O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Marketingni boshqarish jarayon sifatida



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/99
Sana24.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#183844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
Marketingni boshqarish

1.3.Marketingni boshqarish jarayon sifatida 
Marketing  samaradorligini  oshirishda  marketing  bo’yicha  menejerlarning 
birinchi  vazifasi  marketing  imkoniyatlarini  tahlil  qilish  hisoblanadi.  Mavjud 
imkoniyatlarni  tahlil  qilish  uchun  marketologlarga  marketing  axborot  tizimi 
zarurdir.   
Marketingni  boshqarish jarayonlariga quyidagilar kiradi:  
1.Marketing imkoniyatlarini tahlil qilish. 
2.Marketing imkoniyatlarin ishlab chiqish. 
3.Marketing dasturlarini rejalashtirish. 
4.Marketing faoliyatini boshqarish. 
 
Tijorat  sohasidagi  korxonalarda  marketingdan  foydalanish  ma'lum  bir 
ketma-ketlikda  amalga  oshiraladi.  Keyingi  yillarda  marketing  bilimlaridan  
aviakompaniyalar,  bank  muassasalari,  sug’urta  kompaniyalari  va  brokerlik 
kompaniyalari  foydalanishmoqda.  Keyingi  paytlarda  yuridik,  buxgalteriya  va 
arxitektura 
xizmatlarini 
k
o’rsatuvchi 
firmalar 
ham 
marketingdan 
foydalanishmoqda.  Notijorat  sohasida  esa  turli  xil  kollejlar,  cherkov  va 
masjidlar,  badiiy  jamoalar  ham  marketingga  qiziqish  bilan  qaramoqdalar. 
Amerika  kasalxonalarining  yarmidan  ko’pi  o’z  shtat  jadvalida  marketing 
b
o’yicha direktor shtatiga ega. Bundan tashqari, AQSh ning pochta xizmati va 
armiyasi 
o’z  faoliyatini  marketing  rejalari  asosida  amalga  oshiradi.  Turli  xil 
hukumat   va xususiy notijorat tashkilotlari alkogolizm, chekish va narkotiklarga 
qarshi ijtimoiy y
o’naltirilgan marketing chora-tadbirlarini o’tkazishadi.  
Har qanday biznesning vazifasi yaratilgan qimmatdorliklar bozori uchun 
foyda  olish  maqsadida  imkoniyatlar  yaratishdir. Qimmatdorliklarga imkoniyat 


 
19 
berish  jarayoni  bo’yicha  ikki  xil  nuqtai  nazar  mavjuddir.  An'anaviy  nuqtai 
nazarga  k
o’ra,  kompaniyalar  u  yoki  bu  mahsulotni  ishlab  chiqarishadi  va 
sotishadi.  An'anaviy  nuqtai  nazarga  amal  qiluvchi  kompaniyalar  tovar 
taqchilligiga  ega b
o’lgan iqtisodiy muhitda yuqori imkoniyatlarga ega, chunki 
iste'molchilar  qoidaga  ko’ra  mahsulotning  sifati  texnik  tavsifnomalari  yoki 
bezalishiga  alohida  talablar  qo’yishmaydi.  Biroq  an'anaviy  nuqtai  nazar 
raqobatga  asoslangan  iqtisodiy  tizimlarda  amal  qila  olmaydi,  chunki  bu 
jarayonda  iste'molchiga  tovarlarning  keng  tanlovi  taklif  etiladi.  «Ommaviy 
bozor»  bir  qator  mikro  bozorlarga  bo’linadi  va  ularning  har  birida  xususiy 
ehtiyojlar  va  xohishlar  xukm  suradi.  Shuning  uchun  tadbirkor  raqobatchilar 
bozorning  aniq  belgilangan  segmentlari  uchun to’g’ri tovar taklifini yaratishlari 
lozim.  Bunday  holat  biznes  jarayonlariga  bo’lgan  yangi  nuqtai  nazarning 
asosini  tashkil  qiladi  va  bunda  marketing  biznes  rejalashtirish  jarayonining 
boshlang’ich  bo’g’imi  hisoblanadi.  Bunday  nuqtai  nazarga  amal  qiluvchi 
kompaniya 
o’z  faoliyatlarini  qimmatdorliklarni  yaratish  va  ularni  taqdim  etish 
ketma-ketligi jarayoni bilan uzviy holda qaraydilar. Bu ketma-ketlik 3 fazani o’z 
ichiga oladi. 
1-faza. 
Aniq qimmatdorlik turlarini tanlash bo’lib  har qanday mahsulotni 
yaratish bo’yicha marketing sohasidagi ishlarni o’z ichiga oladi. Marketologlar 
bozorini  segmentlashtirishlari,  bozordagi  aniq  segmentni  tanlashlari  va  unda 
taklif 
etilayotgan 
qimmatdorliklarni 
pozitsiyalashtirishlari 
lozim.  
Segmentlashtirish  maqsadni  aniqlash  va  pozitsiyalashtirish  formulasi 
marketing strategiyasi mohiyatini ifodalaydi. Strategik biznes birligi o’z tanlovini 
aniq  qimmatdorliklarda  belgilaganda  ushbu  qimmatdorliklarni  bozorga  taklif 
etishga  tayyorlanadi.  Mahsulot  va  xizmatning  aniq  tavsifnomalari  mufassal 
ishlab  chiqariladi,  bahosi 
o’rnatiladi  va  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va 
taqsimot 
jarayonlari 
boshlanadi. 
3-bosqich 
esa 
qimmatdorliklarni 
iste'molchilarga  etkazish  bosqichi  hisoblanadi.  Bu  bosqichda  marketingning 
vazifalari sotishni ra
g’batlash, reklama qilish va bozorga mahsulot to’g’risidagi 
axborotlarni etkazish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlani amalga oshirishadi. 


 
20 
Marketing  jarayoni  mahsulotning  dunyoga kelgunigacha  boshlanadi va ishlab 
chiqarish jarayonida davom etadi, shundan s
o’ng iste'molchiga etkaziladi.  
Zamonaviy  bozor  rivojlanishidagi  marketingning  evolyutsiyasi  uchun 
zarur b
o’lgan tendentsiyalar: 
-  sifat,  baho    va  iste'molchilarning  ehtiyojlarini    qondirishning  ahamiyatining 
o’sib borishi; 
-  iste'molchilar  bilan  o’zaro  munosabat  o’rnatish  va  ular ahamiyatining oshib 
borishi; 
- biznes jarayonlarini boshqarish va boshqaruv funktsiyalarining integratsiyasi 
ahamiyatini  oshib borishi; 
- keng qamrovli fikrlashning va mahalliy bozorlarni rejalashtirish ahamiyatining 
oshib borishi; 
- strategik alyanslar (uyushmalar) va tarmoqlar ahamiyatining  oshib borishi; 
- t
o’g’ridan-to’g’ri va onlayn marketingi ahamiyatining oshib borishi (Internet);  
-  xizmatlar marketingining ahamiyatining oshib borishi;  
- yuqori texnologiyalarga ega bo’lgan tarmoqlar ahamiyatining oshib borishi;  
- marketing xatti  - harakatlarida  axloqiylik ahamiyatining  oshib borishi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish