O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik


-jadval. Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasi



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 
18-jadval. Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasi  
(Mirzacho‘l, 2014 yil ,oktyabr) 
Tuproq 
kesimi 
Qatlam, sm 
Suvli so‘rim tarkibi, quruq tuproqqa nisbatan, % 
Sho‘rlanish 
darajasi 
Quruq 
qoldiq 
HCO
3
 
Cl 
SO
4
 
“Boyovut-1” hududi 
C-670 
0-100 
0,712 
0,029 
0,043 
0,421 
o‘rtacha 
0-200 
0,628 
0,027 
0,042 
0,375 
C-687 
0-100 
0,850 
0,031 
0,058 
0,498 
o‘rtacha 
0-200 
0,618 
0,026 
0,061 
0,343 
C-752 
0-100 
0,563 
0,024 
0,034 
0,344 
kam 
0-200 
0,338 
0,029 
0,040 
0,168 
C-767 
0-100 
0,285 
0,026 
0,036 
0,146 
kam 
0-200 
0,665 
0,021 
0,061 
0,377 
C-776 
0-100 
0,620 
0,024 
0,036 
0,376 
kam 
0-200 
0,898 
0,021 
0,035 
0,560 
C-782 
0-100 
0,795 
0,020 
0,137 
0,386 
kuchli 
0-200 
0,640 
0,020 
0,119 
0,298 
C-901 
0-100 
0,623 
0,036 
0,016 
0,389 
kam 
0-200 
0,573 
0,034 
0,010 
0,365 
C-909 
0-100 
1,173 
0,037 
0,012 
0,759 
kam 
0-200 
0,663 
0,024 
0,038 
0,385 
 “Boyovut-3” hududi 
C-1100 
0-100 
0,355 
0,025 
0,051 
0,171 
o‘rtacha 
0-200 
0,340 
0,031 
0,017 
0,179 
C-1114 
0-100 
0,551 
0,027 
0,021 
0,330 
kam 
0-200 
0,965 
0,021 
0,021 
0,609 
C-1257 
0-100 
0,685 
0,032 
0,058 
0,344 
o‘rtacha 
0-200 
0,883 
0,026 
0,065 
0,444 
C-1271 
0-100 
1,283 
0,025 
0,053 
0,667 
o‘rtacha 
0-200 
0,773 
0,027 
0,042 
0,394 
C-1300 
0-100 
0,703 
0,043 
0,029 
0,367 
kam 
0-200 
0,923 
0,035 
0,014 
0,481 
C-1309 
0-100 
1,363 
0,031 
0,090 
0,710 
o‘rtacha 
0-200 
0,893 
0,037 
0,046 
0,461 
 
Zovurlar  tizimini  umuman  va  ayniqsa  birlamchi  zovurlarning 
ko‘rsatkichlari  (nishabligi,  chuqurligi,  orasidagi  masofa)  mazkur 


96 
hududlarda tarqalgan tuproqlarning litologo-geomorofologik tuzilishi, suv- 
fizik  xossalari,  gidrogeologik  sharoitlarni  nazarda  tutgan  holda  ilmiy 
asoslangan  va  tabaqalashtirilgan  holda  belgilanmagan.  Qizig‘i  shundaki, 
o‘zlashtirilayotgan  yerlarda  keng  miqyosda  qurilayotgan  zovurlarning 
(ochiq,  yopiq)  asosiy  ko‘rsatkichlari-konstruktiv  elementlari  mazkur 
hududda  tarqalgan  tuproqlarning  litologo-geomorfologik  tuzilishi,  suv-
fizik  va  boshka  xossalarining  o‘tkazilgan  tajriba,  kuzatuvlardan  olingan 
ma’lumotlar  asosida  tanlanmagan.  Ularning  samaradorligi  loyihada 
yagona  «andoza»  (shablon)  tarzda  qabul  qilinib,  qurilgandan  so‘ng 
o‘rganilgan. 
Loyihalarda  qabul  qilingan  “me’yorda”  zovurlar  tizimining 
qurilishiga  qaramasdan,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishga  kiritilgan 
hududlarda tarqalgan tuproqlarning suv-tuz tartibini yo‘naltirilgan-maqbul 
tarzda  boshqarishga  erishilmadi.  Yetishtirilayotgan  ekinlarni  (asosan, 
g‘o‘za,  beda  va  qisman  sholi)  jadal  sug‘orish  oqibatida  avtomorf 
namlanish  tartibiga  mansub  bo‘lgan  tuproqlarda  vaqt  o‘tishi  bilan  yarim 
gidromorf,  gidromorf  namlanish  tartibi  shakllandi.  Yer  osti  suvlarining 
jadal  ko‘tarilishi  natijasida  tuproqning  pastki  (C,  D  genetik  qatlamlari) 
qismida  asrlar  davomida  shakllangan  zaharli  tuzlar  harakatga  keldi  va 
o‘simliklar ildizi tarqalgan qatlamda  muntazam  ravishda yig‘ila boshladi. 
Ko‘p  yillar  davomida  olib  borilgan  kuzatuvlarda  olingan  ma’lumotlarga 
qaraganda, ayrim dalalar misolida tuproqning yuqori qatlamida tuzlarning 
davriy yig‘ilish koeffitsienti 1,23-1,52 ni tashkil etadi.  
Sho‘rlangan  yoki  sho‘rlanishga  moyil  yerlarning  meliorativ 
holatlarini  yaxshilash  -  tuproqning  o‘simlik  ildizi  tarqalgan  qatlamida 
suvda  eriydigan  zaharli  tuzlarning  ekinlarga  zarar  keltirmaydigan 
darajagacha  (0-100  sm  qatlamdagi  qumloq,  yengil  va  o‘rta  qumoq 
tuproqlarda xlor ion miqdori 0,02-0,03%, og‘ir qumoq va soz tuproqlarda 
0,01-0,015  %)    kamaytirish  agromeliorativ  va  gidromeliorativ  tadbirlar 
samaradlorligini  ifodalovchi  asosiy  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Tuproq 
qatlamidagi  tuzlar,  asosan,  agromeliorativ  tadbirlar-sho‘r  yuvish  va 
yetishtirilayotgan  ekinlarni  sug‘orishda  biologik  talabidan  10-30  % 
ortiqcha  suv  berish  hisobiga,  kam  darajada  sho‘rlangan  tuproqlarda  esa 
tuzga  chidamli  o‘simliklar  (shirinmiya,  oq  jo‘xori,  beda  va  boshqalar) 


97 
yetishtirilsa  kamayadi.  Gidromeliorativ  tadbirlar  -  zovurlar  tizimi  esa  yer 
osti  suvlar  sathini  pasaytirish  hisobiga  sho‘r  yuvishga  berilayotgan  suv 
samaradorligini  oshiradi  (qatlamga  shimilayotgan  suv  bilan  tuzlar 
yuvilishini  jadallashtiradi),  yoz  oylarida  ildiz  tarqalgan  qatlamda  tuzlar 
harakatiini  ma’lum  darajada  susaytiradi.  Lekin  tuproqning  yuqori 
qatlamidagi tuzlar miqdorini deyarli  kamaytirmaydi.  
Ma’lumki,  agrar  soha  samaradorligini  belgilovchi  asosiy  iqtisodiy 
ko‘rsatkich  tuproq  unumdorligi  hisoblanadi.    Tuproq  unumdorligi  uning 
suv-fizik,  agrokimyoviy,  kimyoviy,  biologik  va  boshqa  xossalarini 
maqbullashtirishga 
yo‘naltirilgan 
agrotexnik 
va 
agromeliorativ 
tadbirlarning hosilasidir. 
Ko‘p yillar davomida olingan ma’lumotlarning qiyosiy taqqoslash va 
tahliliga qaraganda respublikadagi sug‘oriladigan, ayniqsa cho‘l qismidagi 
yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilashga  ko‘pdan-ko‘p  mablag‘, 
moddiy-texnik  zaxiralar  sarflanishiga  qaramasdan  tuproqlarning  ishlab 
chiqarish  qobiliyati  so‘nggi  30-40  yil  davomida  sezilarli  darajada 
pasaygan.  Jumladan,  1970-2010  yillar  davomida  sifati  “eng  yaxshi”  (80-
100 ball) tuproqlar maydoni 6,4,  “yaxshi” lar (60-80 ball) esa 2,2 baravar 
kamayishi  hisobiga  sifati  “o‘rta”  (40-60  ball)  va  “o‘rtacha  past”  (20-40 
ball) lar maydoni mutanosib ravishda 2,1 va 3,8 barobar oshgan. 
Sug‘oriladigan  yerlar  sifatini  keskin  pasayishi  sho‘rolar  davrining 
so‘nggi yillari yorqin namoyon bo‘ldi. Shu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini  tashkil  etish  uchun  tabiiy  unumdorligi  past  tuproqlar  (yerlar)  
ham  o‘zlashtirilgandi.  Ularni  ishlab  chiqarish  qobiliyatini  oshirish  uchun 
birinchi  navbatda  suv-fizik,  kimyoviy,  biologik  xossalarini  tubdan 
yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlarni qo‘llash talab qilinardi. (19-jadval) 
Ming    afsus,  sho‘rolar  davrida  Orol  dengizi  xavzasidagi  yerlarni 
o‘zlashtirishga  oid  qo‘llanmalarda,  meliorativ  tizimlarni  loyihalash  va 
qurishda  mazkur  hududlarda  tarqalgan  tuproqlarning  nisbatan  past  tabiiy 
unumdorligini  ifodalovchi  noqulay  (suv-fizik,  kimyoviy,  biologik) 
xossalarini  yaxshilaydigan  o‘ziga  xos  tadbirlarni    tabaqalashtirgan  holda 
qo‘llash 
nazarda 
tutilmagan. 
Shu 
bois 
mazkur 
hududlarda 
yetishtirilayotgan 
o‘simliklarning 
hosildorligi 
past, 
olinayotgan 
mahsulotga sarflanayotgan xarajat va suv samaradorligi past. 


98 
 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish