O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

shamol  eroziyasi  —  deflyasiya  yuz  beradi.  U  tashqi  ko‘rinishga  qarab 
kundalik  deflyasiya  va  chang  to‘zonli  bo‘ronga  ajraladi.  Kundalik 
deflyasiya  barcha  haydaladigan  tuproqlarda  tarqalgan.  Chang  to‘zonli 
bo‘ron shamolning tezligi va yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Eroziya  jarayonining  sodir  bo‘lishi  iqlimga,  yog‘ingarchilikning 
umumiy miqdoriga, turiga, davomiyligiga, jadalligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Eroziya  yoki    deflyasiya    jarayonlari    ta’sirida  qisman  yoki  butunlay 
yemirilib  ketgan  tuproqlar  ustki  qatlamining  yo‘q  bo‘lib  ketish darajasiga 
qarab  quyidagilarga  bo‘linadi:  a)  eroziyaga  uchramagan  tuproqlar;  b) 
eroziyaga  kam  uchragan  tuproqlar;  c)  eroziyaga  ko‘p  uchragan  tuproqlar; 
d) to‘liq yemirilgan tuproqlar. 
Suv  eroziyasiga  uchragan  tuproqlar  qatlamining  yuvilishiga  qarab  
quyidagilarga bo‘linadi: 
- kam yuvilgan (A qatlamning yarmi yuvilgan); 
- o‘rtacha yuvilgan (A qatlamning yarmidan ko‘pi yuvilgan); 
- kuchli yuvilgan (A qatlam to‘liq, B qatlam qisman yuvilgan); 
Suv eroziyasi ta’sirida loyqa bosgan tuproqlar quyidagilarga bo‘linadi: 
- kam loyqa bosgan (loyqa haydalma qatlamning   1/4  qismini tashkil 
etadi); 
- yupqa loyqa bosgan (loyqa haydalma qatlamining 1/2 qismini tashkil 
etadi); 
- qalin loyqa bosgan (loyqa haydalma qatlamdan ko‘p); 
Shamol  eroziyasi  ta’sirida  yemirilgan  tuproqlar  (zarrachalar  shamol 
ta’sirida ko‘chgan maydon) umumiy maydonga nisbatan foiz (%) hisobida 


65 
aniqlanadi.  Tuproq  eroziyasiga  qarshi  choralar  oldini  olish  va  faol  usulda 
amalga oshiriladi. 
Eroziyaning  oldini  olish  choralariga  quyidagilar  kiradi:  dalalarni 
eroziya  sodir  bo‘lmaydigan  tartibda  tashkil  etish;  yerdan  foydalanish 
tartibi  va  shakllarini  asoslash;
    yerdan  foydalanishni  to‘g‘ri  tashkil  etish; 
ekinlarning tarkibi bo‘yicha dalalarda joylashtirishni maqbullashtirish. 
Tuproq  eroziyasiga  qarshi  qo‘llaniladigan  faol  chora-tadbirlarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Suv eroziyasiga qarshi: 
-  dalalarda  egatlar  ochish  va  sun’iy  mikrorel’yef  hosil  qilish  (erigan 
qor va yomg‘ir suvlarini yig‘ish); 
- dala sathining tuzilishiga qarab haydash; 
- tuproq qatlamini ag‘darmasdan haydash; 
- har xil to‘siqlar (pol, ariq, maxsus  inshootlar) qurish; 
- dalalarni o‘simlik bilan band qilish; 
-  takomillashtirilgan,  hozirgi  zamon  talabiga  javob  beradigan  suv 
tejaydigan  sug‘orish  texnikasi  va  texnologiyasini  qo‘llash  (yomg‘irlatib, 
tomchilatib, tuproq ostidan sug‘orish va h.k.); 
-  tuproqni  yemirilishdan  saqlovchi  dehqonchilik  tizimini  amalga  
oshirish. 
2. Shamol eroziyasiga qarshi: 
-  chang-to‘zon  (zarrachalarning  ko‘chishi)  ko‘tarilishi  mumkin 
bo‘lgan  dalalar  xaritasini  tuzish,  loyiha  va  texnologik  jarayonlarni 
asoslash; 
-  tuproqni  muhofaza  qilishni  tashkil  etish  (deflyasiya  sodir  bo‘lishi 
mumkin  bo‘lgan  maydonlarni  haydamaslik,  tuproqqa  ishlov  berishni 
kamaytirish); 
-  tuproqning  ustki  qatlamida  namlikni  oshirish  (almashlab  ekishni 
joriy qilish, yerni ag‘darmasdan haydash); 
- tuproq donadorligini oshirish (organik o‘g‘it solish, almashlab ekish, 
tuproqning haydalma qatlamida mikrostruktura hosil qilish); 


66 
-  tuproqning  ustki  qatlamini  saqlab  qolish  (zichlash,  polimer 
moddalarni ishlatish, kolmataj qilish, mulchalash); 
- egatlar ochish, valiklar (to‘siqlar) olish; 
- ixota daraxtlari, har xil ko‘p yillik tez o‘sadigan o‘simliklar ekish. 
Hozirgi  vaqtda  tuproq  eroziyasi  muammosiga  oid  ko‘p  masalalar 
yetarli darajada o‘rganilgan. O‘zbekiston hududida eroziya va deflyasiyaga 
uchragan  tuproqlarning  tarqalish  qonuniyatlari,  ularning  unumdorlik 
darajasi, yemirilishga qarshi turish qobiliyati haqidagi ma’lumotlar yetarli 
darajada yig‘ilgan. 
Shu  bilan  birga  so‘nggi  yillarda  o‘zlashtirilgan  Mirzacho‘l,  Jizzax, 
Qarshi,  Surxon-Sherobod  cho‘llari,  Amudaryoning  quyi  oqimida  yo‘l 
qo‘yilgan  xatoliklar,  suv  tanqisligi,  agrotexnik  tadbirlarni  o‘z  vaqtida  va 
sifatli  o‘tkazilmasligi  oqibatida  eroziya  va  deflyasiya  jarayonlari  qishloq 
xo‘jaligiga  zarar  keltirmoqda.  Undan  tashqari,  Orol  dengizining  qurishi, 
qurigan  dengiz  tubidan  tuz  va  chang-to‘zonning  shamol  ta’sirida  atrofga 
tarqalishi hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish