11.2.Marketingni tatbiq etish
Tashkilot samarali ishlashining asosiy sharti rahbarlarning ishchan va
mohirligiga
bog’liq. Ular ishchilarga to’g’ri yo’nalish berib, jamoa faoliyatining
samarali maqsadga erishishini tashkil etishadi. Menejmennt mavq
ei bo’yicha
korxonalar, firmalar umumiy o’xshashlikka ega. Tashkilot odamlar guruhi
bo’lib, ongli ravishda umumiy maqsadga yo’naltiriladi. Murakkab tashkilotlar
umumiy harakteristikalarga ega, ularga: resurslar (xom-ashyo), tashqi
muhitga tobelik, mehnat
ishi gorizontal bo’lishi, alohida bo’lim (qism), vertikal
ish taqsimlanishi, boshqarish kerakligini kiritish mumkin. Bu mavq
e bo’yicha
nazorat, maqsadga erishish tavsifi tushuniladi. Hozirgi zamon miqyosida
boshqarish faqatgina aralash mehnat asosiy qism
bo’libgina qolmay, balki
xususiy mulkchilikning funktsiyasini amalga oshirish hamdir.
Tashkilot va boshqarishning tizimli yondashuvi nuqtai nazaridan
ularning hammasi ochiq tizimlar hisoblanadi, tashqi muhit
i bilan o’zaro ta'sirini
harakterlaydi. Agar boshqa
rish tashkil etish samarali bo’lsa, o’zgarish
jarayonida kirimning
qo’shimcha bahosi hosil bo’ladi. Buning natijasida har xil
qo’shimcha chiqimlar paydo bo’ladi.
Tashkilot turlarining strutkturalari bilan bir qatorda kor'xonalarning
quyidagi boshqarish turlari ham mavjud: chiziqli, funktsional, matritsali,
divizional, (nisbatan mustaqil
bo’limlar firmaga qarashli), maqsadli dasturli.
155
Birinchi uchta tur an'anaviy hisoblanadi. Menejmentning asosiy funktsiyalari
bilan birgalikda hozirgi zamon marketingida korxona (tashkilot)ning asosiy
uch xil turini (yo’nalish) farqlash qabul qilingan.
Texnik faoliyatni tashkil qilish
va o’zlashtirish, ishlab chiqarishda
progresiv materiallar, texnologiya va texnikani
qo’llash. Bu turdagi faoliyatning
mavqei
– yangi texnik g’oyalar hisoblanadi. Menejerning vazifasi – qo’lidan
keladigan ishlarni topishi va ularning iqtisodiy ishlariga sharoitlar yaratib
berish (innovatsiya guruh
i, bo’lim, firma, venchur bo’lim tashkil etish).
Amaliyotni yo’naltirishda boshqarish faoliyati, tartibli va hamkorlikda
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdan iborat . Bu erda yutuq asosan
xodimlarning kuchi bilan amalga oshiriladi (asosan menejment
– ichki omilini
boshqarish).
Amaliy ta'sirni tashkil etishda boshqarish faoliyati korxonaning
bozordagi mahsulotlari va xizmatidir (bozordagi korxonaning faoliyatini
boshqarishning strategik tizimi). Marketingni boshqarish faoliyati (tashqi
faktorini hisobga olish asosida firmani boshqarish) korxonalar menejmentining
asosiy masalalari va mazmuni ko’rsatilgan, bunda menejerning (rahbarning)
vazifalari namoyish qilingan.
Firma ichki boshqarish tizimining evolyutsiyasi bir-birini almashtirish
tizimi stabillashmagan (noaniq) tashqi muhit darajasi
o’sishini anglash
imkonini beradi.
Asr boshidan boshqa
rshning ikki turi namoyon bo’lib kelayapti:
bajarilishni nazorat asosida boshqa
rish va o’tgan narsa ish ekstrapolyatsiya
asosida boshqarish. Hozirgi paytda ikki tur boshqarish tizimi vujudga keldi.
Birinchisi, mavq
ei (o’rni)ni aniqlash (o’zgarishlarni ko’ra bilish asosida).
U uzoq muddatli va strategik rejalashtirish, bundan tashqari, boshqarishda
strategik o’rnini aniqlash usulini o’z ichiga oladi.
Ikkinchisi, o’z vaqtidagi reaktsiya bilan bog’liq atrof muhitda tez va
kutilmagandagi o’zgarishlarga javob beradigan boshqaruv (moslashuvchan
tezlik bilan engiladigan asosda boshqarish). Bu strategik masala kuchli va
156
kuchsiz signallar bilan, bundan tashqari, strategik kutilmaganlik shart-
sharoitlari asosidagi harakatlarni
o’z ichiga oladi.
Strategik boshqarishda kompleks tizimlarning mazmuni quyidagilardan
iborat: firmalarning bir tomondan, strategik rejalashtirish, ikkinchi tomondan,
korxonani boshqa
rish strukturasi, tizim va o’zaro ta'sir mexanizmining alohida
bo’g’inlari shunday tuzilganki, uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqarish
raqobatbardoshlikni amalga oshirib ishlab chiqarish
xo’jalik rejalarini
tuzishdan iborat.
Strategik boshqarishning vujudga kelishi chuqur ob'ektiv sabablarga
bog’liq, bu esa korxona faoliyatining muhim harakteri o’zgarishidan kelib
chiqadi. Tahlillar
shuni ko’rsatadiki, hozirgi vaqtda Amerikaning katta
korxonalari 20% strategik boshqarishni
qo’llashmoqda, ularning alohida
elementlari esa 75%ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda
dunyo bo’yicha korxona boshqaruvini rivojlantirishda
quyidagi asosiy tendentsiyalar mavjud:
- menejmentning tashkil etish funktsiyasi;
- menejmentning muhim funktsiyalari rejalashtirish va korxona faoliyatini
tashkil etish jarayonlaridir.
Bu erda ko’p tomonlama strukturali echimlar
mavjud: tarmoqli tashkiliy formalardan va guruhli ishdan boshlab tomoman
mustaqil
bo’limlargacha, ular, o’z navbatida, foyda va ziyonga o’zlari javob
berishadi;
- nisbatan kichik organ korxonani boshqarish strategik masalalarni echish, bu
esa yirik investitsiyalar bilan
bog’liq;
- muvofiqlashtirish funktsiyasi katta ahamiyatga ega;
- bir-biriga
bog’liqbo’lgan korxonalar ancha kuchli.
Muvofiqlashtirish (koordinatsiya) bi
r necha ko’rinishga ega:
-muammolar oldini oluvchi (preventiv);
-qiyinchiliklarni oldindan aytish (bashorat) va ularni bartaraf etish;
-bartaraf etish
– xo’jalik tizimida kamchiliklarni yo’qotish;
-
xo’jalik sub'ektlarida o’zaro ta'sir sxemalarini o’rnatish;
157
-maqsad
yo’nalishini tartibga solish;
-faoliyat samaradorligini yuksaltirish maqsadida
rag’batlantirish.
Boshqaruv tizimini qay darajada quvvatlash va
rag’batlantirish har bir
faoliyat soha
sida (ishchilar birikmalarida o’zgarishlarni tushunish, mehnat
qilish va ishbilarmonlikka) yaqin kelajakda ishchi xodimlar bilim saviyasi va
malakasi ta
shkilotning asosiy strategik resursi bo’lib qoladi.
Korxonada marketing kontseptsiyasini tashkil etish shunday tizimni xosil
qilishi kerakki, u bu kontseptsiyani amalga oshirishni ta'minlasin. Hozirgi
paytda marketing xizmatisiz, marketing izlanishisiz ishlab chiqaruvchilarga
raqobat
lashuvda o’zini saqlab qolish ancha qiyin bo’lar edi.
Marketing xizmati vazifalarining asosiy maqsad
i korxona to’la xo’jalik
faoliyatini bozor rivojlanishi qonunlariga buysunishdir. Bundan ishlab
chiqaruvchilar ham, mahsulot iste'molchilari ham manfaatdordirlar.
Korxonalarda marketingni tatbiq etishning vatanimiz va xorij tajribasi
shuni ko’rsatadiki, marketingi tashkil qilish bu maxsus ajratilgan bo’lim
bo’lmay, unga topshirilgan belgilangan vazifalarni, odatda, korxonada hozirgi
vaqtgacha bajarmaganlar yoki qisman bajarganlar kiradi.
Mamlakatimiz tajribasi ko’rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil
etish turli xil tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash
kerakki, bunday xizmat, q
oidaga ko’ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli
xil bo’linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy vazifalarini
birlashtirib shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxonaning marketing
xizmati birga emas, balki bir necha bo’linmalar bilan ko’rsatilishi mumkin.
Bunday holatda barcha marketing vazifalarini aniq muvofiqlashtirish
kerak. Marketingning hozirgi zamon kontseptsiyasi quyidagichadir:
-bozorni kompleks
o’rganish;
-tovar navlarini rejalashtirish;
-talabani shakllantirish va sotishni
rag’batlantirish ;
-savdo-sotiq faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish.
158
Marketingning asosiy vazifalari bo’linmalarining xizmat vazifalarini
taqqoslash
yo’li bilan aniqlanadi. Bir tomondan, mahsulot ko’pgina turlarining
keskin etishmasligi, boshqa tomondan, ishlab chiqar
ishda sotuvda bo’lmagan
tovarlar mavjud bo’lgan vaziyatda iste'molchilar talablari va ishlab chiqarish
dasturlari o’rtasida epchil va tezkor o’zaro aloqalarni ta'minlash uchun
marketingdan foydalanish muhim
vazifa bo’ladi.
Korxonalarda marketing xizmatini yaratishda bosqichma-bosqich
yondashish maqsadga muvofiq. Vazifalarning har biriga faoliyatning
ixtisoslashtirilgan turi kiradi, ular quyidagi 11.2.1.-jadvalda keltirilgan.
11.2.1.-jadval
Marketingning asosiy funktsiyalari.
Marketingning funktsiyalari
Faoliyat turi
Bozorni kompleks tadqiq qilish
Bozorning asosiy ko’rsatkichlarini
aniqlash.
Bozorning rivojlanish
istiqbollari.
Iste'molchilarni
o’rganish
iste'molchilarning
tovarga munosabati, harid qilish
sabablari, harid qilish usullari).
Raqobatchilar pozitsiyalarining va
faoliyat
amaliyotining
tahlili.
Bozorni
segmentlash.
«Muvoffaqiyatning hal qiluvchi
omillari» ni aniqlash.
159
Tovar
assortimentini
reja-
lashtirish.
Ishlab chiqarishning assortiment
tarkibini ishlab chiqish. Tovarning
rivojlanish an'analari. Tovarning
iste'mol va texnik ko’rsatkichlari
o’rtasida o’zaro aloqani o’rnatish.
Yangilik kiritish siyosati. Tovar
raqobatbardoshligini
baholash.
Baho siyosati.
Talabni
shakllantirish
va
sotishni rag’batlantirish
Aloq
alar o’rnatishni rivojlantirish.
Reklama. Sotishda ishlovchilarni
ixtisoslashtirish. Korxona imidjini
shakllantirish
Savdo-sotish faoliyatini reja-
lashtirish va tashkil etish.
Sotish va tovar harakati kanallarini
tanlash.
Tovar
aylanishi,
assortiment
pozitsiyalari bo’yicha
rejalashtirish. Mahsulot sotishni
optimal
sharoitlarini
aniqlash.
Sotishni prognozlash.
O’zbekiston Respublikasi korxonalari, kompaniyalari faoliyatining
marketing xizmatlari bo’yicha tahlili shuni ko’rsatadiki, bajarilayotgan
vazifalarning asosiy qism
i tijorat xizmatlari bo’linmalari zimmasiga yuklatilgan.
Bunday tuzilma bozor tuzilmalariga epchillik bilan javob beradi va yangi
tovarlarni tatbiq
etishga ko’maklashadi, shu munosabat bilan marketingning
ko’pgina vazifalarini bajarish bitta bo’linmaga joylanadi, u boshqa xizmatlar
harakatini muvofiqlashtiradi va korxonada marketing strategiyasi va taktikasini
ishlab chiqish uchun bo
g’lovchi segment hisoblanadi. Marketing xizmat
bo’limlari faoliyatining asosiy turlari 11.2.2.-jadvalda keltirilgan.
160
11.2.2.-jadval
Marketing xizmat bo’limlari faoliyatining asosiy turlari
Bo’limlar
Faoliyat turi
Bozorni tadqiq qilish
bo’limi
Bozorning asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash.
Bozorning rivojlanish istiqbolini prognozlash.
Iste'molchilarni o’rganish. «Muvaffaqiyatning
asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar.
Mahsulot
assorti-
mentini rejalashtirish
bo’limi
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini
ishlab chiqish. Tovarning iste'mol va texnik
kattaliklari
o’rtasida
o’zaro
bog’liqlikni
o’rnatish. Mahsulot assortimentini rejalash-
tirish bo’limi.
Sotish bo’limi
Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash.
Mah
sulot
assortimenti
bo’yicha
tovar
aylanishini
rejalashtirish.
Mahsulotni
realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini
aniqlash. Sotishni prognozlash.
Firma do’konlari
Har
idorlar talabini o’rganish. Haridorlarni
ra
g’batlantirish. Sotish kanallari ishlovchilarini
ra
g’batlantirish.
Korxona
obro’-e'tiborini
shakllantirish.
Reklama byurosi
Mahsulotni reklama q
ilish. Korxona obro’-
e'tiborini shakllantirish. Axborot almashuv-
chanlikni rivojlantirish.
Korxonada marketing rivojlanishi, qabul qilinayotgan qarorlar birligini
ta'minlovchi uslubiy xujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish
bo’yicha bo’linmalar faoliyatning o’zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab
161
qiladi. Bu,
o’z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish
va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga
o’tishga imkon beradi.
Shuning bilan birga, ta'kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq
etish, avvalj, ma'lumotlarni yi
g’ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya'ni
marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |