O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik


Shamol eroziyasiga qarshi



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

Shamol eroziyasiga qarshi:  
1)  paxta  dalalari  atrofida  2,4,5,6  va  7  qatorli  ihota  o‘rmonzorlarini 
barpo  etish.  Tol,  tut,  baqaterak,  jiyda,  qayrag‘och  va  boshqa  daraxtlardan 
iborat  bunday  o‘rmonzorlardagi  daraxtlar  orasi  1,0-1,5  m,  qator  oralig‘i 
3,0-3,5  m,  daraxtlarning  o‘rtacha  balandligi  6-7  metr  atrofida  bo‘lishi 
lozim: 
a)  shamol  tezligi  kuchli  (>  15  m/s),  qumloq  va  qumoq  yerlardagi 
ihotazorlar orasi 150-170 m, tuproqning mexanik tarkibi yengil va o‘rtacha 
erlarda 200 m va og‘ir tuproqlarda 200-300 m; 
b) shamol tezligi o‘rtacha (10-15 m/s) bo‘lganda, tuproqning mexanik 
tarkibiga mos ravishda 200-300 m; 
c)  shamol  tezligi  kuchsiz  (<  5  m/s)  erlarda  tuproqning  mexanik 
tarkibidan qat’iy nazar 400-500 m. 
2) ekin egatlarini shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib olish; 
3)  paxta  hosili  ikki  marta  terib  olinganidan  keyin  maydonga  oraliq 
ekinlardan javdar, tritikale va boshqalarni ekish; 
4)  tuproqni  himoyalovchi  almashlab  ekishni  joriy  etish.  Bunda  bir 
paykalda  shamolga  ko‘ndalang  qilib  va  25-30  m  oraliq  qoldirib  kengligi 


118 
10-12  m  bo‘lgan  beda,  tritikale  va  javdar  o‘simliklaridan  iborat  polosa 
yasaladi.  Paxta  va  oraliq  ekinlar  polosalari  ketma-ket  joylashtiriladi.  Uch 
yildan keyin ekinlar o‘rinlari almashadi. Har bir gektarga kuzda 12-14 kg 
beda, 150 kg oraliq ekinlar urug‘i sarflanadi; 
5)  paxta  paykalining  har-har  joyiga  g‘alla  kombayni  jatkasining 
kengligida  shamolga  ko‘ndalang  qilib  bug‘doy  ekiladi  va  bug‘doy 
poyalaridan iborat kulis (to‘siq) barpo etiladi; 
6)  mexanik  tarkibi  yengil  tuproqli  yerlarga  ariq  va  kollektor-zovur 
o‘zanidan olingan chiqindilaridan gektariga 0,5 tonna, qum tuproqli bo‘lsa 
1 tonna solinadi; 
7)  paxta  maydonlarining  har  gektariga  tavsiya  etilgan  umumiy 
miqdorlarga nisbatan 25-30 foiz qo‘shimcha mineral o‘g‘itlar solinadi; 
8)  kuchli  shamol  ta’sirida  uchib,  yosh  g‘o‘za  barglarini  teshadigan 
yoki uning o‘sish qismini kesib ketadigan qumlarning ustiga aprel oyining 
oxirida  psamofitlar  (saksovul,  qandim,  gerkez)  urug‘lari  sepiladi.  Keyin 
sulfit-spirt  quyqasi  (SSQ)  vertolyot  yordamida  purkalib,  urug‘lar  ustida 
juda yupqa parda hosil qilinadi. Kunduzi qum isib, undagi nam bug‘ parda 
ostida  suvga  aylanadi.  Bu  holat  psamofitlar  urug‘ini  shamolda  uchib 
ketishiga to‘sqinlik qiladi va uni to‘liq unib chiqishiga yordam beradi. 
9)  chirindi  qatlami  qum  tagida  ko‘milib  qolgan  tuproqlarni  chuqur 
haydash.  Eroziyaga  uchragan  tuproqlar  ichida  chirindili  qatlami  qum 
tagida qolib ketgan yerlar ham uchraydi. Odatda yuqoridagi qatlam qumoq 
yoki  qumli,  unumdorligi  past,  qalinligi  40  dan  100  sm  gacha  bo‘ladi. 
Uning  tagida  chirindi  va  azotga  boy  bo‘lgan  qatlam  yotadi.  Eroziya 
jarayonini  bartaraf  qilish  uchun  bunday  yerlarni  60-80  sm  chuqurlikda 
ag‘darib  haydash  zarur.  Chuqur  haydash  yuqori  quvvatli  zanjirli 
traktorlarga  tirkaladigan  plantaj  pluglar  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Bunda  ikki  tomonlama  foyda  ko‘riladi:  birinchidan,  tuproqni  shamol 
uchirib  ketishi  (eroziya)  to‘xtaydi,  ikkinchidan,  ag‘darilgan  unumdor 
qatlam g‘o‘zaning tez o‘sishi va hosildorligining ortishiga yordam beradi. 


119 
10)  kimyoviy  preparatlarni  ishlatish.  Ihota  daraxtzorlari  joriy 
etilgunga qadar paxta dalalarida eroziyaning oldini olish maqsadida K-4 va 
K-9,  SKE-65  lateksi  polimerlardan  va  sulfit-spirt  quyqasi  (SSQ)  dan 
foydalanish mumkin.    

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish