Qisqa xulosa.
Marketing kanallarini tanlash
to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish bevosita
butun marketing faoliyatiga ta'sir etuvchi va kompaniya menejmenti uchun
murakkab masalalalardan biri hisoblanadi.
Mahsulotni pirovard iste'molchiga yaqinlashtiruvchi har bir vositachi
taqsimot kanali darajasini tashkil qiladi. Iste'mol tovarlarini taqsimlash
kanallari uzunligi turlicha bo’ladi.
Kanalning biror variantini tanlagandan so’ng firma ayrim vositachilarni
tanlashga, hamda ularga motivatsiya yaratish va ularning keyingi faoliyatini
baho
lashga o’tadi. Ishlab chiqaruvchilar bir-birlaridan ushbu kanalda ishtirok
etish uchun malakali vositachilarni jalb qilish
bo’yicha o’z qobiliyatlari bilan
farqlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |