘rlanish  darajasi,  turi, 
hududlarda  tarqalishi)  baholashga  oid  turli  tasniflar  ishlab  chiqilgan,  har 
bir 
vohaning 
tuproq-meliorativ 
holatini 
inobatga 
olgan 
holda 
agromeliorativ  tadbirlar  tarkibi,  me’yori,  qo‘llash  davri,  gidromeliorativ 
inshootlarning  (zovur  va  b.q)  asosiy  konstruktiv  elementlari  (turi, 
chuqurligi, 
orasidagi 
masofa) 
me’yoriy-uslubiy  hujjatlar  tarzida 
tasdiqlangan  va  amaliyotda  qo‘llanilmoqda.  Lekin  mazkur  tuproqlarning 
sho‘rtoblanishi,  sug‘orish  natijasida  tarkibi  va  o‘zgarishini  izohlovchi 
miqdoriy  ko‘rsatkichlarini  tasnifiy  asoslari  yaratilmagan  ularning 
unumdorligini  qayta  tiklashga  oid  ilmiy-tadqiqot  ishlari  deyarli  olib 
borilmagan. 
Rasmiy  e’lon  qilingan  ma’lumotlarga  qaraganda  (S.A.Vladichenskiy, 
V.A.Kovda,  Ya.V.Peyve,  N.G.Minashina  va  b.q.)    respublika  hududida 
tarqalgan  bo‘z  tuproqlar  tarkibida  karbonatli  birikmalarning  mavjudligi 
sababli  sho‘rtoblanish  jarayoni  sodir    bo‘lmasligi  mumkin  degan  fikr-
mulohazalar 
mavjud. 
Shunga 
qaramasdan 
Mirzacho‘lning 
sug‘orilmaydigan  hududlarida  sho‘rtoblangan  tuproqlar  ham  tarqalganligi 
qayd qilingan (L.P. Rozov, V.A. Kovda, A.N. Rozanov). 
Sho‘rtoblarni o‘ziga xos fizikaviy xossalari shundan iboratki, ularning 
donador qatlami nam holatda ko‘pchib, yopishqoq bo‘ladi, yog‘ingarchilik 
suvlari  tuproq  sathida  uzoq  vaqt  to‘xtab  qoladi,  tezda  qurimaydi. 
Qurigandan  so‘ng,  bu  qatlam  chatnab  tikka  yoriqlar  paydo  bo‘ladi. 


102 
Sho‘rtoblangan  tuproqning  qattiqligi  va  hajmiy  zichligi  katta,  g‘ovakligi 
esa kam bo‘ladi. 
Tuproqlarning sho‘rtoblanish jarayonida singdiruvchi sig‘imiga natriy 
kationining kirishi natijasida ularning organik va mineral qismidagi sharoit 
o‘zgaradi, eritmada ishqoriy muhit paydo bo‘ladi. 
Tabiiy  sharoitda  sho‘rtoblarning  paydo  bo‘lishi  quyidagi  sabablarga 
bog‘liq: 
-  tuproqni  neytral  natriyli  tuzlar  bilan  sho‘rlanishi,  ularning  tarkibida 
kalsiy 
tuzlarining 
ko‘p 
miqdorda 
bo‘lmasligi, 
sho‘rxoklarni 
sho‘rsizlanishi, 
-  tarkibida  soda  bo‘lgan  kam  minerallashgan  eritmaning  tuproqqa 
ta’sir etishi, 
- sho‘rlangan ona jinsli tuproqlarda biogen jarayon ta’sirida  
-  natriyli  tuzlarni  to‘planishi,  shu  jumladan  sodaning  kapillyar 
naychalar orqali yuqori qatlamlarga (yuzaga) ko‘tarilishi va kuchli qizishi, 
-  tuproqlarda  sho‘rtoblanish  xususiyatlarni  shakllanishiga  ko‘p 
miqdorda  turli  shakldagi  gidrofil  kolloidlarning  galmiroliz  jarayoniga 
uchrashi ,  
-  tuproqdagi  kalsiy  shakllarining  miqdoriga  nisbatan  karbonatli 
kalsiyning 
kamayib 
borishi 
ham 
sho‘rtoblanishga  olib  keladi. 
(Ramazonov, Axatov, Toshqo‘ziev, 2007) 
O‘tgan asrning 70-80 yillarda ayrim hududlarida o‘tkazilgan tadqiqot 
va  kuzatuvlarda  olingan  ma’lumotlarga  qaraganda  sug‘oriladigan 
dehqonchilik  mintaqasi  tuproqlari  singdiruvchi  kompleksida  natriyning 
miqdori jami kationlar yig‘indisining 5 % idan kam bo‘lib, ushbu tuproqlar 
sho‘rtoblanmagan  tuproqlar  turkumiga  kiradi.  Jumladan,  L.  Tursunov 
(1972  y)  Xorazm  viloyati  tuproqlarining  singdiruvchi  kompleksida  natriy 
kationi  1,21-4,79  %    M.  Umarov    (1974  y)  esa    Qashqadaryo    viloyatida 
tarqalgan och tusli bo‘z va taqir tuproqlarda natriy kationi ekanligini qayd 
qilgan. 
So‘nggi  yillarda  sug‘oriladigan  mintaqaning  ayrim  hududlarida 
sho‘rtoblangan  va  sho‘rtoblanishga  moyil  tuproqlar  mavjudligi,  ularning 
sho‘rtoblanish darajasini vaqt o‘tishi bilan oshib borishi qayd qilinmoqda. 
O.Ramazonov  va  boshqalar  (1977  y),  O.Komilov  va  boshqalar  (1995  y) 
Jizzax  viloyatining  Obruchev  past-tekisligida  tarqalgan  och  tusli  o‘tloqi 


103 
bo‘z tuproqlar singdiruvchi kompleksida natriy kationining miqdori ayrim 
hollarda  77  %  ni  tashkil  etishini  qayd  qilganlar.  Sirdaryo  viloyatining 
o‘tloqi    bo‘z    tuproqlarida  singdirilgan  natriy  miqdori  12-16  %  ga  teng 
(M.Toshqo‘ziev, 2003 y). 
Xorazm  viloyatining    o‘tloqi  tuproqlari  (Urganch,  Shovot  tumani) 
singdiruvchi  kompleksida  natriy  kationi  33,3-37,3  foizini  tashkil  etadi 
(O.Axmedov,  M.Ro‘zmetov,  2002  y).  Tahlillar  natijalariga  ko‘ra 
singdiruvchi komleksda natriy kationining ortib borishi ularni o‘zlashtirish 
(sug‘orish)  davriga  bog‘liq.  Jumladan,  yangi  o‘zlashtirilgan  o‘tloqi 
tuproqlarda  natriy  kationi  12,8-21,8  %  ni,  sug‘oriladigan  o‘tloqi 
tuproqlarda  34,9-43,7  %  ni,  botqoq  o‘tloqi  tuproqlarda  20,4-35,3  %  ni 
tashkil etadi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish